sfingomiyelin.Fosfolipidlar sintezi ona qornidagi hayotning 21–23 haftalarida
boshlanadi.
Antenatal davr oxiriga kelib, birinchi nafas olishdagi alveollarning
ustki tortishishini pasaytiruvchi letsitin darajasi 5–barobar yuqori bo‘ladi. Birinchi
nafas olish harakati ―gasp‖, ya’ni –chuqur nafas olish va qiyin nafas chiqarish
holatida amalga oshadi (―inspirator chaqnashlar‖). Birinchi nafas hajmi – 60 ± 20
ml. Nafas olishning apnoetik turi o‘ziga xos bo‘ladi:
beqaror ritm, notekis
pauzalar, chuqur nafas olishning ustkilari bilan almashinuvi. Nafas olishning ona
qornidagi hayot bilan moslashishi 30 daqiqadan so‘ng boshlanadi: nafas olish ritmi
tartibsizligi
kamayadi, nafas olish chuqurligi ko‘payib, tezligi pasayadi. 2–3
soatdan so‘ng chaqaloqning nafas olishi nisbatan maromlashadi.