1. Chaqaloqda traxeyaning uzunligi nisbatan kattaroq bo‘lib, 4 sm ni tashkil
etadi, 15 yoshga kelib, uning uzunligi 7 sm ga yetadi, (ya’ni 2 baravarga
kattalashadi).
2. Chaqaloqning traxeyasi nisbatan keng bo‘lib, 15 yoshga to‘lgandan so‘ng
uning diametri ikki baravar kattalashadi.
3. Traxeya 16-20 kemirchaklaridan iborat bo‘lib, ularning soni keyinchalik
ham o‘zgarmaydi.
4. Bolalarda traxeyaning kattalarga nisbatan yuqoriroq bo‘lib, chaqaloqlarda
va bolalarda traxeyaning bifurkatsiya o‘rni 12 yoshga kelib III–IV i V–VI ko‘krak
umurtqalariga darajasiga mos keladi.
5. Uning devorlari yumshoq bo‘lib, osongina eziladi.
6. Shilliq qobig‘i mayin, ko‘p miqdorda vaskulyarlashgan, nisbatan quruq
(shilliq bezlar giposekretsiyasi) bo‘ladi.