• Arterial bosim
  • Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet94/109
    Sana15.11.2023
    Hajmi1,24 Mb.
    #99164
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   109
    Bog'liq
    BKP 5 semestr

    Yurak shovqinlari 


    Bu auskultativ ravishda aniqlanadigan qo‘shimcha tovushlar, sistola va 
    diastola vaqtida yurak tonlari orasida eshitiladi. Auskultativ ravishda shovqinning 
    quyidagi mezonlarini aniqlash lozim: 
    – sistolik (sistola vaqtida eshitiladi — I va II tonlar orasida qisqa to‘xtamga 
    nisbatan) yoki diastolik (diastola vaqtida eshitiladi — I va II tonlar orasida uzun 
    to‘xtamga nisbatan); 
    – shovqin sistola yoki diastolaning qanday qismini egallaydi; 
    – shovqinning yurak tonlariga bog‘liqligi (bog‘liqmi; ha bo‘lsa, tonning qaysi 
    qismi bilan — boshi yoki oxiri); 
    – tembr (yumshoq, nozik, dag‘al, esuvchi va h.k.); 
    – kuch (kuchsiz, kuchli); 
    – eng yaxshi eshitiladigan joyi — epitsentr; 
    – irradiatsiya; 
    Arterial bosim 
    Yurakning arterial bosimini o‘lchash uchun tonometrlar simobli (eng aniq), 
    prujinali bo‘ladi va keyingi vaqtlarda elektron namunalari paydo bo‘ldi. 
    Riva-Rochchi simobli sfigmomanometr manjetkasi (pediatriyada qo‘llaniladi) bola 
    yelkasining aylanasiga bog‘liq: 5–6,4 sm — manjetka M-35; 6,5–10 sm — M-55; 
    10,1–15 sm — M-85. Yelka aylanasi 15 sm dan kattaroq bo‘lganda kattalar uchun 
    mo‘ljallangan manjetkadan (M-130) foydalanish mumkin, lekin arterial bosim 
    (AB) bo‘yicha olingan natijalarni albatta yelka aylanasiga qarab to‘g‘rilash lozim 
    (jadval 36
    A).
    AB ni o‘lchash qoidalari:
    – tayyorlanish:
    • o‘lchashdan 3 soat oldin bosimga ta’sir ko‘rsatadigan dorilarni va shunday 
    ta’sirga ega ovqat-ovqatlarni (choy, qaxva) qabul qilmaslik;
    • jismoniy yuklanmani 1 soatga bekor qilish;
    – o‘tirgan holatda, zarur bo‘lsa — yotgan holatda;


    apparat stol, karavot ustida shunday joylashtiriladiki, bolaning yuragi, qo‘li, 
    shkalaning ―nol‖ ko‘rsatkichi va manjetkasi bir xil gorizontal sathda bo‘ladi 
    (elektron tonometrdan foydalanganda oxirgi aytib o‘tilgan 2 ta ko‘rsatkich 
    majburiy emas);
    – manjetka havodan butunlay bo‘shaydi, tirsak chuqurchasidan 2 sm yuqoriroq 
    yelkaga shunday yotqiziladiki, uning ostiga 1–2 barmoqni olib borish mumkin 
    bo‘ladi;
    – bolaning qo‘li stol ustida kafti bilan tepaga qarab yotadi, mushaklari bo‘shashgan 
    holatda;
    – palpatsiya usulida yelka arteriyasining tirsak chuqurchasidagi lokalizatsiyasi 
    aniqlanadi;
    – yelka arteriyasi o‘rniga fonendoskop rastrubi bosib qo‘yiladi va manjetkaga 
    arteriya pulsatsiyasi to‘xtab qolgan sathdan simob ustunining 40–50 mm ga 
    yuqoriroq sathgacha havo to‘ldiriladi;
    – so‘ng manjetkada bosim asta-sekin pasayadi – uskultativ va visual ravishda 
    simob ustunida baland ovozli, kuchli tonlar paydo bo‘lishi va yo‘q bo‘lishi 
    tegishligicha sistolik va diastolik bosim) vaqti qayd qilinadi.
    Tananing pastqi qismida (oyoqlarda) AB ni o‘lchash usuli yuqorida 
    ta’riflanganga o‘xshash, faqat bola qornida yotgan holatda rastrub tizzaosti 
    arteriyaga bosib qo‘yiladi. Normal holatda yangi tug‘ilgan chaqaloqda tananing 
    tepa va past qismlarida (qo‘llarda va oyoqlarda) bosim simob ustunining 70/35 mm 
    ga teng.

    Download 1,24 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   109




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi

    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish