Ulangan ritm. Sinus va yurak bo‘lmachasi-qorincha tugunlarining bir
vaqtdagi faoliyati. Yurak bo‘lmachalari va qorinchalar o‘z ritmida qisqaradi, lekin
muntazam ravishda ritmlar ―ulanishi‖ yuz berib, normal EKG-sikllari shakllanadi.
Bu har 5–10 siklda yuzaga keladi. Sinoaurikulyar blokada – sinus tugunidan yurak
bo‘lmachasi miokardiga qo‘zg‘atish o‘tishining buzilishidir. Bu jarayonda
mutazam ravishda bir vaqtda yurak bo‘lmachalari va qorinchalar komplekslari 1, 2,
3 va undan ko‘p normal sikllardan keyin tushib qoladi. Davomli to‘xtamlar vaqtida
qorinchalarning yakka qisqarishlari paydo bo‘lishi mumkin. Bunday holatlar
emadigan chaqaloqlarda baqirish, bezovtalanishda, tungi uyqu vaqtida kuzatilishi
mumkin. Kattaroq bo‘lganda vegetativ asab tizimi yuqori labillikka ega bo‘lgan
bolalarda uchratiladi. Ichki yurak bo‘lmachasi blokadalari. Faqat yurak miokardi
yaqqol zararlangandagina kuzatiladi va Xilpillovchi aritmiyadan oldin yuzaga
kelishi mumkin. R tishi I tarmoqda 0,09% dan ortiq sezilarli darajada kengayishi
hamda I, II, V 5 tarmoqlarida ikki chiqiqlari orqali namoyon bo‘ladi.
Atrioventrikulyar blokadalar. Shunday blokadalar to‘liq va noto‘liqlarga ajratiladi.
Bolalarda to‘liq blokadalar ko‘pincha tug‘ma xususiyatga ega, biroq yurak
revmatik shikastlangan holatda ham paydo bo‘lishi mumkin. Noto‘liq blokadalar
ko‘pincha miokardning turli yallig‘lanuvchi va distrofik kasalliklarini ifodalaydi.
To‘liq blokadada yurak bo‘lmachalari va qorinchalar o‘z ritmida bir-biriga bog‘liq
bo‘lmagan holatda qisqaradi. Qorinchalar ritmi doimo yurak bo‘lmachalarining
ritmidan pastroq bo‘ladi. Noto‘liq blokadalar ikki turga ajratiladi. Birinchi turi ikki
darajaga ega. Birinchi turdagi noto‘liq blokadaning I darajasida faqat PQ
intervalining yurakning ushbu ritmi uchun normal kattaliklarga nisbatan uzayishi
aniqlanadi. II darajasida ushbu interval doimo o‘sishi va siklning oxirgi qismida
qorinchalar komplekslarining biri tushib qolishi kuzatiladi (Samoylov–Venkebax
davrlari). So‘ng ushbu jarayonning barchasi takrorlanadi. Ikkinchi turdagi blokada
R-Q
intervalining
normal
davomiyligi
saqlanishi,
lekin
qorinchalar
komplekslarining biri muntazam tushib qolishi bilan ifodalanadi. Bu holat 3, 4, 5
va shu kabi sikllarning birida ro‘y berishi mumkin. Yurak bo‘lmachasi-qorinchalar
bog‘lami (Gis tutami) oyoqchalarining blokadasi. Bu holda qorinchalardan birining
ichida qo‘zg‘ash kechikishi ro‘y beradi. Ayni paytda R tishi bilan aloqa normal
darajada, R-Q intervali davomiyligi ham o‘zgarmagan. Faqat qorinchalar
kompleksining o‘zigina deformatsiya bo‘ladi. Yurak bo‘lmachasi-qorinchalar
bog‘lami oyoqchalari blokadaga uchraganining asosiy alomati qorinchalar
kompleksining boshlang‘ich qismi kengayishidan iborat. Ko‘pincha bu yagona
belgi bo‘ladi. Ichki og‘ish vaqtining ko‘payishi yanada katta diagnostik
ahamiyatga ega. V1 tarmog‘i uchun bu vaqt 0,03 s dan ortiq bo‘lmasligi, ilk 3
yillik hayoti davomida V 5 tarmog‘i uchun esa - 0,02–0,03 s dan oshmasligi,
barcha yosh guruhlariga mansub bolalarda – 0,04 s dan katta bo‘lmasligi lozim.
Ichki og‘ish vaqti QRS boshlanishidan R tishi cho‘qqisigacha hisob-kitob qilinadi.
Ikkinchi muhim alomat – QRS kompleksining tishlari shakli arrasifatligi,
qalinlashganligi va parchalanganligidan iborat. Keyin esa QRS kompleksi
tishlaridan eng kattasining voltaji ko‘payishi hisobga olinadi. Keyingi alomat – I
va III tarmoqlarda hamda ko‘krakdagi o‘ng va chap tarmoqlarida QRS kompleksi
bosh tishining yo‘nalishi diskordantligi bilan ifodalanadi. Bundan tashqari,
kompleks bosh tishining yo‘nalishi va uning T va S-T dan iborat yakuniy
qismining diskontligi qayd etiladi. Bolalarda Gis tutamining chekka tarmoqlari
blokadasi kam kuzatiladi. Blokadaning ushbu shaklida R tishi saqlanib qolishi
mumkin, biroq QRS kompleksining voltaji keskin pasaygan, kompleks sezilarli
kengaygan. Ekstrasistola – bu yurak navbatdan tashqari muddatidan oldin
qisqarishi bo‘lib, yurak bo‘lmachalari yoki qorinchalarda qo‘zg‘atishning ektopik
o‘chog‘i paydo bo‘lishi sababli yuzaga keladi. Bolalarda ekstrasistoliya anchagina
tez-tez aniqlanadi. Bunda vagusning ustun ta’siri bilan bog‘liq osoyishtalik
ekstrasistoliyasi va simpatik asab tizimi haddan ortiq qo‘zg‘atilishida paydo
bo‘ladigan
kuchlanish
ekstrasistoliyasi
ajratiladi.
Ektopik
impulsning
lokalizatsiyasiga qarab, ekstrasistoliyaning turli shakllari ajratiladi.
Yurak bo‘lmachasi shakli – R tishi – muddatdan avval qisqarishda QRS
kompleksidan avval kuzatiladi. Qorinchalar kompleksi o‘zgarmagan, R-Q intervali
normal holatda yoki biroz kattalashgan. T-R biroz kattalashgan yoki o‘zgarmagan.
Ekstrasistola har bir normal qisqarishdan keyin, har bir ikkinchi, uchinchi va shu
kabi qisqarishdan so‘ng yuzaga kelishi mumkin. Xuddi shular bigeminiyalar,
trigeminiyalar, kvadrigeminiyalar va shu kabilar turidagi alloritmiyalar to‘g‘risida
aytiladi. Yurak bo‘lmachasi-qorinchalar tugunidan ekstrasistolalar uning turli
qismlaridan kelib chiqishi mumkin. Bu holda ekstrasistolaning EKG tarkibida
yurak bo‘lmachasi-qorinchalardan chiqadigan tugun ritmi variantlari uchun
ta’riflangan barcha nisbatlar paydo bo‘ladi. Qorinchalar ekstrasistolalari R tishlari
yo‘qligi, QRS kompleksining shakli o‘zgarishi va uning voltaji ko‘tarilishi bilan
farqlanadi. T tishi bosh kompleksiga bevosita tutashadi, S-T intervali mavjud
emas. T tishining yo‘nalishi qorinchalar kompleksi yo‘nalishiga diskordant
hisoblanadi. Chap qorinchalar ekstrasistolalari III tarmog‘ida QRS bosh tishining
manfiy yo‘nalishi va I tarmoqda musbat yo‘nalishi bilan, o‘ng qorinchalari esa
aksincha, I tarmoqda manfiy, III tarmoqda esa musbat yo‘nalish bilan ifodalanadi.
EKG da – chap qorinchasi ekstrasistolasi va yurak bo‘lmachasi-qorinchalar
bog‘lami o‘ng oyog‘i blokadasini hamda o‘ng qorinchasi ekstrasistolasi va yurak
bo‘lmachasi-qorinchalar bog‘lami chap oyog‘i blokadasini ifodalashda o‘xshashlik
mavjud.
Paroksizmal taxikardiya. Yurak bo‘lmachasi shakli: R tishi ko‘pincha T tishi
ustiga qatlam bo‘lib tushadi va uni deformatsiyaga olib keladi, R-Q intervali
o‘rtamiyona uzayishi mumkin. QRS kompleksi o‘zgarmagan.
Atrioventrikulyar shakli: R tishi musbat, qorinchalar kompleksidan avval va
keyin, ba’zan u bilan yoki T tishi bilan qo‘shilib ketadi. Ajratish murakkabligi
supraventrikulyar shakli ajratilishiga olib keladi va uning asosiy alomati
qorinchalar kompleksining o‘zgarmas shaklidir.Qorinchalar shakli uning
deformatsiyasi va QRS kompleksi kengayishi bo‘yicha aniqlab olinadi. O‘ng va
chap qorinchalar topikasi – QRS kompleksi bosh tishlarining yo‘nalishlari
bo‘yicha
qorinchalar
ekstrasistoliyasiga
o‘xshash
–
I
va
III
tarmoqlarda..Xilpillovchi aritmiya – yurak bo‘lmachasining mushaklar tolalari bir
daqiqada bir necha yuz marta tebranishi tezligidir. Shunda R tishlari umuman yo‘q
bo‘lib ketishi mumkin, ularni kichik tebranishlar – f to‘lqinlari almashtiradi. Ushbu
to‘lqinlarning o‘lchamiga qarab, mayda to‘lqinli va dag‘al to‘lqinli tebranish
shakllari ajratiladi. Ancha kam uchraydigan yurak dukillashida R tishlari saqlanadi
va «arra tishlari» -qayd qilish lentasining butun uzunligini intervalsiz to‘ldiradi.
Bolalarda yurak dukillashi tezligi bir daqiqada 450 va hatto 500 qisqarishlarga teng
bo‘lishi mumkin. Qorinchalar qisqarishi soni bo‘yicha Xilpillovchi aritmiyaning
taxiaritmik va bradiaritmik shaklini ajratishadi. Sinus tuguni disfunksiyasi
sindromi (STD) yoki sinus tuguni zaifligi sindromi (STZS), turli tabiatga va turli
elektrokardiografik holatlarga ega bo‘lishi mumkin. M.A. Shkolnikova va
hammualliflari (1997) bunday holatlarning quyidagi klinik-EKG-variantlarini
ajratib ko‘rsatishadi.
Yurakning o‘ng bo‘lmachasi gipertrofiyasi – II, III, aVF tarmoqlarida R
tishining amplitudasi va o‘tkirligi ortadi. V 1,2 tarmoqlarida yuqori, ba’zan ikki
fazali. Yurakning chap bo‘lmachasi gipertrofiyasi – I, II, aVL yoki aVR va V5–6
tarmoqlarida R tishi amplitudasi ortadi, kengayadi va parchalanadi.
Yurakning o‘ng qorinchasi gipertrofiyasi – V1 tarmog‘ida R ustun bo‘ladi.
V5-6 tarmoqlarida – chuqur S. O‘tish zonasi o‘ng tomon ko‘chadi. V1 da ichki
og‘ish 0,04 s dan ortiq. Ushbu alomatlar erta yoshdagi bolalarda o‘ng qorincha
gipertrofiyasini aniqlashga doim ham yordam bermaydi. Yurakning chap
qorinchasi gipertrofiyasi – standart va chap ko‘krak tarmoqlarida QRS voltaji
yuqori bo‘ladi. V 5–6 tarmog‘ida ichki og‘ish vaqti 0,045 s dan ortiq. O‘tish zonasi
o‘ng tomonga ko‘chgan.
Ortiqcha yuklanish gipertrofiyadan hali gipertrofiyaga chalinmagan yurak
ishining keskin intensivlashuvini aks ettirishi bilan farq qiladi. Sistolik va diastolik
ortiqcha yuklanishni farqlashadi. Sistolik ortiqcha yuklanish – repolyarizatsiya
kechikadi, S-T intervali ko‘chadi va T tishi musbat bo‘ladi.
Diastolik ortiqcha yuklanish – ichki og‘ish paydo bo‘lishi vaqti uzayadi.
Ushbu o‘zgarishlar V5–6 , I, aVL yoki aVR tarmoqlarida aniqlansa – ular chap
qorinchaga mansub bo‘ladi, agar V1,2 , III, aVR tarmoqlarida aniqlansa – o‘ng
qorinchaga mansub bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yurak zararlanishining yallig‘lanmaydigan
shakllari.
Arterial yo‘lakni respiratorli distress-sindromi bilan persistirlashning
birikmasi. Yurak yetishmovchiligi, ayniqsa, tug‘ilganida vazni yetarli bo‘lmagan
bolalarda, nafas olishdagi buzilishlar bilan bir vaqtda namoyon bo‘lishi mumkin.
Respiratorli distress-sindrom fonida ochiq arterial yo‘lakni persistirlash uchun
sharoitlar yaratiladi. Nafas olish funksiyasi bo‘yicha ahvol biroz yaxshilangandan
keyin bola hayotining 4–5-chi kunida suyuqlik ushlanib qolishi, jigar o‘lchamlari
kattalashishi, eng avvalo diastolik bosim pasayishi hisobiga pulsli arterial bosim
ortishi, o‘pka rentgenogrammasida sezilarli kuchaygan tomir rasmi paydo
bo‘lishini kuzatish mumkin. Yurak qismidan yuqoridagi auskultatsiyada ko‘krak
suyagi poyida diastolikka o‘tadigan sistolik shovqin eshitiladi. Ultratovushli
tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, chap yurak bo‘lmachasi va aorta ildizining
diametrlarini taqqoslash mutlaq patognomonik alomat hisoblanadi. Agar ushbu
nisbat 1,3 dan ortiq bo‘lsa, arterial yo‘lakochiqligi yuzasidan qo‘yilgan tashxis
shubhasiz to‘g‘ridir.
|