– pnevmoniyaning yengil shakli uchun bemorning aktiv holati, og‘ir shakli uchun
esa – passiv holati xosdir.
Katta yoshli sog‘lom bolada ko‘krak qafasining shakli uch turda bo‘lishi mumkin.
Ko‘krak qafasining astenik turi – organizmi astenik tuzilishda bo‘lgan bolalar
alomati, ayni vaqtda epigastral burchak 90° dan kichik bo‘ladi. Ko‘krak qafasining
giperstenik turi – organizmi giperstenik tuzilishda bo‘lgan bolalar alomati, shunda
epigastral burchak 90° dan katta bo‘ladi.
Ko‘krak qafasining normostenik turi – organizmi normostenik tuzilishda bo‘lgan
bolalar alomati, ayni paytda epigastral burchak 90° ga teng bo‘ladi. Negizida
o‘pkaning davomli emfizemasi (emfizema – bu to‘qimalarda hosil bo‘lgan havo
yoki gaz bilan organ yoki to‘qimaning cho‘zilishidir) natijasida o‘pka
to‘qimasining hajmi kattalashishi xususiyati mujassamlashgan ko‘krak qafasining
emfizematozli, patologik shakli quyidagi alomatlari bilan ifodalanadi:
– bochkasimon ko‘rinishi;
– qovurg‘alar o‘rtasidagi oraliqlar
sezilarli kattalashadi; ushbu aniq ifodalangan
oxirgi alomatlar bo‘yicha ko‘krak qafasining shakli giperstenik turni eslatishini
aytish mumkin.
Og‘izni ko‘rib chiqish
1) bemor yuzi bilan oynaga (yoki yorug‘lik yaxshi bo‘lmaganda lampaga)
qarab
turadi, shifokor esa – oynaga orqasi bilan turadi;
2) ko‘rikdan o‘tayotganda bola harakatlanishi mumkin emas, shuning uchun: – ona
erta yoshdagi go‘dakni orqa tomoni bilan bir quli yordamida gavdasining quyi
qismini, ikkinchi qo‘li bilan esa gavdasining yuqori qismini o‘ziga bosib turadi;
– ikki yoshli va unda katta bolani onasi o‘tirgan holatda saqlab, gavdasini ushlab
turishi va o‘z oyoqlarining orasida
siqib turishi mumkin;
– kattaroq yoshdagi xotirjam bola tik holatda turadi yoki stulda o‘tiradi;
3) shundan so‘ng shifokor, bir qo‘lini kichik bolaning peshanasiga qo‘yib, uning
boshini onasining
gavdasiga bosib turadi, kattaroq yoshdagi bolalarning boshini
shifokor ensa qismidan ushlab turadi;
4) boshqa qo‘lida ushlab turgan sterillangan shpatel (ingliz. tex. palleteknife) bilan
shifokor navbatma-navbat og‘iz bo‘shlig‘ining qismlarini ochadi va ko‘rib chiqadi:
– lablar va milklar orasidagi shilliq parda;
– lunjlarning ichki yuzasi;
– tilning osti;
– til ildiziga asta bosib, og‘iz devorlarini. Shunda 5 yoshdan katta boladan «a» deb
aytishini iltimos qilish samara beradi, chunki shunda u tilini biroz ko‘taradi va bu
holatda og‘iz orqa devorining katta maydonini ko‘rish mumkin bo‘ladi. Ko‘rib
chiqishda quyidagi alomatlar aniqlanadi:
– shilliq pardaning rangi (normal holatda – tabiiy och-pushti rang;
– yallig‘lanishda jiddiy bo‘lmagan, o‘rtacha, jiddiy yorqin alvon rangli giperemiya
kuzatiladi);
– ayrim qismlar o‘lchamlari buzilishi;
– patologik alomatlar (qon
quyilishi, qatlamlar, toshmalar va h.k.).
Bir daqiqada nafas olish tezligini (NCH) quyidagicha aniqlash mumkin:
– vizual ravishda ko‘krak qafasi qisqarishi tezligini sanab olish;
– fonendoskopni bolaning burni oldida ushlab turib, nafas olishlar tezligini sanab
olish;
– o‘pka auskultatsiyasida nafas olish tezligini sanab olish;
– qo‘lni ko‘krak qafasiga qo‘yib, nafas olish harakatlari tezligini sanab olish.
Normal holatda bir daqiqa davomidagi nafas olish tezligi bolaning yoshiga bog‘liq
bo‘lib, quyidagi ko‘rsatkichlarni tashkil qiladi:
Palpatsiya (ingliz. palpation, touching) Chuqur va yuzaki palpatsiya mavjud bo‘lib,
xuddi shu usulda tovush titrashi va ko‘krak qafasining rezistentligi aniqlanadi.
Bemorni tekshirish yuzaki palpatsiyadan boshlanib, shunda shifokor qo‘lini
bemorning ko‘krak qafasiga qo‘yadi va ehtiyotkorona,
barmoq uchlari bilan
astagina teriga bosib, qo‘lini butun yuza bo‘ylab yurgizadi. So‘ng ikkinchi-
uchinchi barmoqlar bilan chuqur palpatsiya o‘tkaziladi –qovurg‘alar
va ularning
oraliqlariga, umurtqa oldida va ko‘krak suyagi yonida ikki tomondan navbatma-
navbat yanada kuchli bosiladi.