• O‘lchash jarayoni
  • Bevosita baholash usuli
  • Ayirmali o‘lchash (differentsial) usuli
  • Nazorat sаvоllаri
  • 1- amaliy mashg`ulot




    Download 297.24 Kb.
    Sana23.10.2023
    Hajmi297.24 Kb.
    #90110
    Bog'liq
    18, https, 10 O`zbek tili 27.09,22, MAJBURIY MATEMATIKA 70 ta variant, Sanoq sistemalari (1), 25 Arifmetik-mantiqiy qurilmalar, Sanoq sistema bu …, funksiyaning davriyligi grafigi algebraik va transsendent funksiyalari, 8b7efb61-d110-4628-9d0e-5cd253c4eeac, “Barakali” tariff rejalarning shartlari, 1 Amaliyot YMB KvaF, 30, 3 top, o\'zbek tili 20-mustaqil ish

    1- amaliy mashg`ulot


    O’LCHASH USULLARI VA TURLARI


    O‘lchash – bu umuman har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya qabul qilish, o‘zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini qo‘llash, ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir.
    O‘lchash jarayoni – bu solishtirish eksperimentini o‘tkazish jarayonidir (solishtirish qanday usulda bo‘lmasin).
    O‘lchash usuli – bu fizik eksperimentning aniq, ma’lum struktura, o‘lchash vositalari va eksperiment o‘tkazishning aniq yo‘li, algoritmi yordamida bajarilish, amalga oshirilish usulidir.
    Quyidagi rasmda o‘lchash jarayonining tashkil etuvchilari ifodalangan (1.1. – rasm).

    1.1 – rasm. O‘lchash jarayoni sxemasi
    O‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab, u aniq nomi bilan yuritiladi: elektrik, mexanik, issiqlik, akustik va h.k. O‘lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari (yo‘llari) mavjuddir (1.2 - rasm).

    1.2– rasm. O‘lchash turlari.
    O’lchash usullari. (1.3 - rasm)
    O‘lchash usullarning ta’riflarini keltiramiz:
    Bevosita baholash usuli – bevosita o‘lchash asbobining sanash qurilmasi yordamida to‘g‘ridan – to‘g‘ri o‘lchanayotgan kattalikning qiymatini topishdir. Masalan, prujinali manometr bilan bosimni o‘lchash yoki ampermetr yordamida tok kuchini topish.
    O‘lchov bilan taqqoslash (solishtirish) usuli – o‘lchanayotgan kattalikni o‘lchov orqali yaratilgan kattalik bilan taqqoslash (solishtirish)dir. Masalan tarozi toshi yordamida massani aniqlash. O‘lchov bilan taqqoslash usulining o‘zini bir nechta turlari mavjud.
    Ayirmali o‘lchash (differentsial) usuli – o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi hisoblanib, o‘lchanayotgan kattalikning va o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini (farqini) o‘lchash asbobiga ta‘sir qilishdir. Misol qilib uzunlik o‘lchovini qiyoslashda uni komparatorda namunaviy o‘lchov bilan taqqoslab o‘tkaziladigan o‘lchash yoki, voltmetr yordamida ikki kuchlanish orasidagi farqni o‘lchash, bunda kuchlanishlardan biri juda yuqori aniqlikda ma’lum, ikkinchisi esa izlanayotgan kattalik hisoblanadi.

    1.3 - rasm. O‘lchash usullari.
    Har bir tanlangan usul o‘z usuliyatiga, ya‘ni o‘lchashni bajarish usuliyatiga ega bo‘lishi lozim. O‘lchashni bajarish usuliyati deganda, ma’lum usul bo‘yicha natijalarini olish uchun belgilangan tadbir, qoida va sharoitlar tushuniladi.
    Nazorat sаvоllаri:

    1. O‘lchashning qanday usullari mavjud?

    2. O‘lchash usullariga ta’rif bering

    3. O‘lchashning qanday turlarini bilasiz?

    4. O‘lchash turlariga ta’rif bering



    Download 297.24 Kb.




    Download 297.24 Kb.