Yurak-tomir tizimi kasalliklarida bemorni tashqi ko‘rikdan o‘tkazning
o‘ziyoq patologik og‘ishlarning turli manifestli alomatlarini aniqlashga imkon
beradi.
Ularni
aniqlash
uchun
diqqat-e’tiboringizni
quyida
keltirilgan
ko‘rsatkichlarga jalb qilish talab etiladi.
Ong.
Nafas siqilishi.
Yuz ifodasi:
– bolaning ko‘zlari keng ochilgan, qo‘rquv, azoblanish – kuchli yurak og‘rig‘i
alomatlari;
– yuzidagi ruhsizlik og‘ir nafas siqilishidan darak beradi. O‘rinda yotish holatining
bir necha o‘ziga xos turlari mavjud:
– qon almashuvi yetishmovchiligi bilan kechadigan kasalliklarda bemor majburiy
holatda bo‘ladi va bu uning ahvolini yengillashtiradi – yarim o‘tirgan va o‘tirgan
holatda, oyoqlarini tushirib, orqasini qo‘yilgan yostiqlarga suyanib (ortopnoe).
Bunday holat qonni tananing pastki qismiga yo‘naltirishga xizmat qiladi, qon
aylanishining kichik doirasida oqim to‘xtab qolishi holatlarini kamaytiradi,
diafragma ekskursiyasini yaxshilaydi;
– ekssudativ perikardit holatida bemor majburiy ravishda tizza-tirsak holatida
yotadi va bu yurak qismidagi og‘riqlarni kamaytiradi;
– yana xuddi shunday majburiy holatda, cho‘kkalab o‘tirib, tizzalar qoringa
siqilganda bola nafas siqilishi-sianotik paroksizma holatida (TYUN pentada
Falloda) bo‘ladi;
– qon tomirlari yetishmovchiligida (kollapsda) passiv holat kuzatiladi
— bemor yotadi.