|
Magistral tomirlar transpozitsiyasiBog'liq BKP 5 semestrMagistral tomirlar transpozitsiyasi. Anatomik jihatdan ikkita bosh magistral
tomirlar – aorta va o‘pka arteriyasi yurakdan chiqadigan joylarining «almashuvini»
ifodalaydi. Shunda ikkita mustaqil qon aylanish doiralari shakllanib, bemor yashay
olmaydigan holat yuzaga keladi. Homila ona qorni ichida tirik saqlanishi va
rivojlanishi fetal qon aylanmasi (oval shaklidagi darcha va arterial yo‘lak)
elementlari bilan ta’minlanadi. Ular yangi tug‘ilgan chaqaloqlik davrida
yopilganda chaqaloq hayotiga xavf tug‘diradigan holat yuzaga keladi, va u
holatdan chiqishni sun’iy shuntlarni yaratish bo‘yicha jarrohlik operatsiyasi yoki
qon oqimining fetal yo‘llari yopilishini to‘xtatib turadigan prostaglandinlar bilan
davolanish ta’minlaydi. Bolalik yoshida transpozitsiya diagnostikasining har
qanday holati qon aylanishi doiralarini ulaydigan qo‘shimcha anomaliyalar
mavjudligidan darak beradi.
Transpozitsiyaning asosiy klinik alomati – terining rangi ko‘k tusga
kirishidir. Sianoz hatto 100% ga kislorod bilan nafas olganda ham saqlanib turadi.
Yurak o‘lchamlari biroz kattalashadi, bel qismi torayadi. Frontal tekislikda
yurakning shakli «yotgan tuxum»ga o‘xshaydi. Shovqin mavjud bo‘lmasligi
mumkin yoki surilgan aorta ustida kuchaygan II toneshitilishi mumkin. Yurak chap
qorinchasining gipoplaziyasi. Odatda yangi tug‘ilgan chaqaloqlik davrida
diagnostika qilinadi, chunki bemorlar kamdan-kam holatlarda bir oydan ortiq
yashaydi. Tezligi bir daqiqada 100 martagacha nafas olib keskin harsillash,
terining rangi ko‘kimtirligi, akrotsianoz bilan ifodalanadi. Puls o‘ta kuchsiz, yurak
turtkisi juda kuchaygan, yurak qismi ustida eshitilmasligi mumkin. Rentgenologik
tekshirishda vena o‘zani hisobiga qon aylanadigan kichik doiraning to‘lib ketishi,
o‘ng bo‘limlar hisobiga yurak soyasining katta o‘lchamlari kuzatiladi; EKG da –
o‘ng qorinchaning gipertrofiyasi aniqlanadi.
|
| |