Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/109
Sana15.11.2023
Hajmi1,24 Mb.
#99164
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   109
Bog'liq
BKP 5 semestr

Perkussiya tartibi
1. Perkussiya old tomondan:
– 10 yoshli va undan katta bolalarda jarayon o‘pka cho‘qqisining bilvosita 
perkussiyasidan boshlanadi – barmoq-plessimetr o‘mrov ustida suyakka parallel 
ravishda joylashadi (albatta, perkussiya navbatma-navbat o‘ng va chap tomonda 
o‘tkaziladi);
– keyin, bevosita perkussiya usulida, o‘mrovlar bo‘yicha perkussiya ma’lumotlari 
aniqlanadi (plessimetr rolini suyak «bajaradi»);
– shundan so‘ng o‘rtao‘mrov chiziqlari bo‘yicha ikkala tomondan qovurg‘alar 
oraliqlari bo‘yicha o‘mrovosti qismida perkussiya III-IV qovurg‘alargacha 
o‘tkaziladi; keyin esa perkussiya o‘tkazilmaydi (chunki u yerda yurak joylashgan); 
– so‘ng, faqat o‘ng tomonda, qovurg‘alar oraliqlari bo‘ylab tepadan pastga 
perkussiya o‘tkaziladi va paydo bo‘ladigan tovushga quloq solib, taxminiy 
patologik alomatlar aniqlanadi; ular nisbiy solishtiriladi, chunki ushbu qismlar 
simmetrik emasdir.
2. Bola qo‘llarini ensaga yoki qarama-qarshi yelka bo‘g‘imiga tashlaydi, va shu 
holatda ikki tomondan o‘rtaqo‘ltiqosti chiziq bo‘yicha qo‘ltiqosti qismining 
solishtirma perkussiyasi o‘tkaziladi; kattaroq bolalarda solishtirma perkussiya 


kattaroq o‘lchamdagi ko‘krak qafasida – old-, o‘rta-va orqaqo‘ltiqosti chiziqlar 
bo‘yicha o‘tkaziladi; plessimetr qovurg‘alarga parallel ravishda joylashadi.
3. Perkussiya orqa tomondan:
– kurakusti qismida, plessimetr gorizontal joylashadi;
– paravertebral qismida tepadan pastga. Barmoq-plessimetr qovurg‘alarga parallel 
ravishda joylashadi; 
– kurakosti qismi (kuraklar chiziqlari bo‘yicha), barmoq-plessimetr qovurg‘alar 
oraliqlari bo‘ylab joylashadi. 
Me’yoriy (normativ) perkussiya ma’lumotlari:
Perkussiya vaqtida paydo bo‘ladigan quyidagi tovushlar mavjud:
– aniq (o‘pkadan);
– bo‘g‘iq (qisqargan);
– past tovushli (sondan);
– timpanik (qutidan chiqayotgandek).
Normal holatda sog‘lom o‘pka ustida aniq o‘pkali tovush eshitiladi. Uning 
balandligi va jarangdorligi perkussiya zarbasi, mushaklar qalinligi va 
rivojlanganligi, teriosti yog‘ qatlami va yonida joylashgan organlarga bog‘liq 
bo‘ladi.
Perkussiyada yurak, jigar, ya’ni zich organlar ustida past ovozli tovush paydo 
bo‘ladi.

Download 1,24 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   109




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi

Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish