Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/109
Sana15.11.2023
Hajmi1,24 Mb.
#99164
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   109
Bog'liq
BKP 5 semestr

Tug‘ma yurak nuqsonlari 
Tug‘ma yurak nuqsonlarining eng muhim komponentlari yurak ichida yoki 
unga tutashgan yirik tomirlardagi gemodinamikaning o‘zgarishlaridan iborat 
bo‘lib, ularni sxematik shaklda ikkita sindromlar ko‘rinishida tasavvur qilish 
mumkin: birinchisi – shlyuz sindromi, ya’ni qon oqimiga qarshilik qiluvchi 
torayish yoki stenoz, va ikkinchisi – quyilishsindromi, ya’ni yurakning o‘ng va 
chap kameralari yoki ularga qo‘shiluvchi tomirlar orasida anomal aloqa yo‘li.
Yurak tashqarisidagi sindromlar – bu qon aylanadigan kichik va katta doirada qon 
aylanishining buzilishi hamda qon oksigenatsiyasi. Diagnoz (tashxis) uchun qon 
aylanuvchi kichik doiraning boyishi yoki kambag‘allashishi gipo- yoki 
gipervolemiyalar hamda birlamchi yoki ikkilamchi ravishda qon aylanadigan 
kichik doiraning uzoq saqlanuvchi gipervolemiyasi tufayli paydo bo‘ladigan o‘pka 
gipertenziyasini ajratish o‘ta muhim ahamiyatga ega. Nihoyat, barcha Tug‘ma 
yurak nuqsonilarida gemodinamika izdan chiqishini qoplaydigan yurakning o‘ng 
yoki chap bo‘limlari ortiqcha zo‘riqishi yoki gipertrofiyasi sindromlarini ajratish 
mumkin.
Yurakning chap bo‘limlari ortiqcha zo‘riqishi sindromi rentgenologik 
ma’lumotlar yoki exokardiografiya bilan tasdiqlanuvchi kuchaytirilgan, ko‘tarib 
qo‘yadigan cho‘qqi turtkisi, yurak chegaralari chap tomon kengayishi, EKG da 
chap qorincha gipertrofiyasi alomatlari kuzatilishi bilan ifodalanadi.
Yurakning o‘ng bo‘limlari ortiqcha zo‘riqishi sindromi rentgenologik 
ma’lumotlar yoki exokardiografiya bilan tasdiqlanuvchi epigastral qismining 
pulsatsiyasi, kuchaytirilgan yurak turtkisi, o‘ng qorincha va yurak bo‘lmachasi 


kattalashuvi, EKG da yurakning o‘ng bo‘limlari gipertrofiyasi alomatlari 
kuzatilishi bilan ifodalanadi.
Yurakning chap bo‘limlari ortiqcha zo‘riqishi aorta stenozi, aorta 
koarktatsiyasiga chalingan bemorlarda uchraydi. O‘ng bo‘limlar ortiqcha zo‘riqishi 
o‘pka arteriyasi simptomokompleksi stenozida, yurak bo‘lmachalari orasidagi 
pardevor nuqsonida, Fallo tetradasida, magistral tomirlar transpozitsiyasida, chap 
yurak gipoplaziyasida ayniqsa yorqin ifodalanadi.
O‘pka orqali qon oqimi ortishi sindromi bemorlar tez-tez bronxitlar va 
pnevmoniyalarga chalinishga moyilliklari bilan izohlanadi. Ko‘rikdan o‘tkazish 
vaqtida teri qoplamalarining rangi o‘chganligi, yurak o‘rtalig‘idagi bukur, ko‘p 
hollarda o‘pka arteriyasi ustida II ton aksenti, rentgenologik jihatdan – o‘pka rasmi 
aniq kuchayishi kuzatiladi. Ushbu sindrom yillar davomida mavjud bo‘lishi nafas 
siqilishi kuchayishida, toliqishda, muntazam ravishda sianoz (kechki sianoz) paydo 
bo‘lishi va yurakning o‘ng bo‘limlari ortiqcha zo‘riqishida namoyon bo‘ladigan 
o‘pka gipertenziyasi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
O‘pka orqali qon oqimi pasayishi sindromi sianoz erta paydo bo‘lishi 
(tug‘ilishidan boshlab yoki umrining 3–4 yoshigacha), nafas siqilishi-sianotik 
xurujlar mavjudligi va bola cho‘kkalab o‘tirib qolishi bilan ifodalanadi. Ko‘rikdan 
o‘tkazishda tirnoq falangalari baraban tayoqchalariga o‘xshash o‘zgarishi, tirnoqlar 
soat oynasi shaklida bo‘lishi, auskultatsiyada – o‘pka arteriyasi ustida II ton 
kuchsizlanishi kuzatiladi. Rentgenologik jihatdan o‘pka maydonlarining shaffofligi 
ortishi, yurakning chap konturi bo‘yicha ikkinchi yoy tushib qolishi, yurakning 
o‘ng qorinchasi kattalashib qolishi va EKG da uning gipertrofiyasi alomatlari 
kuzatiladi.

Download 1,24 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   109




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi

Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish