tani tashkil etidi (8 dan to 30 gacha). Respirator bronxiollarning umumiy soni –
200 – 300 mingtani tashkil etadi, terminal bronxlar va albatta atsinuslarniki esa 20
– 30 mingni tashkil etadi.
O‘ta mayda
bronxlarga mutlaq torlik xos, bu kichik yoshdagi bolalarda
obstruktiv sindrom tez-tez uchrashi bilan izohlanadi.
4. Mushak va elastik tolalar kam rivojlangan, vaskulyarizatsiyaga boy bo‘ladi.
5. katta bronxlarning shilliq qobig‘i mersatel kiprik epitiysi bilan qoplangan bo‘lib,
uning funksiyasi mukotsiliar klirens deb ataluvchi bronxlarni tozalashdan iborat.
Bu begona zarrachalarni olib tashlash deganidir. Zarrachalar brionxial shaxaraga
tushib qolganda ular shajaraning butun ichki
yuzasini qoplovchi bronxial
suyuqliklarga qo‘shiladi. Epitiliyey kipriklari harakati oqibatida begona zarrachalar
pastdagi mayda bronxlardan yuqoriga – traxeya tomonga harakatlanishadi.
Mukotsiliar klirens yuqori nafas yo‘llaridan pnevmoniya qo‘zg‘atuvchilarining
o‘pkaga tushishidan himoya qilishda asosiy rol o‘ynaydi.
Mukotsiliar apparatning immunologik funksiyasi (A immunoglobulin va
boshqalarning tashkil topishi) katta ahamiyatga ega.
Ekologik sharoitlarning
qoniqarsizligi tufayli bronxit bilan tez-tez kasallanadigan bolalarda immuniteti
pasayishi ro‘y beradi, bronxial shajaraning tozlanish jarayoni buziladi, bu esa nafas
olish tizimida yallig‘lanish jarayoni yanada ko‘payishiga sabab bo‘ladi.