Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/109
Sana15.11.2023
Hajmi1,24 Mb.
#99164
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   109
Bog'liq
BKP 5 semestr

Periferik tomirlar pulsatsiyasi: 
«karotidlar raqsi» — bu uyqu arteriyasining pulsatsiyasi, vizual qarashda 
ko‘krak-o‘mrov-bo‘yin teri ostidagi mushakdan ichkari tomonda joylashgan bo‘lib, 
aorta klapanlari yetishmovchiligi va aorta anevrizmasidan (yo‘lak keng ochiq) 
darak beradi. Shunda bolaning boshi yurak qisqarishibilan bir vaqtda qimirlab 
turadi va bu holat Myussi alomati deb nomlanadi. Buning yuzaga kelishi 
mexanizmi arterial bosim keskin o‘zgarib turishi bilan bog‘liq. Ba’zan kuchsiz 
tomir urishi (pulsatsiya) sog‘lom bolalarda ham uchrashi mumkin, lekin faqat 
gorizontal holatda;


– normal holatda ko‘krak-o‘mrov-bo‘yin teri ostidagi mushak orqasida joylashgan 
bo‘yin venalariga nisbatan ularning pulsatsiyasi vizual aniqlanmaydi, sust 
ifodalangan va, ayniqsa muhim jihati, uyqu arteriyalarining pulsatsiyasi bilan bir 
vaqtda urmaydi. Uyqu arteriyasi urishi bilan bir vaqtda uradigan bo‘yin 
venalarining bo‘rtib chiqishi va pulsatsiyasi (musbat vena pulsi deb nomlanadi) – 
bu 3 tavaqali klapanning yetishmovchiligi alomatidir. Bunday holat yuzaga kelishi 
mexanizmi sistola vaqtida qonning bir qismi yurakning o‘ng qorinchasidan o‘ng 
bo‘lmachasiga qaytishi bilan ifodalanadi, bu esa ana shu o‘ng bo‘lma qonga 
to‘lishini pasaytiradi va bo‘yin venalarida bosimni oshiradi;
– diafragma past holatda turganda epigastral qismdagi pulsatsiya normal darajada 
bo‘ladi. Bunday pulsatsiya patologiyalari quyidagicha namoyon bo‘ladi: yurakning 
o‘ng qorinchasi gipertrofiyaga chalinganda u nafas olishning oxirida ayniqsa 
payqaladi, aorta tarkibi patologiyalarida esa u nafas chiqarish vaqtida ayniqsa 
kuchli bo‘ladi
Palpatsiya Yurak-tomir tizimini tekshirish jarayonida palpatsiya usuli yordamida 
pulsning ahvoli aniqlanadi (tezligi, ritmi, kuchlanishi, to‘lishi, miqdori), yurak 
qismining palpatsiyasi o‘tkaziladi, shishlar mavjudligi aniqlanadi. Pulsning tezligi 
yirik tomirlarni palpatsiya qilish jarayonida aniqlanadi. Yurak qisqarishi tezligi 
(YUQCH) yurak cho‘qqisi turtishini palpatsiya qilishda yoki auskultatsiyada 
aniqlanadi.

Download 1,24 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   109




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi

Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish