• Ko‘krak qafsining limfatik
  • Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet108/109
    Sana15.11.2023
    Hajmi1,24 Mb.
    #99164
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109
    Bog'liq
    BKP 5 semestr

    Gemartrozlar — bu qon quyilishlar yoki bo‘g‘imlardagi gematoma. Periferik 
    limfatik tugunlar jiddiy kattalashganda ularni vizual ravishda aniqlash imkoni 
    bo‘ladi (leykoz alomati; limfogranulematoz; – qorin chiqishi jigar va qorataloq 
    kattalshuvi alomati bo‘lishi mumkin. Palpatsiya Qon kasalliklarida jigar, qorataloq, 
    limfatik tugunlar (periferik va abdominal)ni palpatsiya qilish tashxis ahamiyatiga 
    ega. Palpatsiya usuli: 
    1) qorataloq – bemor chalqancha, gorizontol holatda joylashgan. U o‘ng 
    qo‘lini boshi tagiga qo‘yib yoki tana bo‘ylab joylashtiradi, bukilgan chap qo‘lini 
    esa ko‘krak qafasiga qo‘yadi yoki uni ham boshi tagiga joylashtiradi. Bunda o‘ng 
    oyoq bo‘sh holda erkin cho‘zilgan holatda bo‘lishi shart, chapi esa tos-son va tizza 
    bo‘g‘imlarida bukilgan bo‘lib, bu holat old qorin bo‘shlig‘i mushaklarini maksimal 
    daradajada bo‘shashtiradi. Shifokor bolaning o‘ng tomonida joylashib, chap qo‘lini 
    7–10 qovurg‘alar sohasida chap qo‘ltiq tagi mushaklari ustida joylashtiradi, qorin 
    terisi ustida joylashgan o‘ng qo‘li bilan chap qovurg‘a tagi o‘rtasidan taxminan 
    to‘g‘ri burchak ostida salgina bukilgan barmoqlarini yo‘naltirib, pastdan (taxminan 
    chap qovurg‘a yoyi tagidan 3–4 sm pastroqdan boshlab) tepaga qaratib, ichkaridan 
    tashqariga qorataloqning pastki qutbini qidirgan holda palpatsiya qilinadi. Agar 
    bemor palpatsiya vaqtida nafas olsa, bu qorataloqni ozgina tushiradi va palpator 
    ma’lumotlarning ancha obyektiv bo‘lishiga imkon beradi. Bemorning chalqancha 
    yotgan holatda palpatsiya qilish kerakli natija bermasa, ayrim hollarda bemorni 
    o‘ng tomonga yonboshlatib, xuddi shu usulni bajarib, ko‘zlangan natijaga erishish 
    mumkin. Normal holatda qorataloq palpatsiya qilinmaydi,, chunki uning cheti 
    qovurg‘a yoyidan 3–4 sm balandroq joylashgan bo‘ladi (ayrim hollarda astenik 
    bolalarda palpatsiya o‘tkazilishi mumkin). 
    Agar palpatsiya davomida qorataloq sezilsa, unda quyidagilarni aniqlash 


    kerak: 
    • qorataloq qutbining quyi chekkasi chap qovurg‘a yoyidan necha santimetr 
    pastroqda joylashganligi, ma’lum bo‘lganidek, normal holatda chiqib turmaydi; 
    • qutbning shakli normal holatda dumaloqlashgan: qorataloq me’yoridan 
    kattalashib ketgan bo‘lsa, palpatsiya paytida uning cheti tishsimonligi aniqlanadi, 
    bu esa uning anatomik tuzilishiga mos keladi; 
    • konsistensiya — normal holatda yumshoq: qorataloq qon kasalliklari va 
    portal gipertenziyada tig‘iz bo‘lib qoladi; 
    • yuzasining holati – normal holatda silliq, qon quyilganda bunday holat 
    kuzatilmaydi; 
    • og‘riq sezuvchanligi – normal holatda og‘riqsiz: og‘riq sezuvchanligi ham 
    qon quyilishi oqibati, shuningdek, qorataloqda qonning turib qolishi; 
    • harakatchanligi – normal holatda harakatsiz; 
    2) periferik limfatik tugunlar: Palpatsiya ikki qo‘lning ko‘rsatkich va o‘rta 
    barmoqlari yordamida simmetrik holda bajariladi, bunda palpatsiya qilinayotgan 
    tugunlarni suyak yoki mushak to‘qimalariga siqishga harakat qilinib, teri osti 
    biriktiruvchi to‘qimalarida joylashgan limfatik tugunlar paypaslanadi. Palpatsiya 
    quyidagi tartibda bajariladi: ensa, quloq orqasi – so‘rg‘ichsimon o‘simta, jag‘ tagi 
    – quyi jag‘ning burchagi osti, iyak tagi, old bo‘yin sohasi – ko‘krak suyagi-
    o‘mrov, so‘rg‘ichsimon mushaklarning old chekkasi bo‘ylab, bo‘yin orqasi – 
    ko‘krak suyagi-o‘mrov, so‘rg‘ichsimon mushaklarning orqasida, o‘mrov tepasi – 
    o‘mrov tepasidagi chuqurchalarda, o‘mrov tagi – o‘mrov tagi chuqurchalarida, 
    qo‘ltiq tagi – qo‘ltiq tagi chuqurchalari, tirsaklardagi – tirsakning ikki boshli 
    mushaklari tarnovchalarida va teparoqda, torakal katta ko‘krak mushagining pastki 
    chetida, chov qismi – chchov qismi sohasida, tizza tagida – tizzaning bukilish 
    joylarida. Iyak osti limfatik tugunlari barmoqlarning orqadan oldinga qaratilgan 
    ehtiyotkorona harakati bilan iyak osti sohasi o‘rta chizig‘i atrofida 
    paypaslanadi.Qo‘ltiq osti limfatik tugunlarini tekshirish paytida shifokorning 
    qo‘llari qovurg‘alarga perpendikulyar holatda joylashadi. Barmoqlar qo‘ltiq osti 
    chuqurchalariga chuqur kiritiladi. Yumshoq to‘qimalar qovurg‘alarga siqilgan 


    holda barmoqlar ko‘krak qafasi pastki tomoniga yo‘naladi. Tirsak tugunlari 
    quyidagi tarzda palpatsiya qilinadi: bemorning qarama-qarshi qo‘li bilagining 
    pastki uchdan bir qismini ushlab, uning qo‘lini tirsak bo‘g‘imidan bukiladi va 
    keyin shifokor boshqa qo‘lining (bemorning tekshirilayotgan qo‘li bilan bir xil 
    qo‘li) ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlari bilan bo‘ylama sirg‘aluvchi harakatlar bilan 
    sulcus bicipitalis lateralis et medialis tirsak darajasi va biroz yuqoriroqda 
    paypaslanadi. Agar limfatik tugunlar palpatsiya qilinsa, unda quyidagilarni 
    aniqlash lozim: − miqdori (ko‘p, kam, kamdan-kam uchraydigan); − kattaligi; − 
    konsistensiyasi (yumshoq,elastik, tig‘iz); − harakatchanligi; − atrofidagi tugunlarga 
    munosabati (tugunlar bir-biridan ajralgan yoki paketlarga jipslashgan); − atrofidagi 
    to‘qimalarga,teriga va teri osti biriktiruvchi to‘qimalariga munosabati (jipslashgan 
    yoki jipslashmagan); − palpatsiya paytidagi sezuvchanligi (og‘riq sezuvchan yoki 
    og‘riq sezmaydi). Periferik limfatik tugunlarni tekshirish paytida quyidagi 
    holatlarni tavsiflash lozim 
    3. abdominal limfatik tugunlar Perkussiya 1. Qorataloq perkussiyasi: – 
    gorizontal holatda joylashgan barmoq-plessimetr yordamida taxminan V–VI 
    qovurg‘alardan tepadan pastga qaratib, aniq o‘pka shovqinidan bo‘g‘iqlashguncha 
    (nuqta barmoq-plessimetr ustiga quyiladi – normal holatda uning tepa chekkasi IX 
    qovurg‘a ustida joylashadi) perkussiya o‘tkaziladi. Keyinchalik pastdan – bel 
    darajasidan yuqoriga perkussiya qilinadi, bunda quti ichidagi shovqindan to 
    bo‘g‘iqlashguncha (nuqta barmoq-plessimetr ostiga quyiladi – normal holatda 
    uning pastki chekkasi XI qovurg‘a ustida joylashadi). Nuqtalar orasidagi masofa – 
    qorataloqning tepa va pastki chetlari – uning ko‘ndalang hajmi; – shundan so‘ng, 
    taxminan qorataloqning ko‘ndalang chizig‘i o‘rtasi darajasida (ko‘p holatlarda X 
    qovurg‘a bo‘ylab) uning uzunligi aniqlanadi. Orqadan barmoq-plessimetr 
    qovurg‘aga perpendikulyar holatda joylashgan bo‘lib, lateral yo‘nalish bo‘ylab 
    harakatlanadi (orqa qo‘ltiq va kurak oralig‘i chiziqlari chapidagi joydan boshlab) 
    aniq o‘pka shovqinidan to bo‘g‘iq tovushgacha (nuqta aniq o‘pka tovushi chiqish 
    tomoniga qo‘yiladi). Oldidan, qovurg‘a yoyi cheti boshlanish qismidan qorin 
    to‘g‘ri mushagining tashqi chap tomoni bo‘ylab parallel ravishda joylashgan 


    barmoq-plessimetr ham bo‘g‘iqlashguncha lateral yo‘nalishda harakatlanadi (nuqta 
    barmoq-plessimetr ichki tomonidan qo‘yiladi). Olingan nuqtalar orasidagi masofa 
    qorataloq uzunligining hajmiga teng bo‘ladi. Qorataloqning o‘rtacha hajmi 
    (ko‘ndalang x uzunlik) 3x4 – 5x6 sm. 2. To‘qnuqsonish ko‘rinishidagi bevosita 
    perkussiya paytida aniqlangan og‘riq sezuvchanlik. 3. Barmoq falangasi bilan 
    naysmion suyaklar va ko‘krak suyagini palpatsiya qilish – suyak ko‘migining 
    haddan ortiq qon bilan to‘lganligi alomati.
    4. Ko‘krak qafsining limfatik tugunlarini tekshirish paytida quyidagi 
    simptomlar aniqlanadi: Korani simptomi bevosita perkussiya yordamida aniqlanadi 
    (odatda uchinchi barmoq bilan), ya’ni quyidan yuqoriga VII–VIII ko‘krak umurtqa 
    suyaklaridan ostit o‘smalari bo‘ylab. Bu jarayonda: 
    • sog‘lom go‘daklarda II ko‘krak umurtqa suyagi darajasida perkutor 
    shovqinning bo‘g‘iqlashishi paydo bo‘ladi; 
    • katta yoshdagi bolada bo‘g‘iqlik IV ko‘krak umurtqa suyagi darajasida 
    eshitiladi. Agar bo‘g‘iqlik aytib o‘tilgan umurtqa suyaklaridan pastroqda paydo 
    bo‘lsa – demak, Korani simptomi mavjud. Bu esa paratraxeal va bifurkatsion 
    limfatik tugunlar jarohatlanganidan dalolat beradi. Arkavin simptomi. Agar 
    perkussiya paytida old qo‘ltiq chiziqlari bo‘ylab pastdan tepaga – qo‘ltiqdagi 
    chuqurchalar tomon qisqarish kuzatilmasa – simptom salbiy. Bo‘g‘iq shovqinning 
    paydo bo‘lishi – simptom borligi tasdig‘i – bu esa bronxopulmonal tugunlar 
    kattalashuvi alomati. Filosofov kosachasi simptomi I va II qovurg‘alar oralig‘ining 
    ikki tomoni tashqarisidan ichkariga – ko‘krak suyagi yo‘nalishiga qarab, 
    barmoqplessimetrni unga parallel ravishda joylashtirib, baland to‘qnuqsonish 
    yordamida aniqlanadi. Normal holatda bo‘g‘iqlik ko‘krak suyagi ustida aniqlanadi 
    – bu mazkur simptom yo‘qligidan dalolat beradi. Agar bo‘g‘iqlik ko‘krak suyagi 
    chetlariga yetguncha paydo bo‘lsa (old muhitida joylashgan limfatik tugunlar 
    jarohati mavjud). simptom borligi tasdiqlanadi.  

    Download 1,24 Mb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi

    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish