yallig‘laydigan zararlashlari – miokardit yoki endomiokarditga hamroh bo‘ladi.
Perikard bo‘shlig‘idagi yiring miqdoriga qarab, u quruq yoki ekssudativ bo‘lishi
mumkin. Oxirgi aytilgani yiring xususiyatlari bo‘yicha serozli, gemorragik va
yiringlilarga ajratiladi. Perikarditlar boshlanishi anchagina o‘tkir kechadi, tana
harorati jiddiy ko‘tarilishi bilan ifodalanadi. Bola o‘zini tutishining o‘ziga xos
jihatlari nisbatan tez aniqlanadi. Bunda u keskin bezovtalanadi, o‘rinda yuqori
holatni
egallashga
harakat
qiladi,
ko‘p hollarda o‘tirishga intiladi,
ovqatlanayotganda va kiyimlari almashtirilayotganda bezovtalanishi kuchayadi va
qichqiradi. Terining rangi o‘chadi, bezovtalanayotganda ko‘kimtir tus oladi,
bo‘yinidagi tomirlari shishib qolishi aniqlanadi. Yurakni tekshirishdagi manzara
perikardda yiring mavjud yoki yo‘qligi va uning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Yiring katta miqdorda bo‘lsa, yurak chegaralari keskin kengayadi, cho‘qqi turtishi
aniqlanmaydigan bo‘ladi. Auskultatsiyada tonlarning pasayishi asosiy alomat
bo‘ladi, ular xuddi uzoqdan eshitilayotgandek bo‘ladi. Lekin yiring quyuq
bo‘lganda tonlar birozgina pasayishi mumkin. Odatda perikard ishqalanishi
shovqinini ham eshitishga erishiladi. Uning shovqini bemor o‘tirgan holatda va
hatto biroz oldinga engashganda «trubkaga» yanada yaxshiroq eshitiladi. Bunday
shovqin ishqalanuvchan, qirtishlovchi, doimo past ovozda, yurak qisqarishlari
fazalariga noaniq va muvaqqat joylashgan bo‘ladi. Elektrokardiografiya yo‘li bilan
voltaj keskin pasayishi va perikardit uchun xos S-T intervali izoliniyadan tepaga
surilganligi aniqlanadi.