– kasallik dinamikasi – xastalik boshlanishida qanday alomatlar (isitma, tumov,
yo‘tal va h.k.) mavjud bo‘lganiligi, ular uy sharoitlarida, keyinchalik statsionarda
yotganda qanday o‘zgarishi aniqlanadi;
– qanday davolov o‘tkazildi, qanday dori vositalari qo‘llanildi,
ularning dozalari,
qabul qilish muddati, samaradorligi;
– qanday tekshiruvlar o‘tkazildi va gospitalizatsiyagacha uning natijalari
(rentgenografiya, balg‘am tekshirish, qon tahlili va h.k.).
Nafas tizimi patologiyasi mavjud bo‘lgan bola iliq, tinch binoda tibbiy ko‘rikdan
o‘tkaziladi. Bemorni ko‘rikdan o‘tkazishning ma’lum tartibi mavjud,
lekin
shifokor ko‘pincha uni buzishga majbur bo‘lib, bola uchun eng noxush taomillarni
(masalan, og‘iz ahvolini baholash) tekshiruvning oxiriga qoldiradi. Bemorni
ko‘rishda teri qoplamlari va og‘zining ahvoli, bolaning holati, ko‘krak qafasining
shakli hamda nafas olish tizimining funksional xususiyatlari aniqlanadi.
Teri qoplamlarining o‘ziga xos xususiyatlari:
– terining rangi o‘chgan, buning ustiga ko‘l rang tusda – nafas olish tizimida og‘ir
yallig‘lanish jarayonlari (o‘pka destruksiyasi, plevrit vah.k.) kechayotganligining
alomatidir;
– sianoz – ham lokal (mahalliy), ham generalizatsiyalangan bo‘lishi mumkin, va bu
qonda kislorod tanqisligi ko‘rsatkichi hisoblanadi (nafas
olish yetishmovchiligi
qanchalik kuchli ifodalangan bo‘lsa, qon va to‘qimalarga kislorod shunchalik kam
keladi va sianoz shunchalik kuchli ifodalanadi);
– krupozli pnevmoniyaning patognomonik alomati – zararlangan o‘pka tomoniga
muvofiq bo‘lgan bir lunjning giperemiyasi; butun yuz,
lablar qizarib qolishi
mumkin;
– og‘iz burchaklarida ko‘pik mavjud bo‘lishi, burun solinchaklari titrashi
– yangi tug‘ilgan chaqaloq pnevmniyaga chalinganligining o‘ziga xos alomatlari.
«Baraban tayoqchalari» va «soat oynalari» simptomi – og‘ir surunkali kasallik
alomatidir. Uning rivojlanishi aniq ifodalangan gipoksemiya (qon o‘zanida
kislorod miqdori kamayishi), keyinchalik esa tananing trofikasi buziladigan eng
periferik qismlaridagi gipoksiyaga (to‘qimalarda kislorod miqdori kamayishi)
bog‘liqdir, shunda dag‘al biriktiruvchi to‘qima rivojlanib ketadi.
Buning asosida
paydo bo‘ladigan «baraban tayoqchalari» (ingliz. clubbing) alomati – bu qo‘l
barmoqlarining oxirgi falangalari kengayishi va ko‘kimtir rangda bo‘lishidir
(baraban – ingliz. drum). Bir vaqtning o‘zida yassilanib qolib (yassi – ingliz.
plane), soat oynasiga o‘xshab qoladi – bu «soat oynalari» alomatidir.