Tovush chiqaruvchi oraliq tor va yuqorida (bo‘yin umurtqasi IV bo‘g‘ini
darajasida), kattalarda esa u bo‘yin umurtqasi VII bo‘g‘ini darajasida joylashgan.
Tovush chiqaruvchi bog‘lamlar tagidagi ko‘ndalang kesmalar maydoni o‘rtacha 25
mm, tovush boylamlari uzunligi esa – 4–4,5 mm ni tashkil etadi. Shilliq qobig‘i
mayin, qon tashuvchi va limfatik tomirlarga boy bo‘ladi. Egiluvchan to‘qima kam
rivojlangan. 3 yoshgacha o‘g‘il va qiz bolalar tomog‘i shakli bir xil bo‘ladi. 3
yoshdan so‘ng qalqonsimon plastinkalar bog‘lanish burchagi o‘g‘il bolalarda 7
yoshga kelib sezilarli darajada o‘tkirlashadi; o‘g‘il bolalar 10 yoshga kirganda
ularning Xiqildoqi erkaklarnikiga o‘xshash bo‘ladi. Tovush chiqaruvchi oralig‘i 6–
7 yoshgacha tor bo‘lib qoladi. Kichkina bolalarda
ularning chinakam tovush
boylamlari kattalarnikiga qaraganda qisqaroq bo‘ladi (ularning tovushi balandligi
mana shundan); 12 yoshdan boshlab o‘g‘il
bolalarda tovush boylamlari
qizlarnikiga qaraganda uzunlashadi. Kichik yoshdagi bolalarning Xiqildoqining
o‘ziga xos tuzilishi uning tez-tez jarohatlanishi bilan ham izohlanadi (laringitlar),
vaholanki, ko‘pincha ular krup bilan – nafas olish qiyinlashishi bilan birga kechadi.
Traxeya
1. Chaqaloqda traxeyaning uzunligi nisbatan kattaroq bo‘lib, 4 sm ni tashkil
etadi, 15
yoshga kelib, uning uzunligi 7 sm ga yetadi, (ya’ni 2
baravarga
kattalashadi).
2. Chaqaloqning traxeyasi nisbatan keng bo‘lib, 15 yoshga to‘lgandan so‘ng
uning diametri ikki baravar kattalashadi.
3. Traxeya 16-20 kemirchaklaridan iborat bo‘lib, ularning soni keyinchalik
ham o‘zgarmaydi.
4. Bolalarda traxeyaning kattalarga nisbatan yuqoriroq bo‘lib, chaqaloqlarda
va bolalarda traxeyaning bifurkatsiya o‘rni 12 yoshga kelib III–IV i V–VI ko‘krak
umurtqalariga darajasiga mos keladi.
5. Uning devorlari yumshoq bo‘lib, osongina eziladi.
6. Shilliq qobig‘i mayin, ko‘p
miqdorda vaskulyarlashgan, nisbatan quruq
(shilliq bezlar giposekretsiyasi) bo‘ladi.