• Qon tomirlarining xususiyatlari.
  • BOLALAR YURAK QON-TOMIR TIZIMINING ANATOMIK-FIZIOLOGIK




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/109
    Sana15.11.2023
    Hajmi1,24 Mb.
    #99164
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   109
    Bog'liq
    BKP 5 semestr

    BOLALAR YURAK QON-TOMIR TIZIMINING ANATOMIK-FIZIOLOGIK 
    XUSUSIYATLARI 
    Yurak o‘lchamlari: – yangi tug‘ilgan chaqaloq yuragining o‘lchamlari 
    kasttalarnikiga nisbatan kattaroq bo‘ladi (tana og‘irligidan tegishligicha 0,8% va 
    0,4%); yurakning ayniqsa jadal o‘sishi bola 2–6 yoshligida kuzatiladi va 15–16 
    yoshli bo‘lguniga qadar uning og‘irligi 10 baravar ortadi; 
    – yangi tug‘ilgan chaqaloqda yurak ko‘krak qafasining nisbatan katta hajmini 
    egallaydi; 
    – chaqaloqda yurakning o‘ng va chap qorinchalari taxminan bir xil; 16 yoshda 
    chap qorinchaning jadal o‘sishi kuzatiladi; chap qorinchaning og‘irligi o‘ng 
    qorinchadan qariyb 3 baravar katta
    – chaqaloqda yurak bo‘lmachasi va magistral tomirlar qorinchalarga nisbatan, 
    kattalarnikiga qaraganda kattaroq


    – yurak qismlarining differensiatsiyasi 10–14 yoshga qadar yakunlanadi; bu 
    yoshda u nisbat ko‘rsatkichlari bo‘yicha (o‘lchamlaridan tashqari) kattalar 
    yuragiga yaqinlashadi; 
    – yangi tug‘ilgan chaqaloqda yurak mushagi qator xususiyatlari bilan farqlanadi. 
    Mushak tolalari juda ingichka va kichik. Bir-biridan ajralgan va anchagina 
    yirik yadrolarga ega. Biriktiruvchi va elastik to‘qima juda sust ifodalangan. Qon 
    tomirlari tizimi yaxshi rivojlangan va bu yurak mushagini qon bilan yaxshi 
    ta’minlashga xizmat qiladi. Pubertat davrida mushak va elastik tolalari ayniqsa 
    kuchli rivojlanadi.
    – diafragma birmuncha baland turishi sababli chaqaloqning yuragi gorizontal 
    holatda joylashgan bo‘ladi; chaqaloq hayotining birinchi yilining oxiriga qadar 
    yurak qiya holat egallab qoladi. 
    – yangi tug‘ilgan chaqaloqning yuragi sharsimon shaklda bo‘ladi; asta-sekin yurak 
    noqsimon shaklga ega bo‘ladi.
    Qon tomirlarining xususiyatlari. 
    Bola ulg‘ayishi sari o‘pka arteriyasi va aortasining diametri qarama-qarshi 
    o‘zgara boshlaydi: – yangi tug‘ilgan chaqaloqda u tegishligicha 21 va 16 mm ga 
    teng (ya’ni o‘pka arteriyasi birmuncha kengroq);
    – 12 yoshli bolada qon tomirlari taxminan bir xil (72–74 mm dan); 
    – erta bolalik yoshida kapillyarlar, ayniqsa o‘pka, buyrak, teri va ichaklar 
    kapillyarlari bola umrining keyingi davrlariga nisbatan ancha kengroq bo‘ladi; 
    – kattalarda o‘pka arteriyasining diametri aortaning diametridan kichikroq bo‘ladi 
    (tegishligicha 74 va 80 mm).

    Download 1,24 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   109




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BOLALAR YURAK QON-TOMIR TIZIMINING ANATOMIK-FIZIOLOGIK

    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish