gipertrofiyasi kuzatiladi. Ko‘rsatilgan o‘zgarishlar sezilarli
ifodalangan holatda
oval shakldagi darcha orqali vena-arteriya yo‘nalishdagi shunt paydo bo‘lishi
uchun sharoitlar yaratiladi va aynan ana shu holda sianoz yuzaga keladi. Klinik
manzarada haydalish chertkisi va o‘pka arteriyasida
II-chi ton mavjud
bo‘lmaganda yoki keskin kuchsizlanganda ko‘krak suyagining chap chekkasi
bo‘ylab ikkinchi-uchinchi qovurg‘alar oralig‘ida maksimal eshitiladigan dag‘al
sistolik shovqin aniqlanishi mumkin. Perkussiya va rentgen o‘tkazganda o‘ng
bo‘limlar hisobiga yurak o‘lchamlari jiddiy kattalashishi hamda o‘pka
arteriyasining poststenotik kengayishi kuzatiladi. EKG da yurakning o‘ng
qorinchasi
va o‘ng bo‘lmachasining gipertrofiyasi ko‘rinadi.
Yurak
yetishmovchiligi faqat o‘ng qorinchaga tegishli bo‘lib rivojlanadi (jigar
kattalashadi, periferik shishlar yuzaga keladi).
Aorta stenozi. Ushbu nuqson kuchsizlik,
sust jismoniy faollik, takroriy
hushsizlik yoki hushidan ketishning sababi bo‘lishi mumkin. O‘smirlar va kattalar
kutilmaganda vafot etishi xatari ana shu nuqsonga bog‘liq bo‘ladi.
Tekshirishda
bemorlar teri qoplamlarining rangi o‘chganligi, sekin to‘ladigan kuchsiz periferik
puls, pasaygan arterial bosim bilan ajralib turadi. Palpatsiya qilish cho‘qqi turtishi
kuchayganligi va surilganligini, ko‘krak suyagining past qismida va chap tomonida
sistolik titrash mavjudligini tasdiqlashga imkon beradi.
Auskultatsiya jarayonida
yurak cho‘qqisida va ko‘krak suyagining past qismi chap tomonida sistolik
shovqin eshitiladi. Shovqindan oldin – haydalish chertkisi aniqlanadi. Aortada II
ton kuchsizlangan va vaqt bo‘yicha izdan chiqqan bo‘ladi.
Rentgenologik
manzarada chap qorincha hisobiga yurak kattalashishi va yuqoriga ko‘tariluvchi
aortaning poststenotik kengayishiga qo‘shiladi. EKG da chap qorinchaning
gipertrofiyasi ko‘rinadi.