paydo bo‘ldi, ular qanday o‘zgardi (masalan, agar ota-onalar shovqin borligini
bilsalar, ushbu alomatning xususiyatlarini qayd qilish kerak: paydo bo‘lish vaqti,
shovqini qanday, uning dinamikasi va h.k.) yuzaga kelgan qo‘shimcha alomatlar.
Bola qachon va qayerda davolanganligi, qanday dori vositalari qo‘llanilganligi,
ularning samaradorligi, dori qabul qilish davomiyligini aniq bilib olish kerak.
Bajarilgan tekshirishlar (EKG, FKG, UZI va h.k.) natijalarini diqqat bilan ko‘rib
chiqish, ularning dinamikasini solishtirish lozim.
Hayot anamnezi
Yurak-tomir tizimi xastalanganda hayot anamnezini yig‘ish alohida
ahamiyatga ega. Bolalik yoshida yurak patologiyasi tug‘ma genezga ega bo‘lishi
yoki
miokardning
shikastlanishiga
olib
kelgan
ko‘pgina kasalliklar
murakkablashuvi shaklida rivojlanishi mumkin. Akusherlik anamnezini yig‘ish
jarayoni
juda
sinchiklab
o‘tkazilishi kerak: homiladorlik toksikozlari,
nefropatiyalar, toksoplazmoz, onaning yuqumli kasalliklari, kasbiy zararliklar –
bularning barchasi yurakning tug‘ma xastaliklariga sabab bo‘lishi mumkin.
Maktabgacha va maktab yoshida yurak-tomir tizimining patologiyasi o‘tkir va
surunkali infeksiyalar, allergik kasalliklar murakkablashuvlari shaklida rivojlanishi
mumkin. Maktab yoshidagi bolalarda revmatik bezgak (isitma) eng ko‘p
uchraydigan shikastlanish hisoblanadi.