• Tayanch - harakat a’zolarining rivojlanish xususiyatlari
  • Yangi o’zbekistonning umidli yoshlari” 1(1)-son




    Download 204.8 Kb.
    bet1/3
    Sana24.04.2024
    Hajmi204.8 Kb.
    #206491
      1   2   3
    Bog'liq
    uzboss 11
    Ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish shartlari va korxonaning zararsiz ishlash nuqtasini hisoblash yo\'llari., 3 amaliy mashg’ulot. Tarmoqni testlash va asosiy ko’rsatkichlari, Labaratoriya 1-2-3, bog-cha-yoshidagi-bolalar-aniq-ovqatlanishini-o-rganish-va-uning-ahamiyati-4, httpsandstat.uzuploadsdocs2022.0220ichkisavdo.pdf 3, Parmalash va frezerlash ishlari texnologiyasi (I.Zairov), 30 mm yuzaga ishlov berishda, Induvidual Work By Xurshidbek, Yakubov Nosirjon Jurayevich





    HARAKAT TAYANCH A’ZOLARI JAROHATLANGAN BOLALAR – ANOMALBOLALAR TOIFASIDAN BIRI SIFATIDA




    Ikromalieva Farruxa

    Ushbu maqolada harakat tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar haqida, ulardagi nuqsonning kelib chiqish sabablari, oldini olish, davolash, qanday turlari mavjudligi , profilaktikasi, yoritilgan. Ta’lim –tarbiya berish berish yo’llari ochib berilgan.
    Kalit so’z: Bolalar serebral falaji, poliomelit, artrogripoz, oyoq qo’llarning majruxligi, axondroshgaziya, miya falaji , kompleksli nuqsonli, anomal bola, shol kasalligi, xondrodistrofiya, nutqiy motorika
    Dunyodagi 500 million aholining 10%i nogironlardir. Shular qatoriga mujassam nuqsonli anomal bolalar ham kiradi. Mujassam nuqsonli anomal bolalarda bir necha nuqson birgalikda kuzatiladi Ular kompleksli nuqsonli anomal bolalar kategoriyasi deb nomlanadi
    Harakat tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar serebral falaji poliomelit(shol kasalligi asorati) harakat tayanch a’zolarining turli tug’ma va orttirilgan deformatsiyasi, artrogripoz, oyoq qo’llarning majruxligi, axondroshgaziya yoki xondrodistrofiya – tana, bo’yin, boshning normal rivojlanayotgan bir paytida tug’ma oyoq qo’l suyaklari o’sishining orqada qolishi, miopatiya-mushak to’qimalarida modda almashinuvi bilan bog’liq bo’lgan irsiy kasallikda mushaklar yaxshi qisqarmaydi, kishi qo’l oyoqni harakatga keltira olmaydi.

    1. rasm


    Harakat tayanch a’zolari jarohatlangan bolalarning ko’pchiligida miya falaji kuzatiladi. Bolalar serebral falaj kasaligi hali yetilmagan, shakllanib bo’lmagan miyaning kasalligidir. Onaning homiladorlik paytida ma’lum kasalliklar bilan kasallanishi, tug’ilish vaqtidagi patologik o’zgarishlar, tug’ilgandan to bir yoshgacha bo’lgan davr ichida bola kasallanishi natijasida esa miyaning yaxlit yetilishi kechikadi

    va buziladi. Oqibatda bolaning umumiy va nutqiy motorikasi (harakatchanligi) faoliyati buziladi. Nutqning rivojlanmasligi esa intellektual rivojlanishni sekinlashtiradi. Kishi organizmining asosiy funksiyalari – nafas olish, qon aylanish, yutunish, tana harakati, nutqiy harakatlar va boshqalar harakat orqali – mushaklarning qisqarish natijasida sodir etiladi. Harakatlar ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo‘ladi. Aniq maqsadni ko‘zlab bajarilgan ixtiyoriy harakatlar inson xatti-harakati, xissiy-irodaviy qobiliyati, bilish faoliyatini, hulqining shakllanishida asosiy rol o‘ynaydi.
    Kasallikning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan harakat buzulishlari bolalar serebral falajida har xil namoyon bo‘ladi.Adabiyotlarda bolalar miya falajining quyidagi shakllari qayd qilingan: spastik diplegiya, spastik gemiplegiya, ikkilamchi gemiplegiya,paraplegiya, monoplegiya, atonik-astatik sindrom. Bolalar miya falajining eng keng tarqalgan shakli spastik diplegiya. Bu shakldagi kasallik qo‘l va oyoq harakatlarining buzilishi bilan harakterlanadi. Bunda ayniqsa oyoq qo‘lga nisbatan ko‘proq jarohatlangan bo‘ladi. Qo‘l oyoqlarnin erkin harakatini chegaralanishi yoki butunlay harakatsizlanishi mushaklarning kuchsizlanishi bilan birga kechadi. Bola qo‘llarini tepaga ko‘tarishga qiynaladi yoki umuman ko‘tara olmaydi, oldinga, chetga uzata olmaydi, oyoqlarni bukolmaydi, yozolmaydi.Har qanday harakat sodir bo‘lishi uchun mushak tonusi normal bo‘lishi shart. Bolalar serebral falajida mushak tonusi juda baland bo‘ladi, natijada bola o‘ziga xos holatni qabul qiladi: tizzadan bukilgan oyoq barmoqlarga tiraladi, tirsaklar bukilib, qo‘llar tanaga yopishganday bo‘ladi; qo‘l barmoklari bukilib, mushtlar hosil qiladi. Shartsiz majburiy harakat giperkinezlar shartli harakatlarni bajarilishini keskin qiyinlashtiradi yoki mutlaqo bajara olmasligiga olib keladi. Muvozanat harakatning buzilishi o‘tirish, turish, yurishni qiyinlashtiradi yoki butunlay bajara olmaydigan holatga olib keladi. Kinesteziya – tana yoki tana qismlari harakatini sezish demakdir. Kinesteziya maxsus sezuvchi to‘qimalar – proprioretseptorlar orqali sodir bo‘ladi. Bu to‘qimalar mushak, pay, bo‘g‘imlarda joylashgan bo‘ladi. Ular oliy nerv sistemasiga tana, qo‘l, oyoqlarning xolati haqida, mushaklarning qiskarishi haqida ma’lumot beradi.
    Spastik diplegiya shaklidagi bolalar miya falaji bilan kasallangan bolalar intellekti, fikrlash qobiliyati yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Ular umumta’lim maktablari dasturini a’lo baholar bilan o‘zlashtira olishlari mumkin.Biroq bunday bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlari,qiyinchiliklari ular uchun maxsus yordamni tashkil etilishini talab etadi.
    Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar uchun O‘zbekistonda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun bog‘cha va maktab yoshidagi bolalar uchun maxsus maktab internatlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ayrim bolalar umumta’lim ommaviy maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktabda integratsiyalashgan inklyuziv ta’limga jalb etilmoqda. Maxsus muassasalarda barcha ta’lim-tarbiya ishlari
    korreksion yo‘nalishda amalga oshiriladi. Ko‘proq harakat funksiyalarini korreksiyalashga e’tibor beriladi.
    Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar bilan maxsus muassasalarda harakat funksiyasini korreksiyalash ishlari kompleks tarzda, ya’ni bolaga har tomonlama ta’sir o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunga tibbiy dori-darmonlar bilan davolash, fizioterapevtik, ortopedik, uqalash-massaj, davolovchi gimnastika, jismoniy tarbiya, mehnatga o‘rgatish ishlari kiradi.
    Tibbiy dori-darmonlar bilan davolash ishlari mushak tonusini pasaytirish, giperkinez-majburiy harakatlarni kamaytirish, asab sistemasidagi kompensator jarayonining faolligini kuchaytirishga yo‘naltiriladi.
    Fizioterapevtik muolajalar mushak tonusini pasaytirishga, mushaklardagi qon aylanishini yaxshilashga qaratiladi.
    Ortopedik tadbirlar harakat-tayanch a’zolari, bo‘yin, gavda harakatini yaxshilash, kerak bo‘lsa ortopedik moslamalardan foydalanishni,har bir bola shaxsiy ortopedik rejimga rioya qilishga o‘rgatishga qaratiladi.
    Mushakdagi giperkinezlar bolaning nafaqat umumiy, balki nutqiy motorikasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Nutq apparatining kam harakatlanishi (til, lab, jag‘, un paychalari, kichik til harakati buziladi) nutqning fonetik tomondan buzilishiga, ya’ni tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarga olib keladi. Mushaklardagi giperkinezlar dizartriya yoki anartriya kabi tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Diafragma, qovurg‘a orasidagi mushaklar giperkinezi nutqiy nafas olishni, un paychalarining tebranishi, nutq maromini buzilishiga olib keladi. Nisbatan ko‘proq uchraydigan dizartriyaning psevdobulbar shaklida artikulyatsion tonus baland bo‘ladi. Lab, til, kichik til, pastki jag‘, un paychalari harakatchanligi buziladi va natijada tovushlar talaffuzi, ovoz, nutq sur’ati nuqsonlari kuzatiladi. So‘lak bezlari atrofidagi mushaklar qisqarmaganligi tufayli bola so‘lagi oqib turadi. Bunday bola yaxshi chaynay olmaydi, yutolmaydi. Dizartrik bolaning nutqi noaniq, chuchmal, xirillagan, monoton bo‘ladi. Dizartriya qanchalik barvaqt aniqlansa, uni bartaraf etish, korreksiyalash ham shunchalik oson bo‘ladi. Uzoq muddat ichida sabr-toqat bilan olib borilgan logopedik ishlar natijasida yuqori ko‘rsatkichlarga erishish mumkin.
    Nutq apparatining innervatsiyasiga bevosita bog‘liq bo‘lgan kalla suyak nervlarining jarohatlari ko‘p hollarda ko‘z harakati nervlarining jarohatlanishi bilan birga kuzatiladi. Natijada bola g‘ilay, ko‘zi olaygan, ko‘z harakati buziladi. Bolalar o‘z qo‘z harakatlarini bir maromda bajara olmaydilar, mo‘ljalga nigoh tashlay olmaydilar. Bunday kamchiliklar logopedik ishni to‘g‘ri olib borishga to‘sqinlik qiladi. Bola artikulyatsion apparat a’zolari harakatini kuzata olmaydi, rasmga qarab ishlash, o‘qish va yozishni o‘zlashtirishda qiynaladilar.
    Mediko-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan, harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar inklyuziv ta’lim olishga yoki maxsus maktabgacha yoshdagi
    bolalar muassasasiga maktab-internatlarga yuboriladi. Bu muassasalarga o‘zlari yoki aravachada yura oladigan, o‘zgalarning qaroviga muhtoj bo‘lmagan bolalar qabul qilinadi. Sog‘liqlarini tiklagach tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan o‘quvchilarni umumta’lim bog‘cha yoki maktabga o‘tkaziladi. Maxsus maktab- internat pedagogik kengashi bitiruvchilariga ishga joylashish uchun tavsiyanoma beradi. Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar I – II guruh nogironlari hisoblanib, ularni ishga joylashtirish ijtimoiy ta’minot bo‘limlariga topshiriladi.

    Tayanch - harakat a’zolarining rivojlanish xususiyatlari


    Bolalar mahsus stulda o‘tirishadi. Boshini ushlash, qo‘lida o‘yinchoqni o‘ynay olish kabi holatlarda faollikning susayishi kuzatiladi. Kattalar yordamida oyoqda tik turishi va harakatlanishi mumkin, lekin oyoqni bukishda turli murakkabliklar kuzatilishi mumkin. Ayrim bolalar mustaqil o‘tira olishadi
    Lab va til mushaklarining patologik holatining buzilishi og‘iz bo‘shlig‘i a’zolarining harakati susayishiga va qiyinlishishiga olib keladi. Deyarli, barcha bolalarda fikrini so‘z bilan ifodalashda va so‘zlarni talaffuz qilishda qiynalish kabi holatlar yuzaga keladi. Bundan tashqari, ular biror narsani tishlash va chaynashga qiynalishadi Tayanch-harakat a’zolari falajlangan bolalardagi nuqson shaklini va darajasini erta aniqlash asosida ikkilamchi nuqsonlarni oldini olish, nuqsonlarni samarali korreksiyalash maqsadida ilk yoshdan yordam berish lozim. Bolaga ilk yosh davrdan berilgan kompleks (mujassam) chora tadbirlar ularni kelajakda umumta’lim tizimida samarali ta’lim-tarbiya olishlarini ta’minlaydi, ya’ni inklyuziv ta’lim tizimiga jalb etish imkoniyatining kengayishiga olib keladi.

    1. rasm


    Bolalardagi nuqson turi va darajasini hisobga olib erta reabilitatsiya qilish, ya’ni davolov chora-tadbirlarning uchta turi farqlanadi:

    Download 204.8 Kb.
      1   2   3




    Download 204.8 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yangi o’zbekistonning umidli yoshlari” 1(1)-son

    Download 204.8 Kb.