Hozirgi vaqtda o‘pka o‘sishining omili mezodermal kelib chiqishga ega, deb
hisoblashadi. Demak, mezenxima kemirchaklar, traxeya, bronxlar, tomirlar,
egiluvchan tolalar hamda alveolotsitlar hosil bo‘lishi manbaidir. Gestatsiyaning 16
haftasida traxeyadan terminal bronxiolalargacha bo‘lgan havo o‘tkazish yllarining
barcha tarmoqlari paydo bo‘ladi, ya’ni o‘pka preatsinus bo‘limlariga
qadar
shakllanib bo‘ladi (bronxlarning 20–23 generatsiyasi).
Terminal bronxlarning sershoxliligi va ularning o‘lchamlari keyinchalik ortadi,
lekin yangilari paydo bo‘lmasa-da, mavjud shoxchalar (tarmoqlar) soni kamayishi
mumkin. Bronxlar generatsiyasining 70% homila qorin ichida rivojlanishining 10–
14 haftalari oralig‘ida paydo bo‘lishini ta’kidlash lozim.
Sekret yaratuvchi tizimlar 13 haftali embrionda traxeya epiteliyasi qatlari
tubida zich murtaklar shaklida yuzaga keladi, 16 haftasida ayrim bronxial
bezlarining atsinuslar orlig‘ida shilliqqa ijobiy reaksiya beradigan material mavjud
bo‘ladi. Kanalikulyar bosqich havo o‘tkazuvchi yo‘llar diferensirovkasi bilan
ajralib turadi: oraliq kengayib (termirli xususiyatlarini yo‘qotuvchi
ichki ulushli
bronxlar va terminal bronxiolalar qismida maksimal darajada), epiteliy asta-sekin
ingichkalashadi va uning yuzasida tebranma kiprikchalar paydo bo‘ladi, bezlar va
bokalsimon hujayralar sekretsiyasi faollashadi (18–19 haftada). Bularning barchasi
havo o‘tkazuvchi yo‘llarga naysimon ko‘rinish bag‘ishlaydi. Ushbu bosqichda
respirator bronxiolalar shakllana boshlaydi, va atsinus asosi – traxebronxial
daraxtning gaz almashuvchi qismi ko‘rina boshlaydi. Ushbu bosqichning asosiy
farqlanishidan biri – tomir elementlarining proliferatsiyasi, ularning havo o‘tkazish
yo‘llariga penetratsiyasi, alveolyar yo‘llarining kapillyarlari
va epiteliyi zich
yopishishidan iborat (gestatsiyaning 19–20 haftasida). O‘pkaning eng jadal
vaskulyarizatsiyasi 26–28 haftada ro‘y beradi. Limfatik tomirlar 9–10 haftada
paydo bo‘ladi, avval o‘pka ildizi qismida, va chaqaloq tug‘ilishiga kelib ular
butunlay shakllanib bo‘ladi. Homilaning 7 oylik davridan boshlab (24 haftadan)
bola tug‘ilishiga qadar bron-o‘pka apparatining rivojlanishi yangi tizim –
alveolalar paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi. Ushbu alveolalar tufayli o‘pka gaz
almashuvi organiga aylanadi. Shu bilan birga yuqori silindrik epiteliyga ega
terminal bronxiola respirator bronxiolalarning ikkita
generatsiyasiga asos beradi,
bronxiolalar esa o‘z navbatida chuqur bo‘lmagan alveolyar yo‘llar bilan tugaydi.
Alveolyar qopchalar bu yoshda hali bo‘lmaydi. O‘pkaning funksional birligi –
atsinus bu yosh davrida sodda shakllangan va alveolalarga ega emas. Sakkizinchi
oyga kelib aergogematik to‘siqli alveolyar devor paydo bo‘ladi. Hozirgi vaqtda
alveolyar devor elementlari quyidagi uchta manbadan hosil bo‘lishi ma’lum
(shunday hisoblanadi):
1) Simplast ko‘rinishadi respirator membranasi va alveolalar interstitsiyalarini
yaratuvchi atrofdagi mezenximal hujayralardan.
2) Respirator epiteliy bilan birga o‘pka to‘qimasining aerogematik to‘sig‘ini
shakllantiruvchi kapillyarlar halqachalaridan.
3) Sekretlashuvchi pnevmotsitlar va makrofaglarga asos soladigan saqlanib qolgan
bronxial epiteliy hujayralaridan.
Homila qorin ichida rivojlanishining 8–9 oyga kelib bronxial daraxt
umuman olganda topografik belgilangan bo‘ladi va o‘pkada uning distal tarmoqlari
– terminal va respirator yo‘llari va qopchalarining jadal o‘sishi va differensirovkasi
ro‘y beradi. O‘pkaning funksional birligi – atsinuslar paydo bo‘lishi ro‘y beradi.
Bronxial terminallar va atsinuslarning differensirovkasi barcha segmentlarda bir
vaqtda bo‘lmasligini ta’kidlash lozim. Xususan ikkala o‘pkaning III, VI, VIII
segmentlari va o‘ng o‘pkaning IV, V, VII segmentlari tarkibiy birlik sifatida
homilada 7 oy rivojlanishi
davomida shakllanadi, boshqa segmentlar (ikkala
o‘pkaning I, II, IX, X segmentlari va chap o‘pkaning IV, V, VI segmentlari)
shakllanishi 2–3 hafta kechroq, ya’ni 8 oy tugashiga kelib yakunlanadi. Ushbu
muddatlarga kelib bronxlar devorlarida, tomirlar va alveolyar parenximada asab
apparati ham shakllanadi.
Shu asnoda o‘z muddatida tug‘ilgan chaqaloq o‘pkasi organ sifatida o‘z
funksiyasini – tashqi nafas olish va gaz almashuviga tarkibiy jihatdan shay bo‘ladi.
Biroq tug‘ilish vaqtiga kelib o‘pka to‘qimasining ayrim komponentlari turli
darajada rivojlangan bo‘ladi. Masalan,
bronxial daraxt, shu jumladan terminal
tarmoqlar, deyarli butunlay shakllanib bo‘lgan.
O‘pkaning funksional birliklari – atsinuslar va ularni tashkil qiluvchi
alveolalar – hali alveolizatsiyalanish jarayonida bo‘ladi. Alveolalar qopchalari
mayda, soddalashgan, ularning devorlari hujayra elementlariga boy, shuning uchun
o‘pkaning alveola yuzalari shu davrda nisbatan katta bo‘lmaydi. O‘pkaning
gistologik manzarasi birlamchi fiziologik atelektaza deb ataladigan holatga
muvofiq bo‘ladi. Alohida segmentlar parenximasi yetukligi darajasi turlicha
bo‘ladi. Ikkala o‘pkaning I, II, IX, X segmentlari va chap o‘pkaning IV, V, VI
segmentlari hamda ildizbo‘yi va subplevral zonalar
birmuncha kamroq yetilgan
bo‘ladi.