3
6
Bolalarda yurak auskultatsiyasi. Auskultatsiya tartibi. Sog‘lom
odamda normal tonlarni xarakteristikasi. Yurak qon-tomir
kasalliklarida tonlarning o‘zgarishi (kuchayishi va susayishi,
tonlarning ikkilanishi va parchalanishi, patologik qo‘shimcha
tonlar). YuTN da o‘zgarishlar.
3
7
Bolalarda yurak qon tomir tizimini funksional va instrumental
tekshiruv usullari. Sog‘lom bolada va yurak qon-tomir kasalligi
bilan bemorlarda pulsni xarakteristikasi. Arterial qon bosim
o‘lchash texnikasi.
3
8
Bolalarda EKGni yoshga bog‘liq hususiyatlari.
3
9
Erta yoshdagi bolalarda yurak qon tomir tizimini jarohatlanish
semiotikasi va sindromlari.
3
10
Katta yoshdagi bolalarda yurak qon tomir tizimini jarohatlanish
semiotikasi va sindromlari.
3
11
Bolalarda
qon
yaratish
a’zolarini
anatomo-fiziologik
hususiyatlariga ko‘ra tekshirish usullari (shikoyat, anamnez
yig‘ish, nasliy faktorlar). Ko‘zdan kechirish. Taloq palpatsiyasi va
perkussiyasi. Umumiy qon analizini klinik axamiyati. Turli
yoshdagi bolalarda periferik qon tarkibi.
3
12
Qon va qon hosil bo‘lish a’zolari kasalliklari sindromi (anemiya,
leykoz, gemorragik, periferik limfa tugunlari kattalashish) va
semiotikasi (periferik qonni asosiy ko‘rsatkichlarini kamayishi,
ko‘payishi
3
1-mavzu: Nafas tizimi kasalliklarini asosiy sindromlari.
Nafas yo‘llari obstruksiyasi sindromi, Nafas yetishmovchilik sindromi
darajalari
BOLALARNING NAFAS OLISH TIZIMI EMBRIOGENEZ
Odam embrionida nafas olish tizimiga homila rivojlanishining uchinchi oyi
oxirida – to‘rtinchi oyi boshida asos solinadi. Endotermal naychaning old yuzasida
bo‘rtiq paydo bo‘ladi – bu hiqildoq-traxeal rudimentdir. Bo‘rtiq asta-sekin hiqildoq
va
traxeya
differensiyalashadigan
tubulyarga
aylanib
qoladi.
Embrion
rivojlanishining 5–6 haftasida traxeyaning quyi uchi kengayadi va unda ikkita
murtak – bosh bronxlarning rudimentlari paydo bo‘ladi. Murtaklar cho‘zilib,
naychalarga aylanadi, ulardan esa o‘z navbatida bronx ulushlari shaklidagi
tarmoqlar chiqib keladi. Homila rivojlanishining oltinchi haftasida ulushli,
sakkizinchi–o‘ninchi haftasida – segmentli, o‘n oltinchi haftadan esa respiratorli
bronxiolalar paydo bo‘ladi. Bu vaqtda ichki ulushli bronlar atrofida mezenximal
hujayralar ko‘payishi va to‘planishi boshlanadi, va o‘pka ulushlari boshlanishiga
asos solinadi. Tarmoqlanish jarayoni bilan bir vaqtda bronxial tizim shakllanadi.
Endodermal naychalar tarmoqlari atrofida mezenximal to‘qima to‘planib, asta-
sekin ikki zona - eng yaqin va endodermal naycha bo‘lib, ular o‘ninchi haftadan
boshlab bronxlar devorlari tarkibiga kiradigan kemirchak va mushaklarga,
boshqasi birmuncha uzoqlashgan – peridolka va alveolalararo qatlamlarga
aylanadi.
Bir vaqtning o‘zida mezenximal hujayralar orasidaqon yuruvchi kapillyarlar
murtaklari shakllanaboshlaydi. O‘pka vaskulyarizatsiyasi 26–28 haftalarda ayniqsa
tez amalga oshadi. Limfatik tomirlar 9–10 haftada paydo bo‘ladi, bola tug‘ilishiga
kelib ular butunlay shakllanib bo‘ladi. Homiladorlikning yettinchi oyidan boshlab
bola tug‘ilguniga qadar bronxlar-o‘pka apparatining rivojlanishi yangi tuzilma –
alveolalar paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi va ular tufayli o‘pka gaz almashuvi
organiga aylanadi.
Homila qorin ichida rivojlanishining 8–9 oyida umumiy bronxial daraxt
topografik jihatdan to‘liq belgilangan bo‘lib, o‘pkada uning distal tarmoqlari –
terminal va respirator bronxiolalar, alveolyar yo‘llar va qopchalar differensirovkasi
jarayoni jadal kechadi. Funksional birliklar – atsinuslar hosil bo‘lishi ro‘y beradi,
lekin ularning shakllanishi tug‘ilish vaqtiga kelib yakunlaymaydi va postnatal
davrida davom etadi. Bronxlar va terminal bronxiolalarning har bir yangi
generatsiyasida differensirovka paydo bo‘lishi o‘pka arteriyasi va venalarning
tegishli tarmoqlari shakllanishi bilan kechadi. Homila 7–8 oy rivojlanishida o‘pka
shu qadar differensirovkalangan bo‘ladiki, hatto tashqi nafas olish va gaz
almashuvi organi sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Homilada traxeopulmonal
tizimi shakllana boshlashi u rivojlanishining uchinchi haftasi oxirida – to‘rtinchi
haftasi boshida ro‘y beradi. Nafas olish organlari birlamchi qizilo‘ngach va traxeal
murtakdan iborat bo‘lgan old ichagi kauzal qismining medial bo‘rtig‘i sifatida
paydo bo‘ladi. Ko‘p o‘tmay traxeya kurtagi qizilo‘ngachdan mezenximal parda
bilan ajraydi, so‘ng esa chuqur yondama egatchalar paydo bo‘lib, nafas olish va
ovqat hazm qilish naychalari bir-biridan butunlay ajralib ketadi. Keyinchalik
traxeal murtakning entodermasi traxeya va bronxlarning epitelial to‘shamaga
aylanadi. Bu jarayon – embrional bosqich deb ataladi. Kelgusida traxeal naychadan
bosh bronxlar hosil bo‘ladi (4 hafta). Ular old ichak yuzasidagi mezenximada
joylashgan.
Ushbu
mezenximadan
rivojlanish
davomida
kemirchaklar,
biriktiruvchi-to‘qima elementlari va nafas olish tizimining tomirlari shakllanadi.
Homila rivojlanishining 5–6 haftasida bronxlarning ikkinchi tartibli tarmoqlari
(o‘ng tomonda – uchta, chap tomonda – ikkita) paydo bo‘ladi.
V.A.Malishevskayaning ma’lumotlariga ko‘ra, homila qorin ichida rivojlanishining
butun davri davomida o‘pka murtaklarining kattaligida asimmetriya mavjud bo‘lib,
o‘ng o‘pka yaqqol ustunlik qiladi.
O‘pka tashqi g‘adir-budur relyefli ko‘rinishga ega bo‘lib, shu sababli ushbu
davr psevdoglandulyar – ya’ni temirli bosqich degan nomga ega bo‘lgan. Homila
qorin ichida rivojlanishining yettinchi haftasiga kelib, shakllanib borayotgan
o‘pkada nafaqat ko‘p qatorli sindrik epiteliy bilan to‘shalgan va mezenximaga
cho‘ktirilgan bosh bronxlar, balki segmentar, «terminal murtaklar» bilan
yakunlanadigan, sakkizinchi haftaga kelib esa – subsegmentar bronxlar ham paydo
bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda o‘pka o‘sishining omili mezodermal kelib chiqishga ega, deb
hisoblashadi. Demak, mezenxima kemirchaklar, traxeya, bronxlar, tomirlar,
egiluvchan tolalar hamda alveolotsitlar hosil bo‘lishi manbaidir. Gestatsiyaning 16
haftasida traxeyadan terminal bronxiolalargacha bo‘lgan havo o‘tkazish yllarining
barcha tarmoqlari paydo bo‘ladi, ya’ni o‘pka preatsinus bo‘limlariga qadar
shakllanib bo‘ladi (bronxlarning 20–23 generatsiyasi).
Terminal bronxlarning sershoxliligi va ularning o‘lchamlari keyinchalik ortadi,
lekin yangilari paydo bo‘lmasa-da, mavjud shoxchalar (tarmoqlar) soni kamayishi
mumkin. Bronxlar generatsiyasining 70% homila qorin ichida rivojlanishining 10–
14 haftalari oralig‘ida paydo bo‘lishini ta’kidlash lozim.
Sekret yaratuvchi tizimlar 13 haftali embrionda traxeya epiteliyasi qatlari
tubida zich murtaklar shaklida yuzaga keladi, 16 haftasida ayrim bronxial
bezlarining atsinuslar orlig‘ida shilliqqa ijobiy reaksiya beradigan material mavjud
bo‘ladi. Kanalikulyar bosqich havo o‘tkazuvchi yo‘llar diferensirovkasi bilan
ajralib turadi: oraliq kengayib (termirli xususiyatlarini yo‘qotuvchi ichki ulushli
bronxlar va terminal bronxiolalar qismida maksimal darajada), epiteliy asta-sekin
ingichkalashadi va uning yuzasida tebranma kiprikchalar paydo bo‘ladi, bezlar va
bokalsimon hujayralar sekretsiyasi faollashadi (18–19 haftada). Bularning barchasi
havo o‘tkazuvchi yo‘llarga naysimon ko‘rinish bag‘ishlaydi. Ushbu bosqichda
respirator bronxiolalar shakllana boshlaydi, va atsinus asosi – traxebronxial
daraxtning gaz almashuvchi qismi ko‘rina boshlaydi. Ushbu bosqichning asosiy
farqlanishidan biri – tomir elementlarining proliferatsiyasi, ularning havo o‘tkazish
yo‘llariga penetratsiyasi, alveolyar yo‘llarining kapillyarlari va epiteliyi zich
yopishishidan iborat (gestatsiyaning 19–20 haftasida). O‘pkaning eng jadal
vaskulyarizatsiyasi 26–28 haftada ro‘y beradi. Limfatik tomirlar 9–10 haftada
paydo bo‘ladi, avval o‘pka ildizi qismida, va chaqaloq tug‘ilishiga kelib ular
butunlay shakllanib bo‘ladi. Homilaning 7 oylik davridan boshlab (24 haftadan)
bola tug‘ilishiga qadar bron-o‘pka apparatining rivojlanishi yangi tizim –
alveolalar paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi. Ushbu alveolalar tufayli o‘pka gaz
almashuvi organiga aylanadi. Shu bilan birga yuqori silindrik epiteliyga ega
terminal bronxiola respirator bronxiolalarning ikkita generatsiyasiga asos beradi,
bronxiolalar esa o‘z navbatida chuqur bo‘lmagan alveolyar yo‘llar bilan tugaydi.
Alveolyar qopchalar bu yoshda hali bo‘lmaydi. O‘pkaning funksional birligi –
atsinus bu yosh davrida sodda shakllangan va alveolalarga ega emas. Sakkizinchi
oyga kelib aergogematik to‘siqli alveolyar devor paydo bo‘ladi. Hozirgi vaqtda
alveolyar devor elementlari quyidagi uchta manbadan hosil bo‘lishi ma’lum
(shunday hisoblanadi):
1) Simplast ko‘rinishadi respirator membranasi va alveolalar interstitsiyalarini
yaratuvchi atrofdagi mezenximal hujayralardan.
2) Respirator epiteliy bilan birga o‘pka to‘qimasining aerogematik to‘sig‘ini
shakllantiruvchi kapillyarlar halqachalaridan.
3) Sekretlashuvchi pnevmotsitlar va makrofaglarga asos soladigan saqlanib qolgan
bronxial epiteliy hujayralaridan.
Homila qorin ichida rivojlanishining 8–9 oyga kelib bronxial daraxt
umuman olganda topografik belgilangan bo‘ladi va o‘pkada uning distal tarmoqlari
– terminal va respirator yo‘llari va qopchalarining jadal o‘sishi va differensirovkasi
ro‘y beradi. O‘pkaning funksional birligi – atsinuslar paydo bo‘lishi ro‘y beradi.
Bronxial terminallar va atsinuslarning differensirovkasi barcha segmentlarda bir
vaqtda bo‘lmasligini ta’kidlash lozim. Xususan ikkala o‘pkaning III, VI, VIII
segmentlari va o‘ng o‘pkaning IV, V, VII segmentlari tarkibiy birlik sifatida
homilada 7 oy rivojlanishi davomida shakllanadi, boshqa segmentlar (ikkala
o‘pkaning I, II, IX, X segmentlari va chap o‘pkaning IV, V, VI segmentlari)
shakllanishi 2–3 hafta kechroq, ya’ni 8 oy tugashiga kelib yakunlanadi. Ushbu
muddatlarga kelib bronxlar devorlarida, tomirlar va alveolyar parenximada asab
apparati ham shakllanadi.
Shu asnoda o‘z muddatida tug‘ilgan chaqaloq o‘pkasi organ sifatida o‘z
funksiyasini – tashqi nafas olish va gaz almashuviga tarkibiy jihatdan shay bo‘ladi.
Biroq tug‘ilish vaqtiga kelib o‘pka to‘qimasining ayrim komponentlari turli
darajada rivojlangan bo‘ladi. Masalan, bronxial daraxt, shu jumladan terminal
tarmoqlar, deyarli butunlay shakllanib bo‘lgan.
O‘pkaning funksional birliklari – atsinuslar va ularni tashkil qiluvchi
alveolalar – hali alveolizatsiyalanish jarayonida bo‘ladi. Alveolalar qopchalari
mayda, soddalashgan, ularning devorlari hujayra elementlariga boy, shuning uchun
o‘pkaning alveola yuzalari shu davrda nisbatan katta bo‘lmaydi. O‘pkaning
gistologik manzarasi birlamchi fiziologik atelektaza deb ataladigan holatga
muvofiq bo‘ladi. Alohida segmentlar parenximasi yetukligi darajasi turlicha
bo‘ladi. Ikkala o‘pkaning I, II, IX, X segmentlari va chap o‘pkaning IV, V, VI
segmentlari hamda ildizbo‘yi va subplevral zonalar birmuncha kamroq yetilgan
bo‘ladi.
|