• Perkussiya qoidalari
  • Obrazsov usuli
  • Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/109
    Sana15.11.2023
    Hajmi1,24 Mb.
    #99164
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   109
    Bog'liq
    BKP 5 semestr

    Perkussiya usuli 
    Perkussiyaning ikki turi mavjud – bilvosita va bevosita. Bilvosita perkussiya 
    o‘tkazayotganda shifokor o‘ng qo‘lining yarim egilgan uchinchi (ayrim shiforlar – 
    ikkinchi) barmog‘i bilan (barmoq-bolg‘acha deb ataladi) ko‘krak qafasiga 


    qo‘yilgan chap qo‘lining uchinchi barmog‘ining (u barmoq-plessimetr deb ataladi) 
    ikkinchi falangasiga uradi.
    Perkussiya qoidalari: 
    – barmoq-plessimetr chap qo‘lining boshqa barmoqlariga nisbatan ko‘krak 
    qafasiga biroz zichroq (lekin kuchli emas) qo‘yilishi lozim;
    – chap qo‘lning II va IV barmoqlari III barmoqdan chetroqda turishi va unga tegib 
    turmasligi kerak;
    – barmoq-bolg‘acha 2-3 marta uradi va shifokor shu zahotiyoq paydo bo‘layotgan 
    ovozni eshitadi, so‘ng barmoq-plessimetr tezda boshqa nuqtaga o‘tadi;
    – urishlar qisqa bo‘lishi lozim, ya’ni barmoq-bolg‘acha barmoq-plessimetrga tezda 
    uradi va shu zahotiyoq orqaga qaytariladi;
    – yanada baland ovozga erishish uchun faqat bilak bo‘g‘imida qo‘l panjalari 
    harakatlanishi kerak, barmoq-bolg‘acha esa burchak ostida egilganligicha qoladi; 
    – birmuncha past ovozga erishish uchun bilak bo‘g‘imida deyarli hech qanday 
    harakatlanish bo‘lishi kerak emas, faqat panjalar o‘zagidagi bo‘g‘imda barmoqni 
    birozgina harakatlantirish lozim;
    – lekin bir bemorni tekshiruvdan o‘tkazayotganda barcha urishlarning kuchi 
    solishtirma maqsad bilan bir xil bo‘lishi kerak:
    – barmoq-plessimetr qovurg‘alar oraliqlari bo‘yicha joylashadi. Bevosita 
    perkussiyani 3 usulda amalga oshirish mumkin. Bevosita perkussiyani Yanovskiy 
    (XIX–XX asrlardagi mahalliy terapevt) usulida bajarishda shifokor barmoq-
    bolg‘acha bilan ko‘krak qafasiga urib turadi
    va shunda paydo bo‘ladigan tovushlarni sezadi. Bevosita perkussiya ko‘proq ilk bir 
    necha oy umr kechirayotgan chaqaloqlarda, gipotrofiyaga chalinganda hamda jigar 
    va qorataloq chegarasini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Ebshteyn (XIX–XX 
    asrlardagi nemis terapevti) usulida bevosita perkussiya o‘tkazish biroz Yanovskiy 
    usuliga o‘xshab ketadi – xuddi unda bo‘lgani kabi bevosita barmoq-bolg‘acha 
    bilan ko‘krak qafasiga uriladi, lekin zarba tez emas, sekin urilishi, ayni paytda 
    biroz bosuvchan va xuddi teri qoplamlarini ishqalayotgandek bo‘ladi. Shifokor 


    zarba paytida paydo bo‘ladigan tovushga emas, ko‘proq barmoq falangasining 
    sezuvchanligiga e’tibor qaratadi.
    Obrazsov usuli – o‘ng qo‘lining ko‘rsatkich barmog‘i tirnoq falangasi qo‘shni 
    o‘rta barmoqdan sirpanib, shu zahotiyoq ko‘krak qafasiga uradi. Bir vaqtning 
    o‘zida chap qo‘l bilan perkussiya qilinayotgan teri qatlamlarini (ular tovush 
    tarqalishini cheklab qo‘yadi) tekislash samara beradi.Tekshirish maqsadi va 
    usuliga qarab, solishtirma va topografik perkussiya mavjud bo‘ladi.
    Odatda jarayon solishtirma perkussiyadan boshlanadi. Uni bajarayotganda
    shifokor ko‘krak qafasining simmetrik joylashgan qismlarini perkussiya qilishda 
    paydo bo‘ladigan tovushlarni o‘zaro solishtiradi. Normal holatda tovushlar bir xil 
    bo‘lishi lozim.

    Download 1,24 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   109




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi

    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish