Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/109
Sana15.11.2023
Hajmi1,24 Mb.
#99164
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109
Bog'liq
BKP 5 semestr

Endokarditlar 
Endokardit – bu yurak ichki qobig‘ining yallig‘lanishi. Klapan 
endokarditlari yoki valvulitlari kabi klapanlarning yallig‘lanuvchi shikastlanishlari 
ham ana shu guruhga kiradi. Miokard shikastlanishining eng ko‘p uchraydigan 
shakllari – revmatik va infeksion (bakterial yoki septik) endokarditlardir. Revmatik 
endokardit bola boshdan kechirgan o‘tkir streptokokk infeksiyasi (angina) yoki 
surunkali tonzillit kuchayganida paydo bo‘ladi. Xastalik tana harorati ko‘tarilishi, 
umumiy intoksikatsiyadan boshlanadi. Ko‘p hollarda bunga birozdan so‘ng 
yurakdan tashqaridagi shikastlanish alomatlari qo‘shiladi: bo‘g‘imlar og‘rishi va 
shishib qolishi, teri toshmalari va nevrologik izdan chiqishlar – giperkinezlar, 
mushaklar gipotoniyasi. Miokard alomatlari ham yuzaga kelishi mumkin. Ana shu 
boy simptomatikaning barchasi periferik qon ko‘rsatkichlaridagi aniq surilishlar, 
eng avvalo SOE kattalashishi bilan kechadi. Xastalikning faqat 2-chi yoki 3-chi 
haftasi oxiridagina mitral klapan zararlanganda uning proyeksiyasi joyida nozik


mayin esuvchi, sistolik shovqinni eshitish mumkin. Ushbu shovqin yurak qismi 
bo‘ylab irradiatsiya qilmaydi va u aniqlangan vaqtga kelib nodoimiy xususiyatga 
ega bo‘lishi mumkin.
Fonokardiogrammani tekshirishda sistolik shovqin I tonga yaqin 
qo‘shiladigan, davomiyligi bo‘yicha sistolaning 1/2 dan 2/3 qismigacha 
egallaydigan va yuqori chastotali diapazonda yaxshi eshitiladigan shovqin sifatida 
yoziladi. Keyingi kuzatuv va davolashda endokard zararlanishi alomatlari yo‘q 
bo‘lib ketishi mumkin, lekin ko‘p hollarda ular barqarorlashadi va yurak 
cho‘qqisida esuvchi shovqin ifodalanishining ortishi kuzatiladi. Bir necha haftadan 
keyin bunday bolalarda revmatik etiologiyaga ega mitral klapan yetishmovchiligi 
simptomokompleksi shakllanadi. 
Aorta klapani shikastlangan holatda ko‘krak suyagidan chap tomonda 
uchinchi qovurg‘a oralig‘ida juda past protodiastolik shovqin paydo bo‘lishi 
asosida valvulit tashxisi qo‘yiladi. Uning dinamikasi ham ijobiy bo‘lib, bunda 
aorta yetishmovchiligi asta yo‘q bo‘lib ketishi yoki ortib borishi va keyinchalik 
shakllanishi mumkin. Bakterial (septik) endokardit rivojlanishining boshlang‘ich 
davri turli simptomatikaga ega bo‘lishi mumkin. U sekin, cho‘ziluvchan 
xususiyatga ega bo‘lganda davomli subfebrilitetlar va bola ahvolining jiddiy 
yomonlashuvi, bolaning kuchsizlik, bo‘g‘im va mushaklardagi og‘riqlar yuzasidan 
shikoyat qilishlari kuzatiladi. Terining rangi o‘chadi, tuproq rangi, kul rang tusiga 
kiradi, ba’azan boldirida toshma yuzaga keladi. Kasallik keskin rivojlanayotgan 
boshlang‘ich davrda remmitirlovchi yoki intermitirlovchi turdagi kuchli bezgaklar, 
jiddiy intoksikatsiya, periferik qon yaqqol o‘zgarishi kuzatiladi. Dastlabki 
bosqichda klinik manzaraning har qanday variantida infeksion endokardit ushbu 
kasallik uchun xos bo‘lgan shaklda, ikkita klinik simptomokomplekslar bo‘yicha 
o‘zini namoyon qilishi mumkin. Ulardan birinchisi – mitral, aortal yoki trikuspidal 
klapan qismi ustida valvulit uchun xos bo‘lgan auskultativ manzara paydo 
bo‘lishidir. Shu bilan birga, revmatik endokarditdan farqli o‘laroq, klapanlar jalb 
qilinganligi alomatlari ba’zan juda tez – kasallikning ilk kunlaridayoq paydo 
bo‘lishi mumkin, va klapanlar shikastlanganligi darajasi birdaniga yaqqol 


ifodalangan bo‘lishi mumkin. Bu jihat bakterial endokarditda klapanda yara-
nekrotik jarayoni kechayotganligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin, va qator holatlarda u 
klapan tavaqasi tez vaqtda perforatsiyalanib, parchalanib ketishiga olib keladi. 
Bundan tashqari, tavaqa ulseratsiyasi zonasida ko‘p sonli bakteriyalarga ega 
bo‘lgan yallig‘lanuvchi «vegetatsiyalar» rivojlanib ketishi ro‘y beradi. Ushbu 
vegetatsiyalarning bir qismi klapandan ajralishi va qon oqimi bilan butun organizm 
bo‘ylab tarqatilishi mumkin. Shunda bakterial endokardit klinik manzarasining 
ikkinchi o‘ziga xos komponenti yuzaga keladi – tromboembolik holatlar paydo 
bo‘ladi. Ular teri trombovaskuliti, buyrak, qorataloq infarktlari, markaziy asab 
tizimi, suyaklar tizimi tomirlarining zararlanishidan iborat bo‘lishi mumkin. 
Ba’zida tromboembolik holatlar endokardial shovqin paydo bo‘lishidan oldin 
yuzaga keladi. Ularning o‘ziga xosligi qon aylanuvchi bir doira chegarasida 
tarqalishi bilan izohlanadi. Jumladan, mitral va aorta klapanlari endokarditga 
chalinganda barcha tromboembolik murakkablashuvlari qon aylanuvchi katta doira 
bilan cheklangan va hech qachon o‘pkada aniqlanmaydi. Trikuspidal klapan 
zararlanganda tromboemboliyalar faqat o‘pkaning o‘zida mavjud bo‘ladi. 
Kasallikning natijasida klapanlar illatlari shakllanadi.

Download 1,24 Mb.
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi

Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish