Perkussiyaning qoidalari va usullari




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/109
Sana15.11.2023
Hajmi1,24 Mb.
#99164
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   109
Bog'liq
BKP 5 semestr

Perkussiyaning qoidalari va usullari:
– shifokor boladan o‘ng tomonda joylashadi;
– bemorni vertikal holatda qo‘llari tushirilganda tekshiruvdan o‘tkazish maqsadga 
muvofiq bo‘ladi: og‘ir bolani, erta yoshdagi chaqaloqni
– gorizontal holatda tekshirish lozim (shunda olingan natijalar birmuncha
ko‘proq bo‘ladi);
– perkussiyaning bevosita (ko‘proq erta yoshdagi bolalarda) va bilvosita 
usullaridan foydalanish mumkin;
– perkussiya qovurg‘alar oralig‘i bo‘yicha o‘pka to‘qimasidan yurak tomoniga 
qarata o‘tkaziladi; 
– o‘ng chegarasini aniqlash: barmoq-plessimetrni P–SH qovurg‘alar oralig‘iga 
o‘ng tomondan qovurg‘alarga parallel ravishda, perkutor jihatdan tepadan pastga 
o‘rta o‘mrov chizig‘i bo‘yicha o‘ng o‘pkaning quyi chegarasi belgilanadi.
Shundan so‘ng, I qovurg‘alar oralig‘iga ko‘tarilib va barmoqni yurakning 
o‘ng chegarasiga parallel ravishda (ya’ni qovurg‘alarga parallel holatda) o‘rnatib, 
perkussiya tashqi tomondan ichki tomon o‘pkaning aniq tovushi bo‘g‘ila 


boshlangunicha o‘tkaziladi, yurak chegarasi barmoqning tashqi tomonidan 
belgilanadi:
– yuqori chegarasini aniqlash: erta yoshdagi bolalarda barmoq-plessimetr chap 
tomondan I qovurg‘a oralig‘ida qovurg‘alarga parallel holatda o‘rta o‘mrov 
chizig‘i bo‘yicha qo‘yiladi, katta yoshdagi bolalarda – parasternal chizig‘i bo‘yicha 
o‘rnatiladi.
Perkussiya tepadan pastga bo‘g‘iq tovush paydo bo‘lgunicha o‘tkaziladi; yurak 
chegarasi barmoqning yuqori chetida belgilanadi;
– chap chegarasini aniqlash: avval palpatsiya yo‘li bilan cho‘qqi turtishi 
lokalizatsiyasi aniqlanadi, perkussiya xuddi shu qovurg‘alar oraliqlari bo‘ylab old 
qo‘ltiqosti chiziq bo‘yicha o‘tkaziladi. Yurak to‘mtog‘iga nisbatan chap chegarani 
aniqlash uchun eng aniq usul ortoperkussiya deb ataladi: topilgan qovurg‘alar 
oralig‘ida old qo‘ltiqosti chizig‘i sathida barmoq-plessimetr izlangan qovurg‘alar 
oralig‘ida old qo‘ltiqosti chizig‘ining sathida barmoq-plessimetr izlanayotgan 
chegaraga deyarli parallel ravishda shunday joylashadiki, teriga qo‘l kafti va 
barmoqlar bo‘g‘imlarining butun yuzalari bilan yopishmasdan, asosan yon (ulnar) 
yuzasi bilan yopishadi.

Download 1,24 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   109




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish