Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/109
Sana15.11.2023
Hajmi1,24 Mb.
#99164
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   109
Bog'liq
BKP 5 semestr

Fallo tetradasi. Anatomik jihatdan anomaliyalar kompleksidan iborat bo‘lib, 
ulardan ikkitasi yetakchi hisoblanadi: 1 - bevosita aorta klapani ostida membrana 
qismida yuqori lokalizatsiyalanganyurak qorinchalari orasidagi paradevorning 
katta o‘lchamli nuqsoni; 2 – o‘pka arteriyasi klapan teshigining yoki ushbu 
arteriyaning infundibulyar qismining stenozi. Teshikning aorta klapani ostida 
joylashuvi aorta o‘ng yurak tomoniga ko‘chishiga yordam beradi va shunt o‘ng 
qorinchadan qon to‘g‘ridan-to‘g‘ri aortaga o‘tadigan yo‘l hisoblanadi. O‘ng 
qorincha doimo to‘lib ketishi uni albatta gipertrofiyaga olib keladi. Nuqsonning 
bunday komponentlari o‘z vaqtida Fallo tomonidan «tetradalar» nomi ostida 
ta’riflab berilgan. Bemorlar terisi sianotikligi bola tug‘ilganidan keyin shu 
zahotiyoq emas, 2–3 oy o‘tgandan so‘ng rivojlanib ketadi. Xuddi shu davrda 
o‘tirish va turishda harsillash-sianotik xurujlar aniqlanadi. Tibbiy ko‘rikdan 
o‘tkazishda teri sianozga chalinganligini ham, barmoqlar gipoksiyaga xos «baraban 
tayoqchalari» shaklida va tirnoqlar «soat oynalari» shaklida ekanligini ham 
tasdiqlash mumkin. Jismoniy rivojlanganlik o‘rtamiyonadan pastroq darajada. 
Yurak o‘lchamlari normalligicha qolishi mumkin, lekin o‘ng qorincha doimo 
kattalashgan, o‘pka arteriyasi qismi esa tushib qoladi. Buning sababi shundaki, 
rentgenologik tekshirishda yurakning shakli o‘ziga xos - «etik» shaklida bo‘ladi. 
EKG tekshirishda o‘ng qorincha va yurakning o‘ng bo‘lmachasi gipertrofiyasi, 
yurak o‘qi o‘ng tomonga og‘ib qolganligi aniqlanadi. Yurakning ikkinchi toni 
kuchsiz bo‘lganda auskultatsiya o‘pka arteriyasining ustida faqat bitta haydalish 
shovqinini aniqlaydi. Shunt shakllanishi qismida bosim o‘zgarishlari mavjud 
emasligi sababli ushbu joyda hech qanday shovqinlar eshitilmaydi. Bu holda 


albatta jarrohlik yo‘li bilan davolanish lozim va hozirgi vaqtda bu jarayon bir 
bosqichda amalga oshiriladi.

Download 1,24 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   109




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi

Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish