– aytib o‘tilgan joylardan tashqari, bemorning ahvoli yomonlashganda shishlar
boldir,
sonda uchraydi, yuz biroz shishib qoladi, assit va gidrotoraks rivojlanadi:
anasarka – ya’ni butun tananing umumiy shishib qolishi yuzaga keladi;
– shishlar joyi bemorning holatiga bog‘liq – agar bola ko‘p vaqt bir biqinida yotsa,
shishlar pastroq joylashgan tomonga ko‘chadi;
– yurak bilan bog‘liq shishlarni buyrak shishlari bilan tabaqalashtirish lozim:
• yurak shishlari teri sianozi bilan birikadi, jismoniy yuklanishda paydo bo‘ladi va
kuchayadi, kunning oxirida payqaladi va tunda uxlagandan keyin pasayadi;
shishlar zich bo‘ladi (bosganda paydo bo‘ladigan chuqurcha sekin tekislanadi):
tana holati o‘zgarmasa, shishlar ko‘chmaydi; bemorning
ahvoli yomonlashganda
shishlar pastdan tepaga tarqaladi, ya’ni avval oyoq kaftlarida, so‘ng esa oyoqlar va
tanaga tarqaladi;
• buyrak shishlari terining rangi o‘chgan sharoitlarda rivojlanadi, ko‘z qovoqlari
shishgan shakldagi ilk alomatlar ertalab paydo bo‘ladi,
kun davomida pasayadi
yoki yo‘q bo‘lib ketadi; bunday shishlar yumshoq bo‘ladi (bosganda paydo
bo‘ladigan chuqurcha tezda tekislanadi): tana holati o‘zgardi – shishlar ko‘chdi:
bemor ahvoli yomonlashganda shishlar tepadan pastga tarqaladi, ya’ni qovoqlar
shishgandan keyin tana pastki qismlarining shishlari rivojlanadi.
Yurak cho‘qqisining turtishi — bu har bir sistola vaqtida yurakning uchi ko‘krak
qafasi devorining kichik qismiga urib turishi. Yurak cho‘qqisining turtishi kuchsiz
pulsatsiya shaklida deyarli barcha bolalarda vizual (ko‘z bilan ko‘rib) aniqlanadi.
Ba’zan qovurg‘alar oralig‘i tor bo‘lganda yoki teri ostidagi yog‘
qatlami
kletchatkasi ancha qalin bo‘lganda semiz bolalarda yurak cho‘qqisining turtishi
vizual yo‘l bilan aniqlanmaydi. Aksincha: gipotrofiyada va ozg‘inlikda, jismoniy
zo‘riqishdan keyin, emotsional ta’sirlanish holatida
bunday turtish kuchli
pulsatsiya ko‘rinishida bo‘ladi.