-mavzu. Yurak qon-tomir kasalligi bilan og‘rigan bemor bolalarni




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/109
Sana15.11.2023
Hajmi1,24 Mb.
#99164
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   109
Bog'liq
BKP 5 semestr

4-mavzu. Yurak qon-tomir kasalligi bilan og‘rigan bemor bolalarni 
tekshirish usullari. So‘rab-surishtirish, ko‘zdan kechirish. Yurak soxasini va 
periferik tomirlarni ko‘zdan kechirish. Yurak sohasini palpatsiyasi. 
 
BOLALARNING YURAK-TOMIR TIZIMI EMBRIOGENEZ 
Odam embrioni rivojlanishining 2-haftasi oxirida homila trofoblastining 
mezodermal qatlamidan uning yuragi va qon tomirlariga asos solinadi. 3-haftaning 
oxiridan boshlab ikkita endokardial naychalardan yagona ikki qatlamli yurak 
naychasi (naychali yurak) shakllanib, uning ichki qatlamidan endokard, tashqi 
qatlamidan esa –miokard va epikard hosil bo‘ladi. 4-haftaning o‘rtasiga kelib yurak 
ikki kameraliga (yurak bo‘lmachasi va qorinchalar qismlari) aylanadi. Yurakning 
o‘ng va chap tomonga bo‘linishi gestatsiyaning 3-haftasidan boshlanadi. Yurak 
bo‘lmachasida birlamchi to‘siq paydo bo‘ladi, uning orqa tomonida esa oval 
shaklidagi teshik mavjud. Qorinchalar orasidagi parda homila rivojlanishining 5-
chi haftasida yurak uchidan boshlab umumiy yurak bo‘lmachasi-qorincha teshigi 
yo‘nalishi tomon endokard va miokarddan shakllanadi. Ayni shu davrda yurak 
bo‘lmachasi va vena sinusini ajratib qo‘yuvchi uchinchi parda shakllanadi. 
7–8-haftaning oxirida to‘rt kameraliga aylanadi, shu vaqtning o‘zida 
umumiy arterial stvol shakllanadi va u keyinchalik arterial bo‘g‘oz (proliv) orqali 
ulangan aorta va o‘pka arteriyasining bosh stvoliga ajraladi. Klapanlar yurak 
pardalari paydo bo‘lgandan keyin endokard duplikaturasi sifatida shakllanadi. 
Yurak va magistral tomirlarning tarkibiy shakllanishi homila rivojlanishining 7–8-
chi haftasida yakunlanadi. Sodda yurak gestatsiyaning 22-kunidan shakllana 
boshlaydi. Embriogenezning dastlabki haftalarida yurakning o‘tkazuvchi tizimi 
shakllana boshlaydi: sinus – yurak bo‘lmachasi tuguni (Kis – Flek), yurak 


bo‘lmachasi – qorincha tuguni (Ashoff - Tavari), Gis tutami va Purkinye tolalari. 
Embrional davrda ―qo‘shimcha tolalar ham kuzatilib, 02% holatlarda yangi 
tug‘ilgan chaqaloqlarda saqlanib qoladi. Bular Kent tolalari (yurak bo‘lmachalari 
va qorinchalari orasida), Jeyms bog‘lami (yurak bo‘lmachasini atrioventrikulyar 
tugunining umumiy oyoqchasi bilan ulaydi). Maxaym bog‘lami – atrioventrikulyar 
tugun va qorinchalar miokardlari orasida. 

Download 1,24 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   109




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu. Yurak qon-tomir kasalligi bilan og‘rigan bemor bolalarni

Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish