1. Bronxlar quyidagilardan iborat:
– I tartib bronxlari – traxeya
bifurkatsiyasidan keyin;
– II tartib bronxlari – ulushli (o‘ngda 3 ta, chapda 2 ta);
– III tartib bronxlari – segmentar (o‘ngda 10ta, chapda 9ta).
Bolalarning bronxlari nisbatan keng bo‘ladi – butun postnatal davr davomida
bronxlar diametri rivojlanishi faqatgina 2–3 baravargina kattalashadi.
3. O‘ng tomondagi bronxlar xuddi traxeyaning davomi singari bo‘ladi, chapi katta
burchak tagi bo‘ylab
joylashadi, bu o‘ng bronxga ancha ko‘p holatlarda begona
jismlarning tushib qolishi va o‘ng tomon pnevmoniyasining nisbatan ko‘proq
rivojlanishi bilan (chap o‘pkaning jarohatlanishi kamroq uchraydi) izohlanadi.
Bronxlar bo‘linishi va ularning diametri 1 mm
gacha kamayishi oqibatida
quyidagi
bronxiollar
tashkil
topadi:
terminalli,
atsinusning
tuzilishini
birlashtiruvchi, keyin esa alveollarga o‘tuvchi respiratorlar. Bronxial shajaraning
bo‘linishi (barcha bronxlar birgaligida) aniq dixotomik bo‘lmaydi:
keyingi
bronxlar generatsiyasi avvalgi bronxlar generatsiyasiga nisbatan 2.5–3 barobar
ko‘p songa ega. Traxeyadan alveollargacha bo‘lgan bo‘linishlar soni – o‘rtacha 14
tani tashkil etidi (8 dan to 30 gacha). Respirator bronxiollarning umumiy soni –
200 – 300 mingtani tashkil etadi, terminal bronxlar va albatta atsinuslarniki esa 20
– 30 mingni tashkil etadi.
O‘ta mayda
bronxlarga mutlaq torlik xos, bu kichik yoshdagi bolalarda
obstruktiv sindrom tez-tez uchrashi bilan izohlanadi.
4. Mushak va elastik tolalar kam rivojlangan, vaskulyarizatsiyaga boy bo‘ladi.
5. katta bronxlarning shilliq qobig‘i mersatel kiprik epitiysi bilan qoplangan bo‘lib,
uning funksiyasi mukotsiliar klirens deb ataluvchi bronxlarni tozalashdan iborat.
Bu begona zarrachalarni olib tashlash deganidir. Zarrachalar brionxial shaxaraga
tushib qolganda ular shajaraning butun ichki
yuzasini qoplovchi bronxial
suyuqliklarga qo‘shiladi. Epitiliyey kipriklari harakati oqibatida begona zarrachalar
pastdagi mayda bronxlardan yuqoriga – traxeya tomonga harakatlanishadi.
Mukotsiliar klirens yuqori nafas yo‘llaridan pnevmoniya qo‘zg‘atuvchilarining
o‘pkaga tushishidan himoya qilishda asosiy rol o‘ynaydi.
Mukotsiliar apparatning immunologik funksiyasi (A immunoglobulin va
boshqalarning tashkil topishi) katta ahamiyatga ega.
Ekologik sharoitlarning
qoniqarsizligi tufayli bronxit bilan tez-tez kasallanadigan bolalarda immuniteti
pasayishi ro‘y beradi, bronxial shajaraning tozlanish jarayoni buziladi, bu esa nafas
olish tizimida yallig‘lanish jarayoni yanada ko‘payishiga sabab bo‘ladi.