– turtish cho‘qqisining maydoni — normal holatda uzog‘i bilan 1x1 sm, kattaroq
yoshdagi bolalarda 2x2 sm bo‘lishi mumkin.
Yurak turtkisi — bu yurak proyeksiyasida ko‘krak
qafasi katta qismining
tebranishlari, uning tashqarisida ham bo‘lishi mumkin,
sistola vaqtida nafaqat
yurak cho‘qqisi, balki qorinchalar devorlari ham unga urganda paydo bo‘ladi.
Yurak turtkisi normal holatda vizual yo‘l bilan aniqlanmaydi. Ko‘rik o‘tkazish
vaqtida uning mavjud bo‘lishi yurak o‘lchamlari sezilarli kattalashganligi va uning
qisqarishlari
soni
ko‘payganligidan dalolat beradi (ko‘pincha
yurak
kamchiliklarida); o‘pka emfizemasida, umurtqa bilan ko‘krak qafasi oralig‘ida
shish bo‘lganda mavjud bo‘lishi mumkin va bu yurakni ko‘krak qafasiga
yaqinlashtiradi.
Yurak bukriligi
Bu yurak qismida vizual aniqlanadigan deformatsiya ko‘rinishidagi ko‘krak
qafasining bo‘rtib chiqishi (uzoq muddat davomidagi
yurak nuqsonining
alomatlari). Bukrilik asosan kichik yoshdagi bolalarda paydo bo‘ladi.
Suyak
to‘qimasi nisbatan zich bo‘lgan katta yoshdagi bolalarda buning uchun uzoq vaqt
kerak. Bukrilikning ko‘krak suyagiga nisbatan lokalizatsiyasi
qisman yurakning
qaysi bo‘lmachasi gipertrofiyaga uchraganligidan darak beradi: ko‘krak suyagidan
yaqinroq bo‘lganda – yurakning o‘ng bo‘lmachasi, uzoqroq bo‘lganda – yurakning
chap bo‘lmachasi zararlangan bo‘ladi.