kengayishi, yurak tonlari bo‘g‘iq bo‘lib qolishi (ayniqsa I), yurak qisqarishi
tezlashib ketishi qayd qilinadi. Taxikardiya darajasi tana haroratiga mos kelmaydi
va taxipnoe darajasiga
mos kelmasligi mumkin, va buning natijasida puls:nafas
olish nisbati o‘zgaradi. Ko‘p hollarda auskultatsiya vaqtida yurak cho‘qqisi
qismida yoki Botkin nuqtasida sistolik shovqin eshitiladi. Bu shovqin davomli
emas va irradiatsiyasi kichik bo‘ladi. Fonokardiografik tekshirishda u past yoki
o‘rtamiyona chastotali bo‘lib, I-chi tondan ajragan bo‘ladi. EKT da ko‘pincha
quyidagi izdan chiqishlar yuzaga keladi: odatda repolyarizatsiya o‘zgaradi –T
tishining voltaji pasayadi va S–T
intervali kamayadi, o‘tkazuvchanlik buzilishi
aniqlanadi - sinoaurikulyar, ventrikulyar, qorinchalar ichidagi blokada ro‘y beradi,
ekstrasistoliya aniqlanishi mumkin. Katta yoshdagi bolalarda ko‘proq miokardit
o‘choqlari kuzatilib, bunda obyektiv simptomatika katta (yetarli) bo‘lmaydi va
odatda qon aylanishi yetishmovchiligi kuzatilmaydi.
Bolalarning shikoyatlari
turlicha bo‘lishi mumkin: kuchsizlik, bosh aylanishi, yurak qismidagi og‘riqlar,
yurak urishidagi uzilishlar yoki yurak dukillashi sezilishi.
Yurak chegaralari
kattalashmagan. Shu bilan birga taxi- yoki bradikardiya odatda aniqlanadi,
ko‘pincha auskultatsiyada turli aritmiyalar (ko‘proq ekstrasistoliya turiga mansub)
eshitiladi, III tonning kuchayishi va galop ritmi paydo bo‘lishi aniqlanadi. Yurak
zararlanganligining elektrokardiografik alomatlari
turli darajada ifodalangan
bo‘lishi mumkin – ular umuman yo‘qligidan boshlab (EKG-varianti normal)
qorinchalar kompleksi chekka qismidagi (ST va T) buzilishlar, o‘tkazuvchanlik va
qo‘zg‘atuvchanlik buzilishini kuzatish dinamikasida o‘zgaradigan va aniq
tasdiqlanadigan holatgacha. Bolalarda aksariyat hollarda miokarditlar anchagina
ijobiy
kechishiga qaramasdan, ular jiddiy xastalik hisoblanadi, chunki o‘zidan
keyin miokardning qisqarish qobiliyatidagi buzilishlar yoki turg‘un shakldagi
aritmiyalarni qoldirishi mumkin.