• TEKSHIRISH USULI
  • SUYAK KO‘MIGINING ANATOM-FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet107/109
    Sana15.11.2023
    Hajmi1,24 Mb.
    #99164
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109
    Bog'liq
    BKP 5 semestr

    SUYAK KO‘MIGINING ANATOM-FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI
    Suyak ko‘migi ilk bora ona qornidagi rivojlanishning 2-oyida o‘mrovda hosil 
    bo‘ladi. Bir oy o‘tgach u tekis suyaklarda (kurak, bosh chanog‘i suyaklari, 
    qovurg‘alar, ko‘krak suyagi va boshq.) va umurtqada paydo bo‘ladi. 4-oyning 
    boshida qo‘l-oyoqlarning naysimon suyaklarida hosil bo‘ladi. Xomilaning 11-
    Ghaftasigacha suyak ko‘migilar osteogen funksiyani bajaradi. gemopoez 
    hujayralari 12–14 haftalarda shakllanadi. 20–28 haftalarda suyak ko‘migi kanali 
    paydo bo‘ladi, natijada suyak ko‘migi asosiy qon hosil qiluvchi a’zo funksiyasini 
    bajara boshlaydi. Ona qornidagi rivojlanishning oxirgi oyida naysimon suyaklar 
    diafizi suyak ko‘migilarida yog‘li hujayralar paydo bo‘ladi, shu jarayonda 


    epifizalarda qon hosil qilish uyachalari tashkil topadi. Bolalik yoshida qon hosil 
    qiluvchi qizil suyak ko‘migi naysimon suyaklar epifiza va diafizalari va yassi 
    suyaklarning gubkasimon moddalarida joylashadi. 12–18 yoshlarda qizil suyak 
    ko‘migi diafizalarda tarkibiga yog‘li hujayralar – adipotsitlar kiruvchi sariq suyak 
    ko‘migi bilan to‘ladi. Normal holatlarda sariq suyak ko‘migi qon hosil qilish 
    funnksiyasini bajarmaydi, biroq ko‘p qon yo‘qotilganda va ayrim patologik 
    holatlarda unirng tarkibida miyelopoeza o‘choqlari paydo bo‘ladi. 
    TEKSHIRISH USULI 
    Shikoyatlarni to‘plash Ko‘p uchraydigan shikoyatlarga quyidagilar kiradi: − 
    qon ketishi; − qon quyilishi; − limfatik tugunlar kattalashishi; − teri qoplami va 
    shilliq qavatlarining oqarishi; − ossalgiya – suyaklardagi og‘riq; Umumiy tarzdagi 
    shikoyatlar: − gipertermiya; − bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi; − toliqish, zaiflik; − 
    xotira buzilish; − ishtahaning yomonlashuvi; − jismoniy yuklama paytidagi 
    hansirash; Kasallik anamnezi Kasallik anamnezini yig‘ayotganda quyidagilarga 
    e’tibor qaratish kerak: − kasallik alomatilari paydo bo‘lgan dastlabki kunni aniq 
    belgilash, ularning paydo bo‘lish sabablari, ayniqsa qon ketishi va qon quyilishi 
    (beixtiyor, jiddiy yoki tashqi jarohatlanish ta’sirida, zarba olish oqibatida, oftob 
    urishi, jismoniy zo‘riqish); − patologik simptomlar dinamikasini surishtirish (yangi 
    elementlar qachon paydo bo‘lshanligi, birdaniga yoki ketma-ket); − o‘tkazilgan 
    muolajani aniqlash, jumladan, qabul qilingan dori vositalari dozasi va muddati, 
    ularning samaradorligi; − ehtimoliy laboratoriya va boshqa tekshirish usullari 
    natijalari bilan tanishish; − agar kasallik takrorlangan va uning navbatdagi 
    kuchayishi bo‘lsa, oldingi o‘xshash holatlar, ularning davomiylik vaqtini aniqlash 
    bilan birga klinik belgilari, o‘tkazilgan muolaja va h.k. so‘rabsurishtirilishi kerak. 
    Ko‘rik Tashqi ko‘rik o‘tkazish paytida quyidagi belgilar aniqlanadi: – bemorning 
    holatti (faol, passiv, majburiy); – qon ketishi – uning lokallashuvi, jadalligi, 
    davomiyligi. Teri qoplami rangi: − rangi o‘chganligi – eritrotsitlar va 
    gemoglobinlar miqdori kamayishi natijasi; terining tez oqarib ketishi – kuchli vqon 
    oqishi; − jazavaga tushish – giperbilirubinemiya paydo bo‘lishi oqibatida patogen 
    kelib chiqishining namoyon bo‘lishi. Birinchi navbatda bilirubinofilli to‘qimalar 


    deb ataluvchi – sklerlar, qattiq tanglay shilliq qavati, kaftlar terisi, oyoq kaftlari, 
    ko‘raklar oralig‘i sarg‘ayishi kuzatiladi; − sianoz – ushbu kasallik mavjudligida 
    lokalizatsiya qilish lozimligiga ko‘rsatma beriladi, masalan, anemiyasi mavjud 
    bolalarda ko‘pincha periorbital sianoz bo‘ladi; − albinizm, leykizm – normal 
    tug‘ma pigmentatsiya yo‘qligi, birinchi navbatda, sochlar va qovoqlarning 
    rangsizlanishida namoyon bo‘ladi.
    Kamdan-kam hollarda teri pigmentatsiyasi, bu holat to‘liq albinizm deb 
    ataladi (bunday shaxslar albinos deb atalishadi). Bu kamdan-kam uchraydigan 
    nasldan-naslga o‘tadigan qon kasalliklaridan biri hisoblanadi; − olcha-qizil rangi – 
    politsitemiya alomati: − yashilsmion rang – leykozning tashqi alomati. Dog‘ 
    shaklidagi toshma – bu darajasi va tig‘izligi buzilmagan holda, aniq chegaralarda 
    teri rangining o‘zgarishi. Ko‘pgina qon kasalligiga xos bo‘lgan dog‘lar ko‘p 
    hollarda gemorragik kelib chiqishning o‘ziga xos belgisi hisoblanadi, ya’ni 
    ularning paydo bo‘lishiga qon quyilishi sabab bo‘ladi. Hajmiga ko‘ra dog‘lar 
    quyidagicha nomlanadi: • petexiyalar — kichik hajmdagi, nuqtasimon taxminan 1–
    2 mm ga teng qon quyilishi; • to‘q qizil rangli dog‘lar — hajmi 2–5 mm li, odatda 
    dumaloq shaklda uchraydi; • ekximozlar (eskicha ko‘karish, momataloq) — hajmi 
    5 mm li, noto‘g‘ri shaklda qon quyilishi; ( dog‘larning lokallashishi, shu jumladan, 
    ularning simmetriklik xususiyati bor yo yo‘qligi; ( qon quyilishi rangi – qizil rang 
    yangiligi, keyin ular ko‘k va jigarrang bo‘li, bir necha kundan so‘ng salat tus va 
    sariq rang kasb etadi. ( dog‘larning soni – agar ular bir nechta bo‘lsa, aniq soni 
    ko‘rsatiladi; toshmalarning soni ko‘p va hisoblash imkoni bo‘lmasa, toshmalar soni 
    ko‘p miqdorda deb yoziladi. Bayon qilingan dog‘lar, ko‘rsatib o‘tilganidek, qon 
    quyilishi natijasida paydo bo‘ladi. Biroq ko‘plab patologik holatlar mavjud, 
    ko‘pincha infeksion, ularning klinik alomatlari ko‘p holatlarda 1–2 mm dan to 1– 2 
    sm gacha bo‘ladigan dog‘lardir, ayrim hollarda katta hajmdagilari ham uchraydi. 
    Ikkala guruhdagi dog‘lar ham tashqi jihatdan juda o‘xshash bo‘ladi, ammo 
    ularning tashkil bo‘lish mexanizmi turlicha; infeksion kasalliklar asosida (qizamiq, 
    qizilcha va boshq.) yallig‘lanish jarayoni yotadi va ushbu fonda terining qon 
    tomirlari kengayishi kuzatiladi, bu esa terining dog‘lar ko‘rinishidagi qizarishini 


    vizual aniqlash imkonini beradi: − enantema — shilliq qobiqchalardagi 
    toshmalarning umumiy nomlanishi; − gemorragiya – ko‘rish mumkin bo‘lgan 
    shilliq qobiqlar va terining har qanday yuzasida paydo bo‘ladigan qon quyilishi; − 
    gematoma — teri osti hujayralari, mushak to‘qimalari, qorin bo‘shlig‘i orqasi va 
    boshqa qismlarda quyilgan shishsimon qon yig‘ilishi; 

    Download 1,24 Mb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    SUYAK KO‘MIGINING ANATOM-FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI

    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish