EKG ni baholashning umumiy qoidalari.
Eytxoven taklifi bo‘yicha normal EKG elementlari quyidagilardan iborat:
– 6 ta tishlar (P,Q,R,S,T,U);
– intervallar (P-Q, QRS, ST, Q-T, T-R, R-R);
– 2 ta kompleks (yurak bo‘lmachasi — R i P-Q; qorinchalar —
QRST=QRS+ST+T; 141-chi rasmda tegishligicha I va II); 2 ta kompleks yig‘indisi
— yurak siklidir;
– ba’zan PQ segmenti ajratiladi (141A rasmda — III).
EKG ni baholashda elementlarning quyidagi ko‘rsatkichlari aniqlanadi:
– mavjudligi;
– davomiyligi;
– tishlar amplitudasi;
– tishlar shakli;
– tishlarning izoelektrik chiziqqa nisbatan yo‘nalganligi.
Elementlarning davomiyligi (sek.) va tishlar amplitudasi (MM) lineyka
yordamida yoki elektrokardiografik qog‘ozga bosilgan setka bo‘yicha hisob-kitob
qilinadi. Qog‘oz setkasidagi gorizontal va ingichka vertikal chiziqlar orasidagi
masofa – 1 mm. Ingichka vertikal chiziqlar orasidagi bir bo‘lim lenta 50 mm sek.
tezligida harakatlanishiga teng. Intervallar davomiyligini odatda II standart
tarmoqda o‘lchanadi. Izoelektrik chiziqdan tepaga qaratilgan tish – manfiy, pastga
qaratilgani – musbat. Bundan tashqari, yurak qisqarishining tezligi va ritmi hamda
elektr o‘qi EKG ning muhim ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Yurak o‘tkazish tizimiga ega. Qo‘zg‘ash yurakning o‘ng bo‘lmachasida
yuqori ichi bo‘sh vena qismida joylashgan va avtomatizmga ega bo‘lgan sinus-
yurak bo‘lmachasi tugunida boshlanadi. EKG da qo‘zg‘ashning ushbu lahzasi aks
etmaydi va izoelektrik chiziq bilan mos tushadi. Shundan so‘ng qo‘zg‘ash jarayoni
(depolyarizatsiya) yurak bo‘lmachalari mushaklariga tarqaladi va EKG da bu R
tishi paydo bo‘lishi bilan izohlanadi.
R tishi yurak bo‘lmachasi kompleksini ifodalaydi. Uning cho‘qqigacha
bo‘lgan birinchi yarmi yurak o‘ng bo‘lmachasining, ikkinchi yarmi – chap
bo‘lmachasining qo‘zg‘ashiga tegishlidir. U tarmoqlarning ko‘pchiligida manfiy –
izoelektrik chiziqdan yuqorida. R tishining davomiyligi bolalarning yoshiga
bog‘liq. Normal holatda u 0,09–0,10 sek. dan yuqori. R tishining balandligi 3 mm
dan baland bo‘lmaydi.
P-Q intervali yurak bo‘lmachalari, qorinchalar qo‘zg‘ashi boshlanganidan
impuls o‘tishi vaqtini ifodalaydi. U R tishi boshlanishidan Q tishi boshlanishigacha
o‘lchanadi, Q tishi mavjud bo‘lmaganda esa – R tishi boshlanishigacha o‘lchanadi.
P-Q intervalining davomiyligi yurak qisqarishi tezligi, bolaning yoshi va jinsiga
bog‘liq. Normal tebranishlar chegaralari - 0,11–0,18 sek. RO segmenti — R
tishining oxiridan Q tishining boshigacha P-Q intervalining bir qismi (P-Q intervali
ayiruv R tishi). Shundan so‘ng qorinchalarning depolyarizatsiyasi ro‘y beradi va
EKG da ORST qorinchalar kompleksi qayd qilinib, quyidagilarni aks ettiradi:
- qo‘zg‘ash qorinchalar bo‘yicha tarqalishi jarayoni (QRS — davomiyligi 0,04 –
0,09 sek. ga teng depolyarizatsiya jarayoni);
- qorinchalar qo‘zg‘alishining so‘nishi jarayoni – repolyarizatsiya jarayoni (S-T va
T).
O tishi doimo musbat (-) — izoelektrik chiziqdan pastroq, doimiy emas,
qorinchalar orasidagi to‘siq va qisman o‘ng qorincha cho‘qqisining elektr hosil
qiluvchi kuchni (EHK) aks ettiradi. Kompleksning 0,01–0,02 sek. da shakllanadi.
R tishi doimo manfiy (+). U o‘ng va chap qorinchalar devorlari miokardining EHK
ni aks ettiradi. QRS kompleksning 0,03–0,05 sek. da paydo bo‘ladi.
Quyidagi standart tarmoqlarda R tishlarining quyidagicha nisbati eng ko‘p
uchraydi: RII > R III > RI. I va III tarmoqlarida R balandligi ustunligi bo‘yicha
olingan EKG qay turga mansubligi aniqlanadi: amplituda III tarmoqda yuqori
bo‘lsa – o‘nggrammasi, I tarmoqda yuqori bo‘lsa –chapgrammasiga mansub
bo‘ladi.
EKG turini yanada to‘g‘ri aniqlash uchun I standart tarmoqda R (+) va S(-)
amplitudalar yig‘indisi va III standart tarmoqda R (+) va S (-) amplitudalar
yig‘indisi hisoblab chiqish lozim. Hisob-kitoblarning quyidagi natijalarini qo‘lga
kiritish mumkin va buning asosida EKG turi to‘g‘risida xulosa chiqariladi:
– agar I va III standart tarmoqlarda amplitudalar yig‘indisi manfiy bo‘lsa, unda
EKG turi haqida olingan raqamlar kattaliklarini solishtirgandan so‘ng xulosa
qilinadi:
III tarmoqda raqamlar kattaroq bo‘lsa – o‘nggramma, I tarmoqda raqamlar
kattaroq bo‘lsa – chapgramma:
– agar III tarmoqda yig‘indi manfiy va I tarmoqda musbat bo‘lsa – bu
o‘nggramma;
– agar I tarmoqda yig‘indi manfiy va III tarmoqda musbat bo‘lsa – bu
chapgramma.
S tishi doimo musbat (-), doimiy emas, yurakning bazal bo‘limlari miokardi EHK
ni aks ettiradi, kompleksning 0,06–0,07 sek. da shakllanadi.
Qorinchalar qo‘zg‘ash bilan butunlay qamrab olingan davrda potensiallar
turlichaligi mavjud bo‘lmaydi va EKG da erta repolyarizatsiya davri - ST
intervalini aks ettiradigan izoelektrik chiziq qayd etiladi. U S tishining oxiridan T
tishining boshigacha o‘lchanadi. Uning davomiyligi 0,15 sek. dan oshmaydi.
Odatda interval izoliniyada bo‘ladi, ba’zida 1 mm tepaga yoki 0,5 mm pastga
ko‘shishi mumkin. T tishi qorinchalarning tez repolyarizatsiyasi jarayonini, ya’ni
ularning qo‘zg‘ashi tugashini ifodalaydi. Normal holatda uning davomiyligi -
0,12–0,18 sek. Tish ko‘pincha manfiy bo‘ladi, lekin III tarmoqda musbat bo‘lishi
ham mumkin. Tish amplitudasi turli tarmoqlarda keng chegaralarda o‘zgarib
turadi. Standart tarmoqlarda kattaroq R tishiga amplitudasi yuqoriroq T tishi mos
keladi. Shuning uchun T tishining haqiqiy kattaligini emas, uning R tishiga
nisbatini hisob-kitob qilish odat tusiga kirgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘rta hisobda 1:3,
1:4 ni tashkil qiladi. Bolalarning bir qismida (maktabgacha yoshdagi 8% da hamda
maktabgacha va maktab yoshdagi bolalarning 1/3 qismid) T tishidan keyin U
manfiy tish uchratiladi. Uning amplitudasi 1–1,5 mm ga teng. Odatda bradikardiya
holatida uchraydi. Tishning genezi to‘g‘ri aniqlanmagan. O-T intervali – bu Q
tishining boshidan T tishining oxirigacha bo‘lgan EKG ning bir qismi. U
qorinchalar depolyarizatsiyasi va repolyarizatsiyasini aks ettiradi. Intervalning
davomiyligi turli ko‘rsatkichlarga bog‘liq: yurak qisqarishi tezligi, bemorning
yoshi, jinsi. O‘rtacha ko‘rsatkichlar — 0,26–0,34 sek.
T-R intervali tana yuzasida turlicha potensiallar mavjud emasligidan darak
beradi, ya’ni yurak osoyishta holatda – diastola davrida. R-R intervali – bu bir
yurak siklining davomiyligi. Uning vaqti bo‘yicha yurak qisqarishi tezligi
aniqlanadi. Turli RR intervallari o‘zgarishlari bo‘yicha yurak faoliyatining ritmi
to‘g‘riligi haqida xulosa chiqariladi: agar ular 10% dan oshmasa, unda ritm to‘g‘ri
va muntazam bo‘ladi. Agar 10% dan ortiq bo‘lsa – yurak qisqarishlari aritmik
hisoblanadi. Bu holda kattaroq sondagi sikllardan intervallarning o‘rtacha
davomiyligi hisob-kitob qilinadi. Yurakning elektr o‘qi (YUEO‘) – bu yurakning
elektr maydonining jamlama ifodasi. YUEO‘ yo‘nalishi va kattaligini aniqlash
uchun Eyntxoven uchburchagida ikki standart tarmoqlar bo‘yicha geometrik tuzish
o‘tkaziladi. Dastlab I va III standart tarmoqlarda R va S tishlari amplitudalarining
yig‘indisi hisob-kitob qilinadi. III standart tarmoqdagi tishlar amplitudasi
yig‘indisi ham shunga o‘xshash hisob-kitob qilinadi.
Shundan so‘ng Eyntxoven uchburchagida har bir tarmoqning o‘rta chiziqlari
bo‘ylab perpendikulyar chiziqlar o‘tkaziladi. Ularning uchburchak o‘rtasidagi
kesishgan joyi – bu nol nuqtasi deb nomlanadigan joydir. I va III tarmoqlarning
perpendikulyar chiziqlarida qutblilik qoidasi bo‘yicha (ya’ni soat millarining
harakatlanish yo‘nalishi bo‘yicha) olingan R va S tishlarining yig‘indisining
olingan raqamlar kattaligi belgilanadi. Ushbu kattalik balandligi – bu oxirgi nuqta
bo‘lib, bunday ikkita nuqtalar mavjud. Keyin olingan oxirgi nuqtalar orqali
uchburchak tarmoqlariga ular bilan kesishgunicha perpendikulyar chiziqlar
o‘tkaziladi. Perpendikulyarlar kesishgan nuqta – bu yurak elektr o‘qining oxirgi
nuqtasidir. YUEO‘ nol nuqtasidan aylana bo‘yicha turlicha yo‘nalgan bo‘lishi
mumkin: +50°, +110°, -30° gacha va h.k. Buning asosida yurak elektr o‘qining
gorizontal, vertikal va normal holati, chap va o‘ng tomonga og‘ishlari ajratiladi.
YUEO‘ yo‘nalishi bolaning yoshiga va yurakning ko‘krak qafasidagi holatiga
bog‘liqdir. 3 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom bolalarda YUEO‘ (+70)–(+100)
doiralarda, 3 yoshdan 14 yoshgacha - (+30)–(+70) doiralarda mavjud bo‘ladi.
Izmeneniya pokazateley voznikayut pri gipertrofii serdsa, narushenii provodimosti
i dr.
Bolalarda EKG xususiyatlari (yoshga qarab quyidagilarda o‘zgarishlar ro‘y
beradi – yurakning ko‘krak qafasidagi holati, o‘ng va chap qorinchalar
mushaklarining o‘lchamlari, endokrin tizimi ta’siri):– raqamli tafovutlar;
– o‘nggramma ustun bo‘ladi;
– taxikardiyaga chalinish tendensiyasi mavjud;
– tishlar va EKG intervallari davomiyligi yanada kalta bo‘ladi va buning sababi
qo‘zg‘atish o‘tkazuvchi tizim va miokard orqali yanada tez o‘tishi bilan izohlanadi;
bola qanchalik yosh bo‘lsa, qo‘zg‘atishni o‘tkazish vaqti ham qisqaroq bo‘lib,
yurak qisqarishi ritmi ham tez bo‘ladi;
– EKG tishlarining kattaligi katta amaliy ahamiyatga ega emas, ularning orasidagi
nisbat yanada muhimroq hisoblanadi;
– ko‘p hollarda asosan funksional etiologiyaga bog‘liq aritmiya kabi izdan
chiqishlar yuzaga keladi;
– aniq ifodalanmagan Q tishi katta ma’lumotga ega emas;
– dastlabki uch yoshida sog‘lom bolalarning 25% da QRS kompleksi parchalangan
bo‘ladi va bu yurak bo‘lmachasi-qorincha bog‘lami o‘ng tarmog‘i blokadasi
noto‘liq ekanligidan darak beradi.
|