– tekshiruv och qoringa yoki ovqat iste’mol qilgandan keyin 2 soatdan so‘ng
o‘tkaziladi;
– yozuv kiritish, ayniqsa bir necha bor yozish ishlari bemorning bir holatida, 15–20
daqiqa dam olganidan so‘ng, yaxshisi orqasida yotganda amalga oshiriladi;
– erta yoshdagi bemorni ushbu muolaja xavfsiz ekanligiga ishontirish, yozuvlarni
onasining kuzatuvida kiritish lozim; katta yoshdagi bola bezovtalanayotgan holatda
avval uning ishtirokida boshqa yuvosh mijozni shunga o‘xshash
tekshiruvdan
o‘tkazish kerak;
– pediatriyada EKG ni qayd qilish jarayonini tez amalga oshirish lozim;
– muolaja qilish arafasida bola uchun kuchli ta’sir
qiladigan va sedativ dori
vositalari bekor qilinadi;
– suv va fizioterapevtik muolajalardan so‘ng yozuv kiritish mumkin emas;
– lenta harakatlanishining 50 mm sek. ga teng tezligi eng ko‘p qo‘llaniladi.