Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/109
Sana15.11.2023
Hajmi1,24 Mb.
#99164
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109
Bog'liq
BKP 5 semestr

Perikarditlar 
Perikarditlar - perikard yallig‘lanish bilan alohida o‘zi shikastlanishi 
nisbatan kam uchraydigan hol. Ko‘pincha perikardit yurakning boshqa 
yallig‘laydigan zararlashlari – miokardit yoki endomiokarditga hamroh bo‘ladi. 
Perikard bo‘shlig‘idagi yiring miqdoriga qarab, u quruq yoki ekssudativ bo‘lishi 
mumkin. Oxirgi aytilgani yiring xususiyatlari bo‘yicha serozli, gemorragik va 
yiringlilarga ajratiladi. Perikarditlar boshlanishi anchagina o‘tkir kechadi, tana 
harorati jiddiy ko‘tarilishi bilan ifodalanadi. Bola o‘zini tutishining o‘ziga xos 
jihatlari nisbatan tez aniqlanadi. Bunda u keskin bezovtalanadi, o‘rinda yuqori 
holatni 
egallashga 
harakat 
qiladi, 
ko‘p hollarda o‘tirishga intiladi
ovqatlanayotganda va kiyimlari almashtirilayotganda bezovtalanishi kuchayadi va 
qichqiradi. Terining rangi o‘chadi, bezovtalanayotganda ko‘kimtir tus oladi
bo‘yinidagi tomirlari shishib qolishi aniqlanadi. Yurakni tekshirishdagi manzara 


perikardda yiring mavjud yoki yo‘qligi va uning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Yiring katta miqdorda bo‘lsa, yurak chegaralari keskin kengayadi, cho‘qqi turtishi 
aniqlanmaydigan bo‘ladi. Auskultatsiyada tonlarning pasayishi asosiy alomat 
bo‘ladi, ular xuddi uzoqdan eshitilayotgandek bo‘ladi. Lekin yiring quyuq 
bo‘lganda tonlar birozgina pasayishi mumkin. Odatda perikard ishqalanishi 
shovqinini ham eshitishga erishiladi. Uning shovqini bemor o‘tirgan holatda va 
hatto biroz oldinga engashganda «trubkaga» yanada yaxshiroq eshitiladi. Bunday 
shovqin ishqalanuvchan, qirtishlovchi, doimo past ovozda, yurak qisqarishlari 
fazalariga noaniq va muvaqqat joylashgan bo‘ladi. Elektrokardiografiya yo‘li bilan 
voltaj keskin pasayishi va perikardit uchun xos S-T intervali izoliniyadan tepaga 
surilganligi aniqlanadi. 

Download 1,24 Mb.
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi

Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish