ikkala qo‘lda ko‘rsatkichlar bir xil bo‘lganda, ya’ni puls sinxron bo‘lganda,
keyinchalik puls ahvolini faqat bitta qo‘l bo‘yicha aniqlash mumkin;
– bunday usul chaqaloqlarda kam holatlarda qo‘llaniladi. Bunday chaqaloqlarda
yurak qisqarishi tezligini yurakni auskultatsiya qilish yoki yurak cho‘qqisi
turtishini palpatsiya qilish yo‘li bilan aniqlash qulayroqdir;
– pulsni (tomir urishini) 1 daqiqa davomida hisoblash lozim.
Bola ulg‘aygani sari 1 daqiqa davomidagi puls tezligi kamayadi:
Biroq bolada nafas olish tezligi va puls tezligi orasidagi nisbat ularning yoshiga
bog‘liq va quyidagilarni tashkil qiladi:
yangi tug‘ilgan chaqaloqda — 1:2–2,5;
emadigan chaqaloqda — 1:2,5–3;
maktabgacha yoshda — 1:3,5–4;
maktab o‘quvchilarida — 1:4–5.
Bir vaqtning o‘zida palpatsiya vaqtida pulsning ritmi (maromi) aniqlanadi. Puls bir
maromli yoki maromsiz bo‘lishi mumkin. 2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan
sog‘lom bolalarda nafas olish aritmiyasi kuzatilishi mumkin va bu holatda nafas
olinayotganda puls tezligi ortadi, nafas chiqarilayotganda esa – pasayadi. Puls
kuchlanishi arteriyada pulsni siqish uchun ishlatish kerak bo‘lgan kuch bilan
aniqlanadi. Normal kuchlanishli pulsni ajratishadi. Pulsni to‘ldirish — bu sistola
vaqtida palpatsiya qilinadigan arteriyani qon bilan to‘ldirish.
Puls miqdori — puls to‘lqini natijasida arteriya kengayishi darajasiga mos bo‘lgan
ushbu ko‘rsatkich yuzasidan xulosa shifokor tomonidan puls kuchlanishi va
to‘ldirilishi to‘g‘risidagi fikrlarni birlashtirish asosida chiqariladi. Normal
miqdorli, katta yoki yuqori, kichik yoki past, kuchsiz yoki ipsimon pulslarni
ajratishadi. Palpatsiya zarur bo‘lganda chakka, uyqu, bilak, son, tizzaosti, orqa
katta berpli arteriyalar va oyoq tovonining tepa arteriyasidagi puls tekshiriladi (3).
Yurak va cho‘qqi turtishlari yurak qismini palpatsiya qilish yo‘li bilan aniqlanadi.