Auskultatsiya qoidalari va usuli:
– shifokor boladan o‘ng tomonda
joylashadi;
– auskultatsiyani bemor orqasida yotganda, chap biqinida yotganda, tik turganda –
ya’ni turli holatlarda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir;
– nafas olganda, nafas chiqarganda hamda nafas
olmay turganda auskultativ
ma’lumotlarni solishtirish lozim (oxirgi aytilgan holatda bolani toliqtirib qo‘yish
mumkin emas);
– ko‘rsatmalarga ko‘ra 9 yoshdan kattaroq bolalarda yurak maxsus jismoniy
yuklamadan keyin eshitiladi;
– yurakni eshitish auskultatsiyasi ma’lum izchillikda o‘tkaziladi;
– aytib o‘tilgan joylarda yurak eshitilgandan so‘ng
auskultatsiya butun yurak
proyeksiyasi bo‘yicha hamda qo‘ltiqosti, o‘mrovosti, qorinusti qismlarida va orqa
tomonda davom ettiriladi.
Yurak auskultatsiyasi izchilligi:
Normal holatda barcha beshta joyda I va II tonlar eshitiladi. Birinchi ton —
bu quyidagi komponentlar sababli yuzaga kelgan tovush chiqishlar yig‘indisi:
– klapanli — ikki- va uch tavaqali klapanlarni yopishdagi tebranishlar hamda aorta
va o‘pka arteriyasi ochilishi ham birmuncha
ahamiyatga ega;
– mushakli — qorinchalar mushaklari qisqarishi;
– tomirli — aorta devorlari va o‘pka
arteriyalari tebranishlari;
– yurak bo‘lmachalari — yurak bo‘lmachalari mushaklari kuchlanishi.
Ikkinchi ton asosida klapanli komponent mujassamlashgan —aortaning
yarim oyli klapanlari va o‘pka arteriyasi yopilishi va kuchlanishi kuzatiladi. Yurak
bo‘lmachalari-qorinchalar klapanlarining ochilishi, aorta
devorlarining tebranishi
va qon oqimlarining o‘zgarib turishi kamroq ahamiyatga ega. Shunday qilib,
birinchi ton qorinchalar qisqarishi boshlanganda –sistola vaqtida paydo bo‘ladi va
sistolik deb nomlanadi, ikkinchisi esa – qorinchalar qonga to‘layotganda – diastola
vaqtida yuzaga keladi va diastolik deb nomlanadi.