-mavzu. Erta yoshdagi bolalarda yurak qon tomir tizimini jarohatlanish




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/109
Sana15.11.2023
Hajmi1,24 Mb.
#99164
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   109
Bog'liq
BKP 5 semestr

9-mavzu. Erta yoshdagi bolalarda yurak qon tomir tizimini jarohatlanish 
semiotikasi va sindromlari. 
Yurak ritmini (maromini) o‘lchash Sinus taxikardiyasi T va R tishlari 
orasida intervallar davomiyligi kamayishi bilan ifodalanadi. Taxikardiya keskin 
ifodalanganda R tishi T ning ustiga qatlam bo‘lib tushib qolishi mumkin. Boshqa 
tishlar o‘zgarmagan. 
Sinus bradikardiyasi T-R intervallari davomiyligi ortishi, ba’zan sayyor asab 
ta’siri ustunlik qilganligi sababli R-Q intervali davomiyligi ortishi bilan 
ifodalanadi. 
Atrioventrikulyar ritm. Sinus tugunining avtomatizmi buzilganda ham, yurak 
bo‘lmachasi-qorincha (atrioventrikulyar) tugunining faolligi ortishi sababli ham 
paydo bo‘lishi mumkin. Impuls manbasining turli lokalizatsiyasi va o‘tkazishning 
turli holatidagi o‘zaro nisbat bo‘yicha ante- va retrogradli yo‘nalishda R tishlari va 
qorinchalar kompleksi izchilligining turli variantlari shakllanadi. Birinchi variantda 
R tishi musbat bo‘lib qoladi va R–Q intervali biroz qisqarganda normal QRS 
kompleksidan avval yuzaga keladi. Ikkinchi variantda R musbat tishi QRS 
kompleksining ustiga qatlam bo‘lib tushib qoladi va shu sababli mazkur kompleks 
deformatsiyaga uchraydi. Uchinchi variantda musbat R tishi QRS kompleksining 
ketidan keladi, lekin T tishigacha yetib bormaydi. Koronar sinusining ritmi 
(maromi). Impulsatsiya manbai (peysmeker) o‘ng yurak bo‘lmachasining quyi 
qismida, koronar sinus og‘zining yonida joylashgan. EKG da R tishi QRS 
kompleksidan oldin keladi, lekin II, III, aVR tarmoqlarida musbat va aVL 
tarmog‘ida manfiy bo‘ladi. R-Q intervali, odatdagidek, qisqargan bo‘ladi. 
Ritm (marom) manbai migratsiyasi – uning sinus tugunidan yurak 
bo‘lmachasi-qorincha yo‘nalishi bo‘yicha, so‘ng yana orqaga ko‘chishi sinus 
tugunining avtomatizmining pasayishidan dalolat beradi, lekin parasimpatik asab 
tizimi tonusi oshganda sog‘lom bolalarda ham kuzatilishi mumkin.



Download 1,24 Mb.
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   109




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu. Erta yoshdagi bolalarda yurak qon tomir tizimini jarohatlanish

Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish