-mavzu. Bolalarda tanqislik kamqonliklari




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/109
Sana15.11.2023
Hajmi1,24 Mb.
#99164
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   109
Bog'liq
BKP 5 semestr

4-mavzu. Bolalarda tanqislik kamqonliklari 
 


Qon tizimi zararlanganligining asosiy sindromlari Anemiya sindromi. Erta 
yoshdagi bolalarda anemiya ayniqsa ko‘p kuzatiladi. Anemiya deganda 
gemoglobin (110 g/l dan kam) yoki eritrotsitlar (4x1012/l dan kam) yoxud 
ikkovining ham miqdori kamayib ketishi holati tushuniladi. Gemoglobin kamayib 
ketishi darajasiga qarab anemiyaning yengil (Hb 90–110 g/l), o‘rtacha og‘ir (Hb 
60–80 g/l) va og‘ir (Hb meneye 60 g/l) shakllari mavjud bo‘ladi. Anemiya klinik 
jihatdan teri va ko‘rinadigan shilliq pardalari rangsizligining turli darajasi orqali 
namoyon bo‘ladi. O‘tkir anemiya yuzaga kelganda (postgemorragik holatlar) 
bemorlar bosh aylanishi, quloqlardagi shovqinga shikoyat qiladilar, yurak ustida 
sistolik shovqin, tomirlarda esa - «pildiroq» shovqini eshitiladi. Ilk uch yil hayot 
kechirayotgan bolalarda temir tanqisligi anemiyasi, maktab yoshidagi o‘g‘il-
qizlarda esa – aniq ko‘rinadigan yoki yashirin qon ketishlardan (ayniqsa oshqozon-
ichak, buyrak va bachadondan) keyin rivojlanadigan postgemorragik anemiyalar 
kuzatiladi. Anemiyadan aziyat chekadigan bemorlar iligining tiklanish 
(regeneratsiya) qobiliyatini bilish juda muhim. Shu maqsadda retikulotsitlar soni 
aniqlanadi. Retikulotsitoz doimo suyak ko‘migining yetarli darajadagi tiklanish 
funksiyasidan dalolat beradi. Ayni paytda periferik qonda retikulotsitlar yo‘qligi 
yoki ular kam sonda bo‘lishi (anemiya darajasiga muvofiq emas) gipoplaziyaning 
(gipoplastik anemiyalar) alomatlaridan biri bo‘lishi mumkin. Anemiya holatida, 
odatda, noto‘g‘ri shakldagi – poykilotsitoz – va turli miqdordagi – anizotsitoz – 
eritrotsitlar aniqlanadi. Gemolitik anemiyalar alohida o‘rin egallaydi. Ular tug‘ma 
yoki orttirilgan bo‘lishi mumkin. Klinik jihatdan gemoliz ko‘pincha tana 
haroratining ko‘tarilishi, rang o‘chishi va turli darajadagi sariq kasal, jigar va 
qorataloq kattalashishi bilan kechadi. Minkovskiy-Shoffaraning gemolitik 
anemiyasida mikrosferotsitoz kuzatiladi. Orttirilgan gemolitik anemiyalarda 
eritrotsitlar o‘lchamlari odatda o‘zgarmaydi. Ko‘pincha gemoliz sindromi 
eritrotsitopatiyalar (eritrotsitlarda fermentlar faolligi pasayishiga asoslangan) va 
gemoglobinopatiyalar (gemoglobinning globin qismi tuzilishi tug‘ma buzilishiga 
asoslangan) holatlarida kuzatiladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning homila va ona 
eritrotsitlarining antigenlari bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi sababli yuzaga keladigan 


gemolitik xastaligi alohida o‘rin egallaydi. Bunday qarama-qarshilik rezus-faktor 
(Rh) yoki AV0 tizimi bo‘yicha bo‘lishi mumkin. Birinchi shakli birmuncha 
og‘irroq kechadi. Bunday holatlarda homila eritrotsitlari onaning qon oqimlariga 
o‘tib qoladi va gemolizinlar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Gestatsion yosh ortishi 
sari ona gemolizinlari transplatsentar tartibda homilaga o‘tadi va eritrotsitlar 
gemolizini yuzaga keltiradi, bu esa klinik jihatdan bola tug‘i layotganda anemiya, 
og‘ir sariq kasal (to yadroliga qadar), jigar va qorataloq kattalashishi orqali 
namoyon bo‘ladi. O‘ta og‘ir shakllarda (homila istisqosi) homila nobud bo‘lishi 
mumkin. Leykotsitoz va leykopeniya sindromlari. Oq qonning o‘zgarishi 
leykotsitlar soni ko‘payishi yoki kamayishi bilan ifodalanishi mumkin. 
Leykotsitlar soni ko‘payishi (bolalarda 10×109/l dan baland) leykotsitoz, 
kamayishi (5×109/l dan past) esa – leykopeniya deb ataladi. Leykotsitlar soni oq 
qonning qaysi formali elementlari hisobiga ko‘payishi yoki kamayishi ro‘y 
berishini bilish muhim ahamiyatga ega. Leykotsitlar soni o‘zgarishi ko‘proq 
neytrofillar yoki limfotsitlar hisobiga sodir bo‘lishi mumkin. Eozinofillar va 
monotsitlar soni o‘zgarishi kamroq kuzatiladi. Neytrofilli leykotsitoz – ya’ni 
mutlaq neytrofilyoz – septik va yiringli-yallig‘lanish kasalliklariga (sepsis, 
pnevmoniya (zotiljam), yiringli meningitlar, osteomiyelit, appenditsit, yiringli 
xoletsistit) mansubdir. Yiringli-septik xastaliklar holatlarida neytrofilyoz 
birmuncha yosharish – ya’ni leykotsitar formulasi chap tomon tayoqcha-yadroli va 
yosh, kamroq holatlarda miyelotsitlargacha siljishi bilan kechadi. Difteriya va 
skarlatinaga chalinganda neytrofilyoz kamroq ifodalangan bo‘ladi. Qonning 
yomon sifatli kasalliklarida – gemopatiyalarda (ayniqsa leykozlarda) – alohida 
yuqori leykotsitoz kuzatilishi mumkin bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyatlari 
periferik qonda yetilmagan formali elementlar (limfo– va miyeloblastlar) 
mavjudligi bilan ifodalanadi. Surunkali leykozda leykotsitoz ayniqsa baland 
bo‘ladi (bir necha yuz minglab), shuningdek oq qon formulasida leykotsitlarning 
barcha o‘tish shakllari mavjud. O‘tkir leykozda qon formulasida odatda hiatus 
leucemicus kuzatiladi va bunday holatda periferik qonda ham o‘ta yetilmagan 
hujayralar, ham kichik miqdorda o‘tish shakllari mavjud bo‘lmagan yetilgan 


hujayralar (segment-yadroli neytrofillar) bor bo‘ladi. Limfotsitar leykotsitoz – 
mutlaq limfotsitoz – simptomsiz infeksion limfotsitozga (ba’zan 100×109/l dan 
yuqori), ko‘kyo‘tal (20×109/l –30×109/l), infeksion mononukleoz uchun xosdir. 
Oxirida birinchi bo‘lib tilga olingan ikkita xastaliklarda limfotsitlar yetuk bo‘ladi, 
infeksion mononukleoz holatida esa g‘ayrioddiy – keng sitoplazmali shaklda 
bo‘ladi. Yetilmagan hujayralar – limfoblastlar – hisobiga yuzaga keladigan 
limfotsitoz limfoidli leykoz uchun xosdir. Virusli infeksiyalarda (gripp, ORVI, 
qizamiq, qizilcha va h.k.) nisbiy limfotsitoz kuzatiladi. Periferik qonda eozinofillar 
soni ko‘payishi bilan ifodalanadigan eozinofilli leykemoidli reaksiyalar allergik 
kasalliklar (bronxial astma, zardob xastaligi), gijjali invaziyalar (askaridoz, 
toksokaroz va h.k.) va protozoyli infeksiyalarga (lyamblioz va h.k.) xos bo‘ladi. 
Ba’zan tabiatini doim ham tushunib bo‘lmaydigan monotsitar leykemoidli 
reaksiyalar kuzatiladi. 
Leykopeniyalar ko‘proq neytrofillar – neytropeniyalar kamayishi hisobiga 
kuzatiladi. Neytropeniyalar deb bolalarda leykotsitlarning (neytrofillar) mutlaq 
soni yosh me’yorlariga nisbatan 30 foizga kamroq pasayib ketishi aytiladi. 
Neytropeniyalar tug‘ma va orttirilgan bo‘lishi mumkin. Ular ko‘pincha ich 
terlamadan tuzalayotgan davrda, brutsellyozda, qizamiq va qizilcha davrida, 
bezgakka chalinganda dori vositalarini (ayniqsa onkologik bemorlarni davolashda 
qo‘llaniladigan sitostatik preparatlar – 6-merkaptopurin, siklofosfan va boshqalari 
hamda sulfanilamidlar, amidopirin). Leykopeniyalar virusli infeksiyalar hamda 
o‘ta og‘ir kechishi bilan ajralib turadigan qator kasalliklar uchun xosdir.
Neytropeniya og‘ir anemiya bilan birgalikda gipoplastik anemiyada 
kuzatiladi. Nisbiy va mutlaq limfopeniya immunitet tanqisligi holatlarida 
kuzatiladi. U immunitet tanqisligining klinik alomatlari paydo bo‘lgandan boshlab 
bir necha oydan keyin rivojlanadi (asosan T–limfotsitlar hisobiga). «Gemorragik 
sindrom» atamasi ostida burunning shilliq pardalaridan kuchli qon ketishi, teri va 
bo‘g‘imlarga qon quyilishi, oshqozon-ichakda qon ketishi va shu kabi holatlar 
tushuniladi. Klinik amaliyotda qon oqishining bir necha turlarini ajratish maqsadga 
muvofiq. 


1. Gematomali turida teri ostidagi kletchatkaga (biriktiruvchi to‘qima), 
aponevrozlar ostiga, serozli qobiqlarga, mushaklar va bo‘g‘imlarga keng qon 
quyilishlari aniqlanadi va shakli o‘zgaruvchan artrozlar, kontrakturalar, patologik 
sinishlar rivojlanadi. Profuzli posttravmatik va operatsiyadan keyingi qon 
ketishlari, kamroq – o‘z-o‘zidan yuzaga keladigan qon oqishlari kuzatiladi. 
Kechki, ya’ni jarohatlanish ro‘y bergandan so‘ng bir necha soatdan keyin qon 
ketishi xususiyatlari ifodalangan. Qon ketishining gematomali turi A va V 
gemofiliyasi uchun xos (VIII va IX omillar tanqisligi). 
2. Petexial–olachipor yoki mikrotsirkulyatorli turi terida va shilliq pardalarda 
yuzaga keladigan petexiyalar, ekximozalar hamda o‘z-o‘zidan yoki kichik 
jarohatlanishlarda burun, milk, buyraklarda yuzaga keladigan qon ketishlari bilan 
ifodalanadi. Gematomalar kam paydo bo‘lganda tayanch-harakat apparati 
azoblanmaydi. Operatsiyadan keyingi qon ketishlari, tonzillektomiyadan so‘ng 
bo‘ladigan qon oqishlaridan tashqari, kuzatilmaydi. Miyaga qon ketishlari tez 
bo‘lib turadi va juda xavfli; odatda ulardan oldin teri va shilliq pardalarga qon 
quyiladi. Mikrotsirkulyatorli turi trombotsitopeniyalar va trombotsitopatiyalarda, 
gipo – va disfibrinogenemiyalarda, X, V va II omillar tanqisliklarida kuzatiladi.
3. Aralash (mikrotsirkulyatorli–gematomali) turi avval aytib o‘tilgan ikkita 
shakllar birikmasi va ayrim xususiyatlar bilan ifodalanadi: mikrotsirkulyatorli turi 
ustun turadi, gematomali turi (asosan teri ostidagi kletchatkaga qon quyilishi) kam 
namoyon bo‘ladi. Bo‘g‘imlarga qon quyilishi kam uchraydi. Qon ketishining 
bunday turi Villebrand kasalligida va Villebrand–Yurgens sindromida kuzatiladi, 
chunki plazma omillarining (VIII, IX, VIII+V, VII, XIII) koagulyantli faolligi 
tanqisligi trombotsitlar disfunksiyasi bilan qo‘shiladi. Orttirilgan shakllar orasidan 
qon ketishining bu turiga qon tomir ichida quyulib qolishi sindromi, 
antikoagulyantlarning miqdori (dozasi) oshib ketishi sabab bo‘lishi mumkin. 
4. Vaskulit–qirmizi turi immun-allergik va infeksion-toksik buzilishlar 
sharoitida mikrotomirlarda ekssudativ-yallig‘lanish holatlari sababli yuzaga keladi. 
Ushbu guruhning eng tarqalgan xastaligi gemorragik vaskulit (yoki Shenleyn-
Genox sindromi) hisoblanadi. Gemorragik sindrom asosan qo‘l-oyoqlarning yirik 


bo‘g‘imlari qismida sog‘lom teridan aniq ajralib turgan elementlar bilan 
ifodalanadi. Ushbu elementlar bo‘g‘imlar yuzasidan papulalar, g‘urralar, 
pufakchalar ko‘rinishida bo‘rtib chiqib, nekrozlar va qobiqlar paydo bo‘lishi bilan 
kechadi. Bu jarayon to‘lqinsimon davom etishi, elementlar rangi to‘q qizildan sariq 
ranggacha o‘zgarishi va teri mayda maydalanib tushishi bilan kechishi ehtimoli 
bor. Gemarragik vaskulit turida ko‘p miqdorda qon ketishi, qusish va makro–va 
(ko‘proq) mikrogematuriyali abdominal krizlar ro‘y berishi mumkin. 
5. Angiomatozli turi teleangiektaziyalarning turli shakllari uchun xosdir. Eng 
ko‘p kuzatidigan turi – Randyu–Osler kasalligidir. Qon ketishining bu turida 
teriga, teri ostidagi kletchatkaga va boshqa organlarga o‘z-o‘zidan va 
posttravmatik holatda qon quyilishlari kuzatilmaydi, lekin angiomatozli o‘zgargan 
tomirlar qismlaridan – burundan, ichaklardan, kamroq – gematuriya va o‘pkadan 
takroriy qon ketishlari ro‘y beradi. 
Qon ketishining ushbu variantlarini klinik ajratish gemorragik sindrom 
diagnozini (tashxis) yoki sababini aniqlashtirish uchun zarur bo‘lgan laboratoriya 
tadqiqotlarining majmuini aniqlashga imkon beradi.
Limfatik tugunlar kattalashishi sindromi. Limfatik tugunlar turli infeksiyalar, 
qon xastaliklari, shishlar paydo bo‘lishi va shu kabi jarayonlarda yiriklashishi 
mumkin. 
1. Limfatik tugunlar bir guruhining (regionarli) ular ustidagi teri qoplami 
mahalliy ta’sirlanishi (giperemiya, shish), og‘riq berishi shaklida jiddiy 
yiriklashishi stafilo– va streptokokkli infeksiya holatida (piodermiya, furunkul, 
angina, otit, infeksiyaga chalingan yara, ekzema, gingivit, stomatit va h.k.) yuzaga 
keladi. Ba’zan limfatik tugunlar yiringlashadi va bu tana harorati ko‘tarilishi bilan 
kechadi. Qizilcha, skarlatina, infeksion mononukleoz, o‘tkir respirator-virusli 
kasalliklarda ensa, bo‘yin orti, tonzillyar va boshqa limfatik tugunlarning 
diffuziyali kattalashishi kuzatiladi. Katta yoshdagi bolalarda lakunar anginada, 
halqum difteriyasida jag‘osti va tonzillyar limfatik tugunlarning reaksiyasi yaqqol 
ifodalangan. 


2. O‘tkir yallig‘lanish holatlarida limfadenit deyarli doimo tezda yo‘q bo‘lib 
ketadi. Lekin surunkali infeksiyalarida, masalan, sil kasalligida u uzoq muddat 
saqlanib turadi. Periferik limfatik tugunlar sil kasalligi tananing bir qismi, ko‘proq 
ularning bo‘yin guruhi bilan cheklanadi. Limfatik tugunlar kazeozli parchalanishi 
va teshiklar hosil qilishga moyil bo‘lgan kattagina, zich, og‘riqsiz paketlardan 
iborat bo‘ladi va ulardan keyin notekis chandiqlar qoladi. Tugunlar teri va teri 
ostidagi kletchatka bilan o‘zaro birikkan. Ba’zida bo‘yicha limfa tugunlarini 
bo‘yinbog‘ bilan solishtirishadi. Limfatik tugunlarning generallashgan yiriklashishi 
disseminirlashgan sil kasalligi va surunkali sil kasali intoksikatsiyasida kuzatilishi 
mumkin. Bu holat uchun xastalikning surunkali kechishi xos bo‘ladi: shikastlangan 
limfatik tugunlarda fibrozli to‘qima rivojlanadi (A.A. Kisel bo‘yicha «toshcha 
bezlar»). Ba’zan disseminirlashgan sil kasalligida kazeozali parchalanish va 
teshiklar paydo bo‘lishi mumkin. 

Download 1,24 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   109




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu. Bolalarda tanqislik kamqonliklari

Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish