– sistolik (sistola vaqtida eshitiladi — I va II tonlar orasida qisqa to‘xtamga
nisbatan) yoki diastolik (diastola vaqtida eshitiladi — I va II tonlar orasida uzun
to‘xtamga nisbatan);
– shovqin sistola yoki diastolaning qanday qismini egallaydi;
– shovqinning yurak tonlariga bog‘liqligi (bog‘liqmi; ha bo‘lsa,
tonning qaysi
qismi bilan — boshi yoki oxiri);
– tembr (yumshoq, nozik, dag‘al, esuvchi va h.k.);
– kuch (kuchsiz, kuchli);
– eng yaxshi eshitiladigan joyi — epitsentr;
– irradiatsiya;
Arterial bosim
Yurakning arterial bosimini o‘lchash uchun tonometrlar simobli (eng aniq),
prujinali bo‘ladi va keyingi vaqtlarda elektron namunalari paydo bo‘ldi.
Riva-Rochchi simobli sfigmomanometr manjetkasi (pediatriyada qo‘llaniladi) bola
yelkasining aylanasiga bog‘liq: 5–6,4 sm — manjetka M-35; 6,5–10 sm — M-55;
10,1–15 sm — M-85. Yelka aylanasi 15 sm dan kattaroq bo‘lganda kattalar uchun
mo‘ljallangan manjetkadan (M-130) foydalanish mumkin, lekin arterial bosim
(AB) bo‘yicha olingan natijalarni albatta yelka aylanasiga qarab to‘g‘rilash
lozim
(jadval 36
A).
AB ni o‘lchash qoidalari:
– tayyorlanish:
• o‘lchashdan 3 soat oldin bosimga ta’sir ko‘rsatadigan dorilarni va shunday
ta’sirga ega ovqat-ovqatlarni (choy, qaxva) qabul qilmaslik;
• jismoniy yuklanmani 1 soatga bekor qilish;
– o‘tirgan holatda, zarur bo‘lsa — yotgan holatda;
–
apparat stol, karavot ustida shunday joylashtiriladiki, bolaning yuragi, qo‘li,
shkalaning ―nol‖ ko‘rsatkichi va manjetkasi bir xil gorizontal sathda bo‘ladi
(elektron tonometrdan foydalanganda oxirgi aytib o‘tilgan 2 ta ko‘rsatkich
majburiy emas);
– manjetka havodan butunlay bo‘shaydi, tirsak chuqurchasidan 2
sm yuqoriroq
yelkaga shunday yotqiziladiki, uning ostiga 1–2 barmoqni olib borish mumkin
bo‘ladi;
– bolaning qo‘li stol ustida kafti bilan tepaga qarab yotadi, mushaklari bo‘shashgan
holatda;
– palpatsiya usulida yelka arteriyasining tirsak chuqurchasidagi lokalizatsiyasi
aniqlanadi;
– yelka arteriyasi o‘rniga fonendoskop rastrubi bosib qo‘yiladi va manjetkaga
arteriya pulsatsiyasi to‘xtab qolgan sathdan simob ustunining 40–50 mm ga
yuqoriroq sathgacha havo to‘ldiriladi;
– so‘ng manjetkada bosim asta-sekin pasayadi – uskultativ
va visual ravishda
simob ustunida baland ovozli, kuchli tonlar paydo bo‘lishi va yo‘q bo‘lishi
tegishligicha sistolik va diastolik bosim) vaqti qayd qilinadi.
Tananing pastqi qismida (oyoqlarda) AB ni o‘lchash usuli yuqorida
ta’riflanganga o‘xshash, faqat bola qornida yotgan
holatda rastrub tizzaosti
arteriyaga bosib qo‘yiladi. Normal holatda yangi tug‘ilgan chaqaloqda tananing
tepa va past qismlarida (qo‘llarda va oyoqlarda) bosim simob ustunining 70/35 mm
ga teng.
12 oylik sog‘lom bolada tananing tepa qismida (qo‘llarida) AB normal
holatda: sistolik bosim – simob ustunining 90 mm ga teng;
diastolik bosim — simob ustunining 60 mm ga teng (yoki sistolik bosimning 1/2–
2/3 qismi).
Shunday qilib, bu holat shunday ko‘rinishda yoziladi: AB = 90/60 mm rt. st.
Katta yoshdagi bolalarda tananing yuqori qismida (qo‘llarda): sistolik bosim = 90
+ 2p, diastolik bosim = 60 + p, bunda p — bolaning yoshi (15 yoshgacha).