turadi va bu holat Myussi alomati deb nomlanadi. Buning yuzaga kelishi
mexanizmi arterial bosim keskin o‘zgarib turishi bilan bog‘liq. Ba’zan kuchsiz
tomir urishi (pulsatsiya) sog‘lom bolalarda ham uchrashi mumkin, lekin faqat
gorizontal holatda;
– normal holatda ko‘krak-o‘mrov-bo‘yin teri ostidagi mushak orqasida joylashgan
bo‘yin venalariga nisbatan ularning pulsatsiyasi vizual aniqlanmaydi, sust
ifodalangan va, ayniqsa muhim jihati, uyqu arteriyalarining pulsatsiyasi bilan bir
vaqtda urmaydi. Uyqu arteriyasi urishi bilan bir vaqtda uradigan bo‘yin
venalarining bo‘rtib chiqishi va pulsatsiyasi (musbat vena pulsi deb nomlanadi) –
bu 3 tavaqali klapanning yetishmovchiligi alomatidir. Bunday holat yuzaga kelishi
mexanizmi sistola vaqtida qonning bir qismi yurakning o‘ng qorinchasidan o‘ng
bo‘lmachasiga qaytishi bilan ifodalanadi, bu esa ana shu o‘ng bo‘lma qonga
to‘lishini pasaytiradi va bo‘yin venalarida bosimni oshiradi;
– diafragma past holatda turganda epigastral qismdagi pulsatsiya normal darajada
bo‘ladi. Bunday pulsatsiya patologiyalari quyidagicha namoyon bo‘ladi: yurakning
o‘ng qorinchasi gipertrofiyaga chalinganda u nafas olishning oxirida ayniqsa
payqaladi, aorta tarkibi patologiyalarida esa u nafas chiqarish vaqtida ayniqsa
kuchli bo‘ladi
Palpatsiya Yurak-tomir tizimini tekshirish jarayonida palpatsiya usuli yordamida
pulsning ahvoli aniqlanadi (tezligi, ritmi, kuchlanishi, to‘lishi, miqdori), yurak
qismining palpatsiyasi o‘tkaziladi, shishlar mavjudligi aniqlanadi. Pulsning tezligi
yirik tomirlarni palpatsiya qilish jarayonida aniqlanadi. Yurak qisqarishi tezligi
(YUQCH) yurak cho‘qqisi turtishini palpatsiya qilishda yoki auskultatsiyada
aniqlanadi.