• Periferik tomirlar pulsatsiyasi: «karotidlar raqsi
  • -mavzu. Bolalarda yurak auskultatsiyasi. Auskultatsiya tartibi. Sog‘lom




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet89/109
    Sana15.11.2023
    Hajmi1,24 Mb.
    #99164
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   109
    Bog'liq
    BKP 5 semestr

    6-mavzu. Bolalarda yurak auskultatsiyasi. Auskultatsiya tartibi. Sog‘lom 
    odamda normal tonlarni xarakteristikasi. Yurak qon-tomir kasalliklarida 
    tonlarning o‘zgarishi (kuchayishi va susayishi, tonlarning ikkilanishi va 
    parchalanishi, patologik qo‘shimcha tonlar). YuTN da o‘zgarishlar. 
    Yurak bukriligi 
    Bu yurak qismida vizual aniqlanadigan deformatsiya ko‘rinishidagi ko‘krak 
    qafasining bo‘rtib chiqishi (uzoq muddat davomidagi yurak nuqsonining 
    alomatlari). Bukrilik asosan kichik yoshdagi bolalarda paydo bo‘ladi. Suyak 
    to‘qimasi nisbatan zich bo‘lgan katta yoshdagi bolalarda buning uchun uzoq vaqt 
    kerak. Bukrilikning ko‘krak suyagiga nisbatan lokalizatsiyasi qisman yurakning 
    qaysi bo‘lmachasi gipertrofiyaga uchraganligidan darak beradi: ko‘krak suyagidan 
    yaqinroq bo‘lganda – yurakning o‘ng bo‘lmachasi, uzoqroq bo‘lganda – yurakning 
    chap bo‘lmachasi zararlangan bo‘ladi.
    Periferik tomirlar pulsatsiyasi: 
    «karotidlar raqsi» — bu uyqu arteriyasining pulsatsiyasi, vizual qarashda 
    ko‘krak-o‘mrov-bo‘yin teri ostidagi mushakdan ichkari tomonda joylashgan bo‘lib, 
    aorta klapanlari yetishmovchiligi va aorta anevrizmasidan (yo‘lak keng ochiq) 
    darak beradi. Shunda bolaning boshi yurak qisqarishibilan bir vaqtda qimirlab 
    turadi va bu holat Myussi alomati deb nomlanadi. Buning yuzaga kelishi 
    mexanizmi arterial bosim keskin o‘zgarib turishi bilan bog‘liq. Ba’zan kuchsiz 
    tomir urishi (pulsatsiya) sog‘lom bolalarda ham uchrashi mumkin, lekin faqat 
    gorizontal holatda;


    – normal holatda ko‘krak-o‘mrov-bo‘yin teri ostidagi mushak orqasida joylashgan 
    bo‘yin venalariga nisbatan ularning pulsatsiyasi vizual aniqlanmaydi, sust 
    ifodalangan va, ayniqsa muhim jihati, uyqu arteriyalarining pulsatsiyasi bilan bir 
    vaqtda urmaydi. Uyqu arteriyasi urishi bilan bir vaqtda uradigan bo‘yin 
    venalarining bo‘rtib chiqishi va pulsatsiyasi (musbat vena pulsi deb nomlanadi) – 
    bu 3 tavaqali klapanning yetishmovchiligi alomatidir. Bunday holat yuzaga kelishi 
    mexanizmi sistola vaqtida qonning bir qismi yurakning o‘ng qorinchasidan o‘ng 
    bo‘lmachasiga qaytishi bilan ifodalanadi, bu esa ana shu o‘ng bo‘lma qonga 
    to‘lishini pasaytiradi va bo‘yin venalarida bosimni oshiradi;
    – diafragma past holatda turganda epigastral qismdagi pulsatsiya normal darajada 
    bo‘ladi. Bunday pulsatsiya patologiyalari quyidagicha namoyon bo‘ladi: yurakning 
    o‘ng qorinchasi gipertrofiyaga chalinganda u nafas olishning oxirida ayniqsa 
    payqaladi, aorta tarkibi patologiyalarida esa u nafas chiqarish vaqtida ayniqsa 
    kuchli bo‘ladi
    Palpatsiya Yurak-tomir tizimini tekshirish jarayonida palpatsiya usuli yordamida 
    pulsning ahvoli aniqlanadi (tezligi, ritmi, kuchlanishi, to‘lishi, miqdori), yurak 
    qismining palpatsiyasi o‘tkaziladi, shishlar mavjudligi aniqlanadi. Pulsning tezligi 
    yirik tomirlarni palpatsiya qilish jarayonida aniqlanadi. Yurak qisqarishi tezligi 
    (YUQCH) yurak cho‘qqisi turtishini palpatsiya qilishda yoki auskultatsiyada 
    aniqlanadi.

    Download 1,24 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   109




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu. Bolalarda yurak auskultatsiyasi. Auskultatsiya tartibi. Sog‘lom

    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish