Palpatsiya orqali vizual yo‘l bilan aniqlab bo‘lmaydigan
yashirish yurak
shishlari aniqlanadi. Buning uchun ko‘rsatkich yoki o‘rta barmoq bilan boldirning
old yuzasi qismidagi teriga asta bosish va barmoqni olib qo‘yish kerak. Normal
holatda teri shu zahotiyoq tekislanadi. Agar bosish natijasida paydo bo‘lgan
chuqurcha bosish tugagandan keyin qandaydir
vaqt davomida saqlanib tursa, bu
holat yashirish yurak shishlaridan darak beradi. Ikkilanadigan holatda shundan
so‘ng barmoq uchi bilan boldir terisi bo‘ylab yuqoridan pastga yurgizish lozim –
shunda his etiladigan chuqurcha ham shishlar mavjudligining alomati hisoblanadi.