-mavzu. Katta yoshdagi bolalarda yurak qon tomir tizimini jarohatlanish




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/109
Sana15.11.2023
Hajmi1,24 Mb.
#99164
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   109
Bog'liq
BKP 5 semestr

10-mavzu. Katta yoshdagi bolalarda yurak qon tomir tizimini jarohatlanish 
semiotikasi va sindromlari. 
Paroksizmal taxikardiya. Yurak bo‘lmachasi shakli: R tishi ko‘pincha T tishi 
ustiga qatlam bo‘lib tushadi va uni deformatsiyaga olib keladi, R-Q intervali 
o‘rtamiyona uzayishi mumkin. QRS kompleksi o‘zgarmagan. 
Atrioventrikulyar shakli: R tishi musbat, qorinchalar kompleksidan avval va 
keyin, ba’zan u bilan yoki T tishi bilan qo‘shilib ketadi. Ajratish murakkabligi 
supraventrikulyar shakli ajratilishiga olib keladi va uning asosiy alomati 
qorinchalar kompleksining o‘zgarmas shaklidir.Qorinchalar shakli uning 
deformatsiyasi va QRS kompleksi kengayishi bo‘yicha aniqlab olinadi. O‘ng va 
chap qorinchalar topikasi – QRS kompleksi bosh tishlarining yo‘nalishlari 
bo‘yicha 
qorinchalar 
ekstrasistoliyasiga 
o‘xshash 
– 

va 
III 
tarmoqlarda..Xilpillovchi aritmiya – yurak bo‘lmachasining mushaklar tolalari bir 
daqiqada bir necha yuz marta tebranishi tezligidir. Shunda R tishlari umuman yo‘q 
bo‘lib ketishi mumkin, ularni kichik tebranishlar – f to‘lqinlari almashtiradi. Ushbu 
to‘lqinlarning o‘lchamiga qarab, mayda to‘lqinli va dag‘al to‘lqinli tebranish 


shakllari ajratiladi. Ancha kam uchraydigan yurak dukillashida R tishlari saqlanadi 
va «arra tishlari» -qayd qilish lentasining butun uzunligini intervalsiz to‘ldiradi. 
Bolalarda yurak dukillashi tezligi bir daqiqada 450 va hatto 500 qisqarishlarga teng 
bo‘lishi mumkin. Qorinchalar qisqarishi soni bo‘yicha Xilpillovchi aritmiyaning 
taxiaritmik va bradiaritmik shaklini ajratishadi. Sinus tuguni disfunksiyasi 
sindromi (STD) yoki sinus tuguni zaifligi sindromi (STZS), turli tabiatga va turli 
elektrokardiografik holatlarga ega bo‘lishi mumkin. M.A. Shkolnikova va 
hammualliflari (1997) bunday holatlarning quyidagi klinik-EKG-variantlarini 
ajratib ko‘rsatishadi. 
Yurakning o‘ng bo‘lmachasi gipertrofiyasi – II, III, aVF tarmoqlarida R 
tishining amplitudasi va o‘tkirligi ortadi. V 1,2 tarmoqlarida yuqori, ba’zan ikki 
fazali. Yurakning chap bo‘lmachasi gipertrofiyasi – I, II, aVL yoki aVR va V5–6 
tarmoqlarida R tishi amplitudasi ortadi, kengayadi va parchalanadi. 
Yurakning o‘ng qorinchasi gipertrofiyasi – V1 tarmog‘ida R ustun bo‘ladi. 
V5-6 tarmoqlarida – chuqur S. O‘tish zonasi o‘ng tomon ko‘chadi. V1 da ichki 
og‘ish 0,04 s dan ortiq. Ushbu alomatlar erta yoshdagi bolalarda o‘ng qorincha 
gipertrofiyasini aniqlashga doim ham yordam bermaydi. Yurakning chap 
qorinchasi gipertrofiyasi – standart va chap ko‘krak tarmoqlarida QRS voltaji 
yuqori bo‘ladi. V 5–6 tarmog‘ida ichki og‘ish vaqti 0,045 s dan ortiq. O‘tish zonasi 
o‘ng tomonga ko‘chgan. 
Ortiqcha yuklanish gipertrofiyadan hali gipertrofiyaga chalinmagan yurak 
ishining keskin intensivlashuvini aks ettirishi bilan farq qiladi. Sistolik va diastolik 
ortiqcha yuklanishni farqlashadi. Sistolik ortiqcha yuklanish – repolyarizatsiya 
kechikadi, S-T intervali ko‘chadi va T tishi musbat bo‘ladi. 
Diastolik ortiqcha yuklanish – ichki og‘ish paydo bo‘lishi vaqti uzayadi. 
Ushbu o‘zgarishlar V5–6 , I, aVL yoki aVR tarmoqlarida aniqlansa – ular chap 
qorinchaga mansub bo‘ladi, agar V1,2 , III, aVR tarmoqlarida aniqlansa – o‘ng 
qorinchaga mansub bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yurak zararlanishining yallig‘lanmaydigan 
shakllari. 


Arterial yo‘lakni respiratorli distress-sindromi bilan persistirlashning 
birikmasi. Yurak yetishmovchiligi, ayniqsa, tug‘ilganida vazni yetarli bo‘lmagan 
bolalarda, nafas olishdagi buzilishlar bilan bir vaqtda namoyon bo‘lishi mumkin. 
Respiratorli distress-sindrom fonida ochiq arterial yo‘lakni persistirlash uchun 
sharoitlar yaratiladi. Nafas olish funksiyasi bo‘yicha ahvol biroz yaxshilangandan 
keyin bola hayotining 4–5-chi kunida suyuqlik ushlanib qolishi, jigar o‘lchamlari 
kattalashishi, eng avvalo diastolik bosim pasayishi hisobiga pulsli arterial bosim 
ortishi, o‘pka rentgenogrammasida sezilarli kuchaygan tomir rasmi paydo 
bo‘lishini kuzatish mumkin. Yurak qismidan yuqoridagi auskultatsiyada ko‘krak 
suyagi poyida diastolikka o‘tadigan sistolik shovqin eshitiladi. Ultratovushli 
tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, chap yurak bo‘lmachasi va aorta ildizining 
diametrlarini taqqoslash mutlaq patognomonik alomat hisoblanadi. Agar ushbu 
nisbat 1,3 dan ortiq bo‘lsa, arterial yo‘lakochiqligi yuzasidan qo‘yilgan tashxis 
shubhasiz to‘g‘ridir. 
Persistirlovchi fetal sirkulyatsiyasi sindromi. Ayrim vaziyatlarda hatto o‘ta 
yetilgan, o‘z vaqtida tug‘ilgan bolada o‘pka bilan nafas olish adaptatsiyasi va 
shakllanishi davrida qon aylanishining kichik doirasida qarshilik normal, ya’ni 
yetarlicha keskin va jiddiy pasayishi ro‘y bermaydi. Ehtimol, bu qon aylanishining 
kichik doirasini bilvosita ifodalaydigan prostaglandinlar sintezi yoki ularga 
nisbatan sezuvchanlik buzilganligidan dalolat berishi mumkin. Ko‘p hollarda bu 
qon aylanadigan kichik doiraning displastik ahvoli yoki uning tomirlari 
rivojlanishidagi nuqsonlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Klinik jihatdan bola tug‘ilgan 
vaqtdan boshlab mavjud bo‘ladigan yoki bola tug‘ilganidan keyin ilk soatlar 
o‘tgandan so‘ng yuzaga keladigan yaqqol ifodalangan sianoz o‘ziga e’tibor 
qaratadi. Sianozga taxipnoe va muntazam dispnoe hamroh bo‘lib, ko‘krak suyagi 
quyi qismining ustida kechki sistolik shovqin eshitiladi. Arterial bosim o‘zgarishi 
ko‘pincha kuzatilmaydi, yurak yetishmovchiligi alomatlari faqat nafas olish 
teshlashishi orqali namoyon bo‘ladi. Rentgenogrammalarda yurakning normal 
o‘lchamlari va qon aylanishining kichik doirasining to‘lishi kamayish tomon 
bo‘layotgan tendensiyasi aks etadi. Exokardiografiya yurakning o‘ng 


qorinchasining qisqarish qobiliyati pasayishini tasdiqlaydi. Ko‘k turdagi Tug‘ma 
yurak nuqsoniining differensial diagnostikasi (tashxisi) ba’zan yurakni 
kateterizatsiyalash va angiokardiografiyasini o‘tkazishni talab qilishi mumkin.

Download 1,24 Mb.
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   109




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu. Katta yoshdagi bolalarda yurak qon tomir tizimini jarohatlanish

Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish