tomonida turadi; umuman olganda, perkussiya yo‘li bilan aniq ma’lumotlarni olish
uchun shifokor egallaydigan holat uning uchun qulay bo‘lishi lozim.
4. Bemorning holati uning yoshi va ahvolining og‘irligiga bog‘liq:
– 2 yoshga to‘lgan bola tik turgani yaxshi yoki ko‘krak
qafasining simmetrik
qismlari bir xil joylashgan holda o‘tirishi lozim;
– emadigan chaqaloqni ona vertikal holatda ushlashi, o‘ziga bosib turishi va bola
tanasining ikki tomonini simmetrik holatda saqlab turishi kerak;
– 2-3 oylik bemor chaqaloqning perkussiyasini old tomonidan bola orqasida
yotgan holatda, orqa tomonidan – bolaning ko‘kragini shifokor qo‘lining kaftiga
yotqizga holda amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. – og‘ir ahvolda bo‘lgan
bolaning perkussiyasi u mavjud bo‘lgan holatda amalga oshiriladi, va bu jarayonda
bola ko‘krak qafasining o‘ng va chap yarmi simmetrik
holatda turishi ustidan
kuzatib turiladi.
5. Tik holatda turgan bolaga perkussiya amali qilinayotganda u qo‘llarini
bo‘shashtirishi va pastga tushirishi lozim.
– orqa tomondan perkussiya qilinayotganda bemorning boshini tushirish, biroz
oldinga egashish,
yelkalaridan ushlab turib, qo‘llarini old tomonda birlashtirish
maqsadga muvofiqdir – bu bolaning kuraklarini umurtqadan uzoqlashtirish va
perkussiya qilinayotgan maydonni kengaytirishga imkon beradi.
– ko‘krak qafasining yon yuzalari perkussiya qilinayotganda bola qo‘llari
bilan
qarama-qarshi yelka bo‘g‘imini ushlab olishi yoki kaftlarini ensaga tashlashi
mumkin.
6. Bemor xotirjam bo‘lishi va yig‘lamasligi kerak. Aks holda perkussiya bola
qichqirishlari orasidagi tanaffuslar (bolan navbatdagi nafas olayotganda)
vaqtida
o‘tkaziladi.