1)
nisbatan kichik va tor;
2) yevstaxiy (XVI asr italyan shifokori) (eshitish) nayi, quloqdagi nog‘ora parda
bo‘shlig‘ini burun-xalqum bo‘llig‘i bilan
tutashtirib turadigan kanal, emizikli
bolalarda ular keng, qisqa, to‘g‘ri va gorizontal joylashgan bo‘ladi; ular muntazam
ingichkalashib, uzunlashib, egri-bugri a yuqori burchagi
tepaga qaragan holatda
joylashadi;
3) Xalqumda joylashgan Voldeyyer-Pirogov halqasi (XIX–XX asr nemis anatomi
va gistologi, XIX asr rus olimi va jarrohi) tarkibiga 6 bodomcha bezlari kiradi:
– 2 tanglay (old va orqa tanglay yoychalari orasida);
– 2 nay (yevstaxiy naylari yonida);
– 1 xalqum (burun-halqum tepa qismida);
– 1 til ( til ildizi sohasida).
Chaqaloqning tanglay bodom bezlari old va orqa tanglay yoylari orasida
bo‘lib, ko‘rik paytida ular ko‘rinmaydi. Chaqaloq bir yoshga to‘lishi arafasida ular
muntazam
kattalashib, old yoychalar chegarasidan chiqadi va shifokor ularning
holatini baholashi mumkin. Bolalarning 1 yoshidan 7
yoshigacha tanglay bodom
bezlarining kattalashishi yaqqol seziladi (gipertrofiyaning I darajasi) keyin
muntazam kichiklashib boradi va old yoychalar chegarasidan chiqib turmaydi.
Og‘iz-Xalqum holatini yozayotganda shifokorlar ko‘p holatlarda Xiqildoq so‘zini
ishlatishadi. Xiqildoq – bu bo‘shliq, tilning o‘zagi
bilan pastdan, tanglay bodom
bezlari
va yonlama yoylar, yumshoq tanglay va orqa og‘iz-Xalqumning tepa va
orqa tarafida tilcha bilan o‘ralgan bo‘m-bo‘shlik. Xiqildoq haqida so‘z
ketganda,
belgilangan chegarlardagi shilliq qobiqlarning holati ko‘zda tutiladi.