Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/109
Sana15.11.2023
Hajmi1,24 Mb.
#99164
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   109
Bog'liq
BKP 5 semestr

Miokarditlar 
Miokardit – bu yurak mushagining yallig‘laydigan zararlanishidir. 
Miokarditlar ko‘pincha revmatizm holatida hamda ayrim infeksion (yuqumli) 
kasalliklarda (enterovirusli infeksiya, difteriya) ayniqsa ko‘p yuzaga keladi. 
Miokarditlar yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va ular hayotining ilk haftalarida 
ayniqsa og‘ir kechadi. Bunday holatlarda yurak zararlanishi va kardiomegaliya 
tezda rivojlanishi, yurak yetishmovchiligi asab tizimi shikastlanishi bilan bir 
vaqtda 
kechishi 
mumkin. 
Ular 
yangi 
tug‘ilgan 
chaqaloqlarning 
«ensefalomiokarditlari» deb ataladi. Yurak mushagida miotsitlar shishib qolishi 
ham, ularning nekrozlari va uzilib ketishi ham kuzatilishi mumkin. Bu esa o‘limga 
olib kelishi mumkin bo‘lgan katta xavf tug‘diradi. Miokarditga chalingan bir yoshli 
bolalarda tez-tez nafas olish, bezovtalanib qichqirish holatlari kuzatiladi. Terining 
rangi o‘chib ketadi, qo‘l-oyoqlarini ushlab ko‘rganda sovuq bo‘lib, teri 
qoplamining rangi sianotik tusga kiradi. Qorin va bel qismidagi teri pastozli bo‘lib 
qoladi, o‘g‘il bolalarda moyak xaltasi shishib qoladi. O‘pkaning ustida qon 
aylanishi yetishmovchilini ifodalaydigan mayda pufakchali xirillashlar eshitiladi. 
Yurakni tekshirish jarayonida yurak to‘mtog‘iga nisbatan chegaralar sezilarli 
kengayishi, yurak tonlari bo‘g‘iq bo‘lib qolishi (ayniqsa I), yurak qisqarishi 
tezlashib ketishi qayd qilinadi. Taxikardiya darajasi tana haroratiga mos kelmaydi 
va taxipnoe darajasiga mos kelmasligi mumkin, va buning natijasida puls:nafas 
olish nisbati o‘zgaradi. Ko‘p hollarda auskultatsiya vaqtida yurak cho‘qqisi 
qismida yoki Botkin nuqtasida sistolik shovqin eshitiladi. Bu shovqin davomli 
emas va irradiatsiyasi kichik bo‘ladi. Fonokardiografik tekshirishda u past yoki 
o‘rtamiyona chastotali bo‘lib, I-chi tondan ajragan bo‘ladi. EKT da ko‘pincha 
quyidagi izdan chiqishlar yuzaga keladi: odatda repolyarizatsiya o‘zgaradi –T 
tishining voltaji pasayadi va S–T intervali kamayadi, o‘tkazuvchanlik buzilishi 
aniqlanadi - sinoaurikulyar, ventrikulyar, qorinchalar ichidagi blokada ro‘y beradi, 


ekstrasistoliya aniqlanishi mumkin. Katta yoshdagi bolalarda ko‘proq miokardit 
o‘choqlari kuzatilib, bunda obyektiv simptomatika katta (yetarli) bo‘lmaydi va 
odatda qon aylanishi yetishmovchiligi kuzatilmaydi. Bolalarning shikoyatlari 
turlicha bo‘lishi mumkin: kuchsizlik, bosh aylanishi, yurak qismidagi og‘riqlar, 
yurak urishidagi uzilishlar yoki yurak dukillashi sezilishi. Yurak chegaralari 
kattalashmagan. Shu bilan birga taxi- yoki bradikardiya odatda aniqlanadi, 
ko‘pincha auskultatsiyada turli aritmiyalar (ko‘proq ekstrasistoliya turiga mansub) 
eshitiladi, III tonning kuchayishi va galop ritmi paydo bo‘lishi aniqlanadi. Yurak 
zararlanganligining elektrokardiografik alomatlari turli darajada ifodalangan 
bo‘lishi mumkin – ular umuman yo‘qligidan boshlab (EKG-varianti normal) 
qorinchalar kompleksi chekka qismidagi (ST va T) buzilishlar, o‘tkazuvchanlik va 
qo‘zg‘atuvchanlik buzilishini kuzatish dinamikasida o‘zgaradigan va aniq 
tasdiqlanadigan holatgacha. Bolalarda aksariyat hollarda miokarditlar anchagina 
ijobiy kechishiga qaramasdan, ular jiddiy xastalik hisoblanadi, chunki o‘zidan 
keyin miokardning qisqarish qobiliyatidagi buzilishlar yoki turg‘un shakldagi 
aritmiyalarni qoldirishi mumkin. 

Download 1,24 Mb.
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   109




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi

Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish