olish markazi faollashishi, o‘pkaning havo bilan to‘lishi va funksional qoldiq
sig‘imi
shakllanishi, o‘pkaning alveolyar suyuqlikdan xals bo‘lishi va uning
ajralishi to‘xtashi, o‘pka tomirlarining kengayishi va o‘pkadagi tomirlar
qarshiligining
pasayishi, o‘pkadagi qon aylanishining oshishi va fetal
kommunkatsiyalar yopilishi ro‘y beradi. O‘pkaning to‘g‘rlanishi holatiga bog‘liq
bo‘lmagan holda bola hayotining dastlabki 2–3 kuni davomida o‘pkaning daqiqalik
havo almashishi kattalarnikiga nisbatan 1.5–2 barobar ko‘proq bo‘ladigan
tug‘ilishdagi atsidoz kompensatsiyaga yo‘naltirilgan tranzitor giperventilyatsiya
kuzatiladi. Alveollardagi yuza qatlam tortishishi
hajmi regulyatsiyasi tashqi
tomondan – lipoproteid tabiatli faol moddalar yordamida amalga oshiriladi
(surfaktant). Surfaktantning asosiy fosfolipidlari – bu fosfatidilxolin (letsitin) va
sfingomiyelin.Fosfolipidlar sintezi ona qornidagi hayotning 21–23 haftalarida
boshlanadi.
Antenatal davr oxiriga kelib, birinchi nafas olishdagi alveollarning
ustki tortishishini pasaytiruvchi letsitin darajasi 5–barobar yuqori bo‘ladi. Birinchi
nafas olish harakati ―gasp‖, ya’ni –chuqur nafas olish va qiyin nafas chiqarish
holatida amalga oshadi (―inspirator chaqnashlar‖). Birinchi nafas hajmi – 60 ± 20
ml. Nafas olishning apnoetik turi o‘ziga xos bo‘ladi:
beqaror ritm, notekis
pauzalar, chuqur nafas olishning ustkilari bilan almashinuvi. Nafas olishning ona
qornidagi hayot bilan moslashishi 30 daqiqadan so‘ng boshlanadi: nafas olish ritmi
tartibsizligi
kamayadi, nafas olish chuqurligi ko‘payib, tezligi pasayadi. 2–3
soatdan so‘ng chaqaloqning nafas olishi nisbatan maromlashadi.