5. Chaqaloqning alveolasi katta odamning alveolasiga qaraganda 4
barobar
kichikroq bo‘ladi. Bola ayotining dastlabki ikki yilida yangi alveolaning intensiv
rivojlanishi kuzatiladi. 2 yoshga kelib atsinusning rivojlanishi katta odamnikiga
bittagina
farq bilan mos keladi, ya’ni alveolasi kichikroq bo‘ladi. Keyinchalik
ularning kattalashishi bilan jarayoni davom etadi va 8 yoshiga kelib, ushbu jarayon
to‘lig‘icha yakunlanadi. 6. Respirator traktning shakllanishi 4- haftadan
boshlanadi. O‘pka to‘qimasining differensiatsiyasi ona
qornidagi rivojlanishning
18–20-haftasida boshlanadi. Alveolalar bronxiolalardagi o‘smalar ko‘rinishida
paydo bo‘ladi va butun gestatsion yosh davrida shakllanadi.
Alveolalarning epitiley qoplami homila rivojining 6-oyida paydo bo‘ladigan
alveolotsitlarning 2 turidan iborat bo‘ladi. Alveolotsitlarning I turi alveollar
yuzasini deyarli to‘liq qoplaydi (95 foiz). Qolgan 5 foiz maydon – bu
alveolotsitlarning II turi bo‘lib, quyidagi 2 funksiyani bajarishadi:
a) alveolotsitlarning I turi jarohatlanganda ularning o‘rnini bosadi;
b) asosiy funksiya – surfaktantning tashkil topishi.
Tabiat tomonidan surfaktantning muhim hayotiy vazifa yuklangan – u
havodan iborat terminal maydonlar hajmini stabillashtiradi – birinchi navbatda
alveollar hajmini. Alveolalarda to‘liq
ingichka qatlam tashkil qilib, surfaktant
alveollarning radiusiga qarab yuqori qatlamning tortilishini o‘zgartiradi. Nafas
olish paytida alveollarning hajmi katta bo‘lganida yuqori tortilish ko‘payyadi, bu
esa nafas olishga qarshilikni kuchaytiradi. Nafas olish vaqtida alveollarning hajmi
kam bo‘lsa, tortishish anchagina kamayadi (20–50 martagacha).
Shu bois nafas
chiqarish paytida alveollarning tushib ketishi ro‘y bermaydi.
Massasi 500–1000 g dan kam bo‘lmagan homilada surfaktant shakllanadi.
Chaqaloqning gestatsion yoshi qancha kam bo‘lsa, surfaktant yetishmovchiligi
shuncha ko‘p bo‘ladi, bu esa o‘pka patologiyasi ehtimolini oshiradi.
7. Bolaning to‘liq o‘sish paytida o‘pka to‘qimasining intensiv o‘sishi ro‘y beradi,
biroq turli ko‘rsatkichlar darajasi bir xil bo‘lmaydi: o‘pka hajmi 20 barobardan
ko‘proq kattalashadi, o‘pkaning og‘irligi – 10–15 barobar, alveollarning soni 15
barobar (20 mln dan to 300 mln gacha) ortadi. Nafas olish yo‘llari bo‘ylab
quyidagi limfatik bezlar ko‘krak ichi limfatik bog‘lamlar joylashadi:
– traxeallilari —traxeya bo‘ylab joylashadi;
– traxeobronxiallilar (bifurkatsionlar) —traxeo-bronxial burchakda (yuqoridagi) va
traxeya bifurkatsiyasi joyida birinchi tartib bronxlar oralig‘ida (quyida)
joylashgan;
– bronxo-pulmonallilar — o‘pkaning ildizida joylashgan va o‘pkadagi birinchi
tartib bronxlari kirishgan joyda joylashgan;
– o‘pkalilar —bronxlarning bo‘laklar va segmentlarga bo‘lingan joyida;
– orqa va old o‘rta devorlilarda;
– ko‘krak atrofidagilarda.
A.I. Strukov bolalarda o‘pka rivojlanishini 4 davrga ajratgan.
I davrda (tug‘ilganidan to 2 yoshgacha) ayniqsa alveollarning intensiv rivojlanishi
ro‘y beradi.
II davrda (2 yoshdan to 5 yoshgacha) egiluvchan to‘qima,
peribronxial mushak
bronxlari va undagi limfoid to‘qimalar intensiv rivojlanadi. Maktabgacha bo‘lgan
yoshdagi bolalarda surunkali pnevmoniyaning boshlanishi va og‘ir kechadigan
pnevmoniya holatlarining ortishi shu bilan izohlanishi mumkin.
III davr (5–7 yosh) maktabgacha va maktab yoshidagi bolalardagi pnevmoniyaning
ancha bezarar kechishini ta’minlaydigan atsinus strukturasi to‘liq yetilishi ro‘y
beradi. IV davr (7–12 yosh) yetilgan o‘pka to‘qimasi massasining kattalashishi yuz
beradi.