– bemor yuqoriga harakatlanayotganda og‘ir nafas olish orqali namoyon
bo‘ladigan yurak va nafas siqilishi kuzatilishi, ingrash (inglizchada moan, groan)
bilan kechishi mumkin;
– seziladigan (inglizchada perceptible) yurak urishi (xotirjam
holatda yoki
jismoniy yuklanma mavjudligida);
– rangi o‘chgan, teri qoplamalari sianozi; ular qanday sharoitlarda paydo bo‘lishi,
ularning xususiyatlarini aniqlash lozim;
– yirik va mayda bo‘g‘imlar qismidagi og‘riqlar;
– pastki qismlar (oyoqlar) va tananing boshqa qismlari shishi;
– arterial bosim (AB) oshganda o‘tkir bosh og‘rishi, bosh aylanishi, ko‘ngil
aynishi, qayd qilish.
Umumiy xususiyatlarga ega bo‘lgan shikoyatlar: tana harorati ko‘tarilishi,
toliqish, bemadorlik, bosh og‘rishi,
xotira buzilishi, ishtaha pasayishi, tana
og‘irligining kamayishi va h.k.